I. Umumiy qoidalar


Download 19.47 Kb.
bet1/4
Sana11.09.2023
Hajmi19.47 Kb.
#1675639
  1   2   3   4
Bog'liq
Nizom


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI

iqtisodiyot kafedrasining xalqaro hamkorlik aloqalari bo’yicha

NIZOMI

Toshkent – 2023
Toshkent amaliy fanlar universiteti __ 20__ yil __ dagi _/__-sonli buyrug’iga ilova


I. Umumiy qoidalar

1.1. Toshkent amaliy fanlar universitetining iqtisodiyot kafedrasida (keyingi o‘rinlarda kafedra, deb ataladi) ushbu nizom doirasida amalga oshiriladigan xalqaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish kuzda tutiladi.


1.2. Xalqaro hamkorlik (keyingi o‘rinlarda hamkorlik, deb ataladi), Toshkent amaliy fanlar universiteti iqtisodiyot kafedrasi doirasida amalga oshiriladigan xalqaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish nazarda tutiladi.
1.3. Kafedraning professor-o’qituvchilaridan tashkil topgan, hamkorlikni amalga oshirish uchun mas'ul, doimiy faoliyat yurituvchi bir guruh (keyingi o‘rinlarda guruh, deb ataladi) o’qituvchilar tomonidan xalqaro hamkorlikni amalga oshirilishi nazarda tutiladi.
1.4. Ushbu hamkorlik, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hay'at qarorlari va buyruqlariga, universitet kengashi qarorlari hamda nizomiga, universitet rektori buyruqlari va mazkur nizom talablariga amal qiladi.
1.5. Hamkorlik, 2-fakultet, xususan iqtisodiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari, xodimlarining xorijiy davlatlar, shu jumladan xorijiy oliy ta'lim muassasalari, markazlari bilan hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtiradi.
1.6. Ushbu nizom doirasida universitetning 2-fakultet, barcha kafedralari hamda xorijiy oliy ta'lim muassasalari, markazlari, xalqaro ta'lim kurgazmalari hamda konferensiya tashkilotchilari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
1.7. Kafedraning xalqaro hamkorlik buyicha vazifa va funksiyalari hamda huquq va majburiyatlari ushbu nizomga muvofiq tartibga solinadi.


Download 19.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling