I otlarda kelishik karegoriyalari


Download 41.64 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi41.64 Kb.
#1519945
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jahon va o\'zbek tilshunosligida lingvistik

MUNDARIJA




MUNDARIJA 1
KIRISH 1
I . OTLARDA KELISHIK KAREGORIYALARI. 4
1.1. O’zbek tilida otlarda kelishik kategoriyalari. 4
1.2. Rus tilida otlarda jins kategoriyasi. 13
II . O’ZBEK VA RUS TILLARIDA OT SO’Z TURKUMI . 15
2.1. O’zbekcha va ruscha otlarga xos grammatik kategoriyalar 17
2.2. O‘zbek va rus tillaridagi Kelishiklarning ma’nolari 20
XULOSA 22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 24


KIRISH


Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, yangi-yangi lug‘atlar ko‘plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda”1 .


O‘zbek tilshunosligida sintaktik birliklarning tildagi vazifalarini aniqlash tadqiqi masalasi ham ona tilimizning yangi-yangi qirralarini ko‘rsatib berishga xizmat qiladi. Yangi asr o‘qituvchisini tayyorlashda uning pedagogik-psixologik va intellektual salohiyat bo‘yicha, innovatsion ta’lim bo‘yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta’lim texnologiyalari, ta’limning interfaol usullari va ilg‘or samarali metodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullaridan xabardor bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu borada muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “...farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsad va vazifasi bo‘lishi lozim,”2 deb ta’kidlagan edilar. 2017-yil 7-fevralda imzolangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” IV bobi “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” bo‘limining “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bo‘limi aynan ta’lim sohasiga bag‘ishlangan: “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini da2vom ettirish; umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish; ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichmabosqich ko‘paytirish; ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovasiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish”.
Qadimgi Rus tili xususiyatlarini saklab qolgan adabiy til bilan soʻzlashuv tili oʻrtasida sezilarli tafovutlar paydo boʻlib, 17-asrdan boshlab rus millati va rus milliy tili shakllana boshlaydi. 17-asr oxiri —18-asr boshidagi adabiy til boy va ifodali, koʻplab gʻarbiy yevropa oʻzlashmalariga ega esada, barqaror boʻlmagan. Uni tartibga solish va barqarorlashtirishda M. V. Lomonosovning xizmatlari katta boʻlgan. 19-asr boshlarida adabiy tilning xalqchilligi bosh muammo hisoblanib, bu muammoning yechimida I. A. Krilov, A.S. Griboyedov, ayniqsa, A. S. Pushkin ijodi alohida oʻrin tutadi. Ayni Pushkin ijodida umummilliy rus adabiy tilining shakllanishi yakun topadi. Pushkinning buyuk xizmati shundaki, uning ijodida adabiy Rus tilining umummilliy meʼyorlari ishlab chiqilgan va mustahkamlangan hamda bu meʼyorlar Pushkinning zamondoshlari va undan keyingi avlod tomonidan qabul qilingan.
Adabiy tilning boyishiga 19—20-asrlardagi rus adabiyotining mumtoz vakillari ulkan hissa qoʻshdilar; 19 a.ning 2-yarmidan boshlab uning rivojlanishiga yozuvchilar bilan bir qatorda jamoat arboblari, fan va madaniyat namoyandalari ham katta taʼsir koʻrsatib kelmokdalar. Oktabr toʻntarishidan soʻng oʻzgacha ijtimoiy tuzum hamda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli Rus tilida, ayniqsa, uning leksikasida sezilarli oʻzgarishlar paydo boʻldi, adabiy tilning umumiy demokratlashuvi kuchaydi.
Rus tili flektivsintetik tillardan boʻlib, unda 3 ta grammatik jins turkumi, otlarning 3 xil turlanishi, feʼllarning 2 xil tuslanishi mavjud; koʻmakchilar predlog koʻrinishida, yaʼni oʻzi bogʻlanadigan soʻzlar oldidan joylashadi.
Hozirgi rus alifbosi Kirill yozuvi (kirillitsa)ga asoslangan (qarang Rus alifbosi). Unda bitilgan eng qad. yodgorliklar 11-asrga taalluklidir. 20-asr oʻrtalaridan boshlab butun jahonda Rus tilini oʻrganish keng tarqaladi. Rus tili dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatda oʻqitiladi. 1967-yilda Rus tili va adabiyoti oʻqituvchilarining xalqaro assotsiatsiyasi, 1973-yilda A. S. Pushkin nomidagi Rus tili instituti tashkil etilgan. Shoʻro davrida Oʻzbekistonda va MDHning bir qancha mamlakatlarida Rus tilini oʻqitishoʻrgatishga alohida eʼtibor berilgan, hatto bu jarayon majburiy asosda olib borilgan. Hozirgi paytda ham respublikamizda Rus tilini oʻrgatish, avvalgiday majburiy boʻlmasada, oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.



Download 41.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling