Iqtisodiy ta'limotlar tarixiga kirish Reja: Iqtisodiy ta’limotlar tarixi kursining predmeti va uslubi


Download 56.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi56.91 Kb.
#1508339
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixiga kirish



Iqtisodiy ta'limotlar
tarixiga kirish
Reja:
1. Iqtisodiy
ta’limotlar tarixi kursining predmeti va uslubi
2. Iqtisodiy
ta’limotlar tarixi fanini o’rganishda davrlash tizimi


• «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» kursi
iqtisodiy fanlar tizimida muhim
o'rinni egallaydi.
• Insoniyat o'zining ko'p ming yillik
tarixi davomida katta iqtisodiy va
ijtimoiy taraqqiyot yo'lini bosib
o'tgan. Har bir davrda u yoki bu
mamlakatda ayrim shaxslar (olim
yoki hokimlar) tomonidan shunday
iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, 
g'oya, nazariya, konцepцiyalar ilgari
surilgan va amalga oshirilganki, bir
holda shular tufayli davlat va xalqlar
ravnaq topgan, ba'zida tushkunlikka
uchragan. 


• Iqtisodiy g'oyalarni har tomonlama chuqur 
o'rganish, tahlil etish, ular orasidan 
umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, 
hozirgi davrga, ya'ni hayotga tadbiq etish 
nihoyatda ham amaliy, ham nazariy 
foydalidir, chunki ularda ko'p yillik tajriba 
mujassamlashgan bo'ladi.


• «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fanining predmeti bo'lib
ma'lum davrlardagi u yoki ijtimoiy qatlamlar, insonlar 
manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy g'oyalar va ijtimoiy 
konцepцiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va 
almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.
• Bu g'oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy 
maktablar, oqimlar va yo'nalishlarga tegishlidir. 


• Iqtisodiy ta'limotlar tarixi mustaqil fan 
sifatida eng qadimgi davrdan boshlab to 
hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy 
iqtisodiy fikr, g'oya, qarash, nazariya va 
ta'limotlarni o'z ichiga oladi.
• Uslubiy jihatdan bu fan iqtisodiy tahlilning 
ilg'or metodlari yig'indisidan iborat bo'lib, 
tarixiy, indukцiya, mantiqiy abstrakцiya va 
boshqa usullardan keng foydalanadi.



Download 56.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling