I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Download 108.4 Kb.
bet1/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari


I CHORAK
2000 yillik tarix


Renessans
Al-Farg‘oniy Farg‘ona vodiysining Quva qishlog‘ida tug‘ilgan. Bo‘lajak olim 15 yoshida matematika va astronomiyani o‘rganish uchun Bag‘dodga yo‘l oladi. U yerda yunon olimlarining asarlarini tarjimasiz o‘qish uchun yunon tilini o‘rganadi.
Ahmad al-Farg‘oniyning 8ta asari ma’lum. Bu kitoblarning har birida astronomiyaga oid yangi, qimmatli fikrlar aytilgan. Ularning, ayniqsa, ikkitasi jahon astronomlariga ma’lum va mashhurdir. Bu “Samoviy harakatlar va umumiy astronomiya kitobi”. Ushbu asar “Astronomiya asoslari haqidagi kitob” nomi bilan ham ma’lum bo‘lib, 1145- va 1175-yillarda Yevropada lotin va ivrit tillariga tarjima qilingan. Shundan so‘ng al-Farg‘oniy nomi lotinlashtirilib, “Alfraganus” shaklida G‘arbda shuhrat topgan.
Olimning “Astronomiya asoslari haqidagi kitob” asaridan bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob o‘sha zamondagi astronomiya bo‘yicha eng muhim va zarur bilimlarni o‘z ichiga olgan. Uning geograftyaga oid bo‘limi Yer yuzidagi mamlakat va shaharlar haqida eng boshlang‘ich va zaruriy bilimlarga bag‘ishlangan bo‘lib, “Yerdagi ma’lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida” deb atalgan.
Sharq bozorlari

Toshkent Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan O‘rta Osiyoning qadimiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma'rifiy markazlaridan biri bo‘lgan. Shahar muhim geografik o‘rinda – Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan savdo-sotiq yo‘lida joylashganligi sababli, bu yerga har yili yuzlab savdo karvonlari kelib turgan.


Toshkentni istilo qilishda qatnashgan rus rassomi V. Vereshchaginning yozishicha, «Men ko‘rgan Sharq shaharlarining hech birini kengligi jihatidan Toshkentliklarning bozoriga tenglashtirib bo‘lmaydi. Undagi do‘konlar kichkina bo‘lsada, son-sanoqsiz. Aytish qiyin, Toshkentda do‘kondorlik hunari bilan shug‘ullanmaydigan biron-bir kishi bormikan? Tushda bozor rosa qiziydi, savdo ishlari yanada jonlanadi, odam juda tiqilinch bo‘lib ketadi, ko‘chalarda eshak, ot va tuyalarning ko‘pligidan yurish qiyinlashadi….»
“Umuman savdo masalasiga kelsak,” – deb yozadi Vereshchagin “Toshkentning raqibi yo‘q. U O‘rta Osiyoning asosiy savdo yo‘li ustida joylashgan bo‘lib, Buxoro va Qo‘qondan Rossiyaga va aksincha o‘tadigan karvonlar to‘xtab o‘tadigan shahardir.”
1813 yili Toshkentda bo‘lgan elchi Filipp Nazarov esa shaharni turli mamlakatlardan tinmay karvonlar kelib-ketadigan yirik savdo punkti deb ta'riflaydi.
Rus tarixchisi V. Masalskiy Eskishahar bozorining 1908-1910 yillardagi ko‘rinishini quyidagicha tasvirlaydi. Bir qismi timdan iborat bozorda 4500 ta do‘kon, choyxona, oshxona, ustaxona va karvonsaroy borki, ular bozor kunlari nihoyatda tiqilinch bo‘ladi. Bozorga tutashgan ko‘chalar va bozorning o‘zi shaharliklar, daladan kelgan dehqonlar, tuya karvonlari, otliqlar, aravalar bilan shu qadar to‘lib ketganki, yurishga iloj bo‘lmay qoladi. Allofu qandolatchi, kallapazu kaboppaz, bazzozu somsapaz, misgaru chilangar, novvoy-yu holvafurushlarning baqiriq chaqirig‘i, gadolarning xayru sadaqa tilashi, qalandaru maddohlarning qiroatli o‘qishlari, tuyalarning bo‘kirishi-yu, eshaklarning hangrashi aralash-quralash bo‘lib ketadida, bu mahobatli guldiros bozordan olis-olislargacha eshitilib turadi.



Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling