I bob. Hayvonlar haqidagi ertaklarning uslub mezonlari va talqiniga xos asosiy xususiyatlar I hayvonlar haqidagi ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlari I


Download 140.2 Kb.
bet1/12
Sana22.02.2023
Hajmi140.2 Kb.
#1220992
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hayvonlar haqidagi ertaklarda obrazlar tarkibi va talqini”

Hayvonlar haqidagi ertaklarda obrazlar tarkibi va talqini”


mavzusida
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

M U N D A R I J A


KIRISH.............................................................................................................3
I BOB. HAYVONLAR HAQIDAGI ERTAKLARNING USLUB MEZONLARI
VA TALQINIGA XOS ASOSIY XUSUSIYATLAR...........................................6
I.1. Hayvonlar haqidagi ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlari…………….…..6
I.2.Hayvonlar haqidagi ertaklar personajlari tarkibining funksional
xususiyatlari .....................................................................................................14
II BOB. HAYVONLAR HAQIDAGI ERTAKLARNING PERSONAJLAR
TARKIBI VA TALQINIGA XOS ASOSIY XUSUSIYATLAR........................13
II.1.Hayvonlar haqidagi ertaklarda yetakchi personajlar talqini .......................13
II.2.Hayvonlar haqidagi ertaklarda yordamchi personajlar talqini....................22
II.3. Hayvonlar haqidagi ertaklarda raqib personajlar talqini ..........................46
II.4.Hayvonlar haqidagi ertaklarda hokim yoki hukmdor obrazi talqini ..........54
XULOSA............................................................................................................64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.....................................67


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Ijtimoiy taraqqiyot XXI asrda yangi bosqichga ko‘tarildi. Kelajagi buyuk yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish, ularga jahon andozalari darajasida bilim, ko‘nikma, malaka berish uchun xalq ta’limi tizimi tubdan isloh qilindi.
Madaniyat va ma’rifatning ustuvor hodisa sifatida talqin etilishi insonning ma’naviy takomillashuv jarayonini, insoniylik mohiyatini belgilaydi. Shuning uchun Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov ma’naviy sog‘lom, kuchli jamiyatgina islohotlarga tayyor bo‘lishini, buning uchun ilmiy va madaniy sohadagi mavjud imkoniyatlarni saqlab qolish zarurligini ta’kidlagan edi1.
O‘zbekiston chinakam mustaqillikka erishishi uchun respublikani rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Bu jarayonda: «Avvalo, u milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an’analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi»2.
Agar yoshlarimizni haqiqiy hurmatga loyiq insonlar qilib tarbiyalamoqchi bo‘lsak, ularga hozirgidan yaxshiroq tole, ezgulikni tilasak, ularni milliy qadriyatlarimiz, madaniy boyliklarimiz, o‘tmish ma’naviy merosimizdan bahramand etishimiz zarur. Jahon tarixi, madaniyati, ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy va madaniy meros barobarida xalq og‘zaki ijodi namunalarini ham ilmiy tahlil asosida puxta o‘rganish bugungi yoshlarning dolzarb vazifalaridan sanaladi.
Xalq ta’limi tizimida tub o‘zgarishlar yuz berayotgan bugungi kunda xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan pedagogik jarayonlarda unumli foydalanish milliy tarbiyani amalga oshirishning muhim shartidir. Negaki, Ta’lim to‘g‘risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda xalq pedagogik qarashlarini o‘zida mujassam etgan xalq og‘zaki ijodi durdonalari yanada qimmatliroq tayanchga aylanmoqda.
Respublikamizda davlat ta’lim standartlari pedagogik amaliyotga joriy etildi. Biroq tarbiya jarayonida umumiy standart tizimlarini joriy etib bo‘lmaydi. Chunki tarbiya jarayonida har bir millat, har bir elatning o‘z tarbiya usullari uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida mukammal shakllangan. Shuning uchun bu borada umumiy «qolip» lardan foydalanib bo‘lmaydi. Tarbiya usullari, tamoyillari har bir millatning o‘z turmush tarzi, milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Unda ajdodlar tajribalariga, tarixan tarkib topgan urf-odatlarga tayaniladi1.
Milliy istiqlol davrida xalq og‘zaki ijodi durdonalarida targ‘ib etilgan tarbiyaviy g‘oyalar yoshlarga milliy tarbiya berishda, milliy o‘zlikni anglashda asosiy vosita bo‘la oladi. Zero, «...ularda ifoda etilgan teran fikr va g‘oyalar, hayot falsafasi bizni bugun ham hayratda qoldirishiga yana bir karra amin bo‘lamiz»2. Shuning uchun ham yurtimizda bu bebaho madaniy meros «Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar»dan3 biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Folklorning epik turlaridan biri ertak janri hisoblanadi. «Ertaklar hayot haqiqatini xayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlaganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyib-g‘aroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning g‘ayritabiiy jasorati bilan folk­lorning boshqa janrlaridan farq qiladi»4. Ertaklar olami mo‘jizakor, o‘ziga xos rang-barang va ko‘p qirrali, shu bilan birga, maftunkor va murakkab jihatlari bilan dunyo yaralgandan buyon tafakkur egalarini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Bu olamga kishi bolalik chog‘laridanoq sayohat qiladi. U dastlab hayvonlar haqidagi ertaklarni eshitib, undan estetik zavq oladi, tafakkur dunyosini boyitadi.
Hayvonlar haqidagi ertaklar kompozitsion tuzilishiga ko‘ra sodda va oddiy, tili ixcham va ravon, so‘z va iboralar murakkabliklardan xoli. «Ertaklardagi dialoglar shunday o‘ylab, pishitilib berilganki, biror bir izohni zo‘rlab ham ularning orasiga kiritish mumkin emas»
Hayvonlar haqidagi ertaklarning yana bir ajoyib xususiyati personajlar tarkibi va talqinida ko‘zga tashlanadi. Ta’kidlash joizki, o‘zbek ertakshunosligida persononajlar tarkibi va talqiniga xos asosiy xususiyatlar hanuzgacha yaxlit bir tizim asosida o‘rganilmagan. Rus va Yevropa folklorshunosligi bu borada ancha ilgarilab ketgan.
Hayvonlar haqidagi o‘zbek xalq ertaklarining o‘ziga xos xususiyatlari va nafosatidan kelib chiqib, masalaga ilmiy-ijodiy yondashish asnosida va o‘zbek ertakshunosligida V.Y.Propp uslubi asosida personajlar tarkibi va talqiniga bag‘ishlangan ushbu tadqiqot ishimiz shu yo‘ldagi dadil qadamlardan biridir. Unda o‘zbek hayvonlar haqidagi ertaklarida ishtirok etuvchi personajlarning mukammal tasnifi ilmiy-nazariy xarakterda tadqiq etildi. Mavzuning dolzarbligi ana shu jihatlar bilan asoslanadi.
BMIning maqsad va vazifalari: Hayvonlar haqidagi o‘zbek xalq ertaklarining o‘ziga xos xususiyatlari og’zaki ijod namunalarida sezilarli darajada saqlanib qolgan. Aslini olganda, tadqiqotchi xalq og’zaki ijodining qaysi bir turi, janrining tarixiy ildizlarini o’rganishga qo’l urmasin, u albatta, qadimiy tasavvurlar, marosim, urf-odatlar, xalqning mifologik tafakkuriga duch keladi. Shu sababli dunyo xalqlari folklori tarkibidagi barcha janrlarning tub ildizi bir zaminga borib taqaladi. O‘zbek folklorshunoslari har bir folklor asarlarining badiiy xususiyatlarini tahlil etish, janrlar bo‘yicha tasnif qilish va o‘rganish borasida tinimsiz izlanishlar olib bormoqdalar. Shunga muvofiq, hayvonlar haqidagi ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishda asar tarkibini ilmiy asosda yaxlit o‘rganish va tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Ishda bosh maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni bajarishga harakat qildik:

  • o‘zbek xalq hayvonlar haqidagi ertaklarida ishtirok etuvchi personajlarning asosiy semantikasini izohlash;

  • mifologiyaning hayvonlar haqidagi ertaklarda ishtirok etuvchi personajlar bilan uyg’un jihatlarini sharhlash;

  • o‘zbek xalq hayvonlar haqidagi ertaklarida ishtirok etuvchi obrazlar tahlilida ularning g’oyaviy-badiiy xususiyatlarini tarixiy asoslariga ko’ra o’rganish;

  • turkiy yodnomalar misolida totemistik dunyoqarash izlarining badiiy ifodasini o‘zbek hayvonlar haqidagi ertaklarida ishtirok etuvchi personajlar misolida tahlil etish;

- tasnif asosida hayvonlar haqidagi ertaklarning kelib chiqishi, personajlar tizimi va ularning sujet tarkibida tutgan o‘rni hamda ta’limiy, estetik vazifalari xususida muayyan xulosalarni ilgari surish.

Download 140.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling