Jamoani istiqbolini belgilovchi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullari
Download 0.65 Mb.
|
jamoani istiqbolini belgilovchi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy tadbirlar mazmuni va unga qо‘yiladigan talablar.
JAMOANI ISTIQBOLINI BELGILOVCHI TARBIYAVIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISH USULLARI REJA: 1. Tarbiyaviy tadbirlar mazmuni va unga qо‘yiladigan talablar. 2. Tarbiyaviy tadbirlarning shakllari 3. Tarbiyalanuvchilarning о‘zini-о‘zi boshqarishi 4. Ta’lim-tarbiya muassasalarida bayramlarni, ommaviy tadbirlarni namunali о‘tkazish usullari Tarbiyaviy tadbirlar mazmuni va unga qо‘yiladigan talablar. Shaxs sog‘lom va har tomonlama barkamol shakllanishi uchun unda о‘qishga intilish hissini takomillashtirish bilan chklanib bо‘lmaydi. Ular ongida kasb - hunar va mehnat kо‘nikmalarini hosil qilish, umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini tarbiyalash bilan о‘z vatani va xalqiga nisbatan sadoqatni shakllantirish, atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatda bо‘lish tuyg‘usini, huquqiy ongini tarbiyalash lozim. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da madaniy - estetik, ilmiy, te hnikaviy, sport va boshqa yо‘nalishlarda о‘quv bilim yurtidan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ta’kidlangan hamda ta’lim sifatini yahshilash, uning tо‘zilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalari belgilab berilgan. Ushbu «Darsdan tashqari ta’limni tashkil qilish davlat talablari» о‘quvchilarning bо‘sh vaqtini tarbiyaviy ta’lim jihatdan samaradorli tashkil etishga qaratilgan bо‘lib, «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonun va milliy dastur g‘oyalari asosida ishlab chiqildi. Darsdan tashqari ta’limni urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, Respublika hududlari talablari asosida tashkil etib, uning tarmog‘ini kengaytirib, hozirgi zamon talablari darajasida isloh, qilish kun tartibida turgan dolzarb masaladir. Hozirgi paytda yangi pedagogik va axborot texnologiyasi qonuniyatlari asosida pedagog olimlarimiz ta’lim muassasalaridan tashqari ta’limni tashkil etishning turli shakl va metodlarini ishlab chiqish yо‘nalishida tegishli tadqiqotlarni olib bormokdalar. Shuning bilan birga bu, bir joyda tо‘xtab turuvchi jarayon emas. Ushbu «Talablar» barcha о‘quv maskanlaridan tashqari ta’lim muassasalari о‘quv - tarbiyaviy ishini rejalashtirishda dastur va uslubiy materiallar, metodik qо‘llanmalar, о‘qyv adabiyotlarini tayyorlashda muhim hujjat bо‘lib hizmat qiladi.1 Ta’lim muassasalarining tо‘garak qatnashchilari ongida yuksak ma’naviy a hloqiy fazilatlar mujassamlashgan bо‘lishi kerak. Ta’lim muassasalari tо‘garak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning eng sо‘nggi yutuqlaridan habardor qilib turish ular ongini ijobiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish muhim о‘rin tutadi. Tо‘garak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bо‘lishi, ular Davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni bilishi shart. О‘quvchilar qaysi tо‘garakka qatnashishidan qat’iy nazar shu kasb yoki hunar tо‘g‘risida boshlang‘ich kо‘nikmalarga zga bо‘lishi lozim. Tо‘garak qatnashchilarining qiziqishiga, hohishiga asoslangan holda quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha talablar qо‘yilishi kerak: 1. Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi. 2. Estetik ta’lim. Z. Sayyohlik yо‘nalishi bо‘yicha tо‘garaklarga qatnashish. 4. Ekologik ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha. 5. О‘quvchilarni ma’naviy, axloqiy yо‘nalish bо‘yicha. 6. Huquqiy ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha. 7. Texnik ijodkorlik yо‘nalishi bо‘yicha. 8. Iqtidorli va iste’dodli yoshlar. 9. Iqtisodiy ta’lim. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling