I bob. “Ufq” trilogiyasi haqida said Ahmadning hayoti va ijodi


Download 173 Kb.
bet1/9
Sana27.01.2023
Hajmi173 Kb.
#1131741
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Said Ahmad. Ufq 1




MUNDARIJA

KIRISH ……………………………………………………………2
I bob. “Ufq” trilogiyasi haqida …………………………………5
1.1 Said Ahmadning hayoti va ijodi ……………………………5
1.2 “Ufq” romanidagi etika kategoriyalarining namoyon bo’lishi ……………………………………………………………………..8
II bob. “Ufq”(trilogiyasi)romanida davr va shaxs talqinining ifodalanishi ...............................................................................12
2.1 “Ufq”(trilogiyasi)romanida davr va shaxs talqini …………..12
2.2 Adib asarlarida shaxs va jamiyat munosabati masalasi ................................................................................................16
XULOSA ………………………………………………………….31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………..33


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin milliy qadriyatlarimizni, jumladan, uning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan milliy adabiyotimizni o‘rganish va badiiyatini kashf etish har birimizning, xususan, filologiya sohasida ish olib boruvchi mutaxassislarning oldida turgan birlamchi vazifa bo‘lib qoldi. Chunki milliy ruhni bizga beruvchi bu adabiyot globallashuv asrida taraqqiyotimizga xavf solib turuvchi ko‘plab yot g‘oya va mafkuralardan himoya qiladi.
Qolaversa, har bir fan sohasida bo‘lgani kabi adabiyot sohasida dam Istiqlol davriga xos adabiy-badiiy muhitni, tadqiqot usullarini yaratmoq lozim. Said Ahmad singari ijodi mumtoz Sharq va jahon adabiyoti namunalaridan ozuqalangan asarlar buni taqozo qiladi.
Kurs ishining obyekti va predmeti sifatida mashhur ijodkorimiz Said
Ahmadning “Ufq” trilogiyasi nomi ostida chop etilgan romani va ularning badiiyati, asarlarda ilgari surilgan g‘oya kabilar kurs ishimiz uchun predmet vazifasini o‘taydi. Ammo ushbu asarlarning badiiyatini ko‘rsatib berish uchun, avvalo, badiiylikni anglattiruvchi asarlarga ehtiyoj sezamiz.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Ushbu mavzuni ochib berishda, faqatgina, Said Ahmad mahoratini ochib berish nazarda tutilgan emas. Balki qator maqsad vazifalar kurs ishi oldida turibdi:

  • Istiqlol davri adabiyotining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatishda Said Ahmad asarlaridan foydalanish.

  • Istiqlol davri badiiy olamida ro‘y bergan evrilishlar, umumjahon va mumtoz adabiyotning qorishuvi kuzatilganini va uning qay tarzda ro‘y berganini tadqiq etish.

  • Bugungi kun nasrning o‘ziga xos jihatlari, ijodkorlar saviyasidagi tub o‘zgarishni badiiy asarlari yordamida ko‘rib chiqish.

  • Said Ahmad ijodining Istiqlol davri boshqa ijodkorlari asarlaridan farqli jihatlarini ko‘rsatib berish.

  • Said Ahmad ijodidagi badiiyatni, asarning g‘oyaviy jihatlarini tadqiq qilish va boshqalar.


Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling