Investitsiya faoliyati


Download 12.04 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi12.04 Kb.
#1828578
  1   2   3   4
Bog'liq
AAAAAAA

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

  • 11-sinf tadbirkorlik asoslari darsligi asosida 26-mavzu:
  • Shu nuqtayi nazardan, davlatning innovatsion yangilanish dasturini shakllantirish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash o‘ta muhim ahamiyatga ega.
  • Buning uchun O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish bo‘yicha kuchli milliy g‘oya, milliy dastur kerak. Ushbu dastur O‘zbekistonni jahondagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga tezroq olib chiqishga imkon yaratishi lozim.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
  • INVESTITSIYA FAOLIYATI
  • Siz tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lsangiz investitsiyalash degan tushunchaga duch kelishingiz tabiiy. Chunki tadbirkorlikda investitsiya faoliyati muhim o‘rin tutadi. Investitsiya faoliyati – foyda olish maqsadida pul yoki boshqa ko‘rinishdagi mablag‘larni ishlab chiqarishga jalb etish va ulardan foydalanish jarayoni.
  • Investitsiya faoliyati – investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmuyi.
  • O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-380- sonli yangi tahrirdagi «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda
  • Siz, asosan, qanday yo‘nalishlarda investitsiyalash bilan shug‘ullanishingiz mumkin?
  • Eng avvalo korxonani yangi bino, texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlash yoki mavjudlarini zamonaviy, samarali va ilg‘or ko‘rinishdagilari bilan almashtirish kerak.
  • Bu jarayon texnik yoki texnologik modernizatsiyalash deb ham ataladi.
  • Texnik yoki texnologik modernizatsiyalash – mavjud texnik yoki texnologik jihozlar va asbob-uskunalarni zamonaviy va ilg‘or turlari bilan almashtirish.
  • Shuningdek, siz ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishga investitsiya kiritishingiz mumkin. Bu qo‘shimcha binolar qurish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, qo‘shimcha ishchilarni yollash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Yangi faoliyat turlarini o‘zlashtirish investitsiya kiritishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
  • Chunki siz bir necha faoliyat turiga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etsangiz, bozordagi holatning o‘zgargan sharoitida ham daromad olish imkoniyatingiz kengayadi. Ishlab chiqarish faoliyati turlarini kengaytirish ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash deb ataladi.
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling