Iqtisodiy o‘sish va milliy boYlik


Download 85.65 Kb.
bet1/9
Sana20.11.2023
Hajmi85.65 Kb.
#1790123
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17.ИҚТ ЎСИШ МИЛЛИЙ БОЙЛИК


IQTISODIY O‘sish va milliy boYlik

Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o‘sish darajasi va sur'atlariga bog‘liq. Shu sababli ushbu bob iqtisodiy rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi. Bob davomida iqtisodiy o‘sishning omillari, milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishi, iqtisodiy o‘sish borasida mavjud bo‘lgan turli modellar mazmunini yoritib berishga ham o‘rin ajratiladi.


1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlari

Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi.


Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot hajmining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari har bir birligi hisobiga o‘sishi, sifatining yaxshilanishi va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Iqtisodiy o‘sishni YAIM mutlaq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o‘sishini YAIM mutlaq hajmining ortishi orqali o‘lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur'atini tavsiflaydigan mazkur ko‘rsatkichlar (real YAIM va aholi jon boshiga real YAIMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va Shu sababli farovonlikning haqiqiy o‘sishini to‘liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YAIM va aholi jon boshiga YAIMning o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta'sirini hisobga olmaydi.
SHunga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning barcha tavsifi yillik o‘sish sur'atlarining foizdagi o‘lchovida to‘liq o‘z ifodasini topadi:
,
bu erda:
O‘S – iqtisodiy o‘sish sur'ati, foizda;
YAIMbazis davr – taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YAIM hajmi;
YAIMjoriy davr – joriy davr (yil)dagi real YAIM hajmi.

Iqtisodiy o‘sish sur'atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo‘llaniluvchi «70 miqdori qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko‘ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YAIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o‘sish sur'atiga bo‘lish kerak bo‘ladi. Masalan, mamlakatimizdagi o‘sish sur'atining 9% darajasida YAIMni 2 baravar oshirish uchun 7,7 yil talab etiladi (70:9). Xolbuki, iqtisodiy o‘sishning 2000 yildagi 4,0% darajasida bu ko‘rsatkichga 17,5 yilda (70:4) erishish mumkin edi. Keyingi yillarda iqtisodiy o‘sish sur'atining yanada oshirilishi bu muddatning ahamiyatli ravishda qisqarishiga olib keladi.


Ijtimoiy mahsulotning o‘sish sur'ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.

Download 85.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling