Ijtimoiy soha iqtisodiyoti


Download 0.57 Mb.
bet1/33
Sana08.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1176638
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
1-mavzuga


1-Mavzu: “Ijtimoiy soha iqtisodiyoti” fanining mohiyati va xususiyatlari.
Ijtimoiy sohada baholar va subsidiyalar. Uy-joy kommunal xо‘jalik tarmog‘i iqtisodiyoti

1. Ijtimoiy sohaning roli, mohiyati va xususiyatlari. Ijtimoiy siyosat tushunchasi, uning tarkibiy qismlari.


2. O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning maqsadi va asosiy mazmuni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ijtimoiy yo‘naltirishning zaruriyati. O‘zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlantirish. Ijtimoiy sohaga xos xususiyatlar.
3. Xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash xususiyatlari. Ehtiyojlar turi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti.
4. Ijtimoiy sohada baholarning roli va ahamiyati. Tabiiy monopoliya va mukammal raqobat sharoitida ijtimoiy soha xizmatlariga baholarni tashkil qilish.
5. Narxlarni subsidiyalar orqali davlat tomonidan tartibga solish. Ijtimoiy sohada soliq siyosati, uning mazmun-mohiyati. Soliqqa tortish mexanizmi va uning funksiyalari. Pareto haqqoniylik vaziyati. Turmush farovonligi nazariyasida aholi daromadlarini taqsimlash konsepsiyalari, ularning mohiyati.
6. Uy-joy kommunal xо’jalik tarkibi. Respublika aholisi turmush samaradorligini oshirishda uy-joy, kommunal xо‘jaligi xizmatining о‘rni. О‘zbekiston Respublikasida uy-joy, kommunal xо‘jalik tarmog‘ini boshqarish tizimi. Tarmoqni rivojlanishini tartibga solishda mahalliy hokimiyat organlari rolining о‘sishi.
7. Uy-joy, kommunal xо‘jalik tarmog‘ini moliyalashtirish tizimi, mahalliy budjetlarning ahamiyati. Uy-joy xо‘jaligi iqtisodiyoti. Uy-joy xо‘jaligini tartibga solishda qо‘llaniladigan kо‘rsatkichlar.
8. Kommunal korxonalar iqtisodiyoti. Suv xо‘jaligini tartibga solishda qо‘llaniladigan natura, mehnat, qiymat kо‘rsatkichlari. Iste’molchilarga sotiladigan suv hajmini aniqlash uslubiyati. Suv xо‘jaliklari daromadlari va xarajatlarining aniqlanishi

“Ijtimoiy soha” yoki “ijtimoiy himoya” so‘z birikmalari iqtisodiy, siyosiy va davlatshunoslikka oid atamalar hisoblanadi. “Ijtimoiy soha” ko‘pchilikning manfaatlariga tegishli sohani anglatadi. “Ko‘pchilikni himoya qilish” degan tushunchani ham bildiradi, tor ma’noda, aholining muhtoj va nochor toifalarini moddiy va ma’naviy himoya qilishni nazarda tutadi. “Ijtimoiy” so‘zi arabcha “jam” dan yasalgan bo‘lib, ko‘pchilik, to‘planish degan ma’nolarda ishlatiladi. “Jamiyatga, ya’ni ko‘pchilikka tegishli” degan ma’noni ang­latadi.


Ijtimoiy sohaga e’tiborning ko‘lamini, so’nggi yillarda bu borada qabul qilinayotgan qonunosti hujjatlarining muhimlarini eslash orqali bilish mumkin:

  • O’zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun belgilab berilgan yo’nalishlar;

  • yangi o‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar;

  • yurtimiz fuqarolari uchun arzon uy-joylar barpo etilishi;

  • mehnat bilan bandligini ta’minlash uchun qilinayotgan ishlar;

  • ikki sotixli namunali uy-joylar, shuningdek, ikki-uch xonali ko‘p qavatli uylarning qurilishi;

  • ta’limni rivojlantirish uchun milliy modellarning joriy etilishi;

  • sport va turizmga e’tiborning kuchayishi;

  • imtiyozli kreditlarning joriy etilishi va h.k.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling