Jumanazar Khushbakov натуральный русский


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/25
Sana22.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1109991
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
2 5249364575983241099



Jumanazar Khushbakov 
 
 
НАТУРАЛЬНЫЙ РУССКИЙ 
ЯЗЫК 2 
Учите русский слушая! 
 
 
 
 
 
Часть 2 
Новая методика 
Учите русский слушая 
 
 
KHB system 
Ваш учитель в коробке! 
 
 
 


 
 
 
 
SO‘ZBOSHI 
Assalomu alaykum!
Yangicha usuldagi rus tili darslarimizga xush kelibsiz.
Keling, statistikadan so‘z boshlaymiz. Ko‘plab kuzatishlar natijasiga ko‘ra, insonlarning faqat 
o‘n foizigina yangilikka tashna bo‘larkan. Bu kitob qo‘lingizda ekan, demak, siz o‘sha o‘n foizga 
mansubsiz. Qo‘llanma aynan shunday insonlar uchun yozildi. U sizni til o‘rganaman deya yillab 
mashaqqat chekishdan ozod etadi. 
Men o‘n uch yildan buyon ingliz tilini o‘rganib kelaman. Turli uslublardan foydalanib 
ko‘rganman, ularni boshqalarga ham tavsiya qilganman. Har qaysi metod qanday natijaga olib 
kelishini juda yaxshi bilaman. Bu gaplarni o‘zim yangicha o‘rgatish tizimini yaratganim uchun 
aytmayapman. O‘sha uslublarning ish berishiga tilakdosh edim. Men tashqaridan turib u uslublar 
haqida biron yomon fikr aytmayman. Chunki men o‘sha kitoblar, uslublarning ichidan chiqib 
kelganman. Sizni tabriklashim mumkin: rus tilini o‘rganishda eng zo‘r usulni izlash 
mashaqqatidan qutuldingiz. Qo‘lingizdagi kitobda kuchli o‘quv sistemasi bayon etilgan. Mazza 
qilib o‘rganish va harakat qilish vaqti yetdi.
O‘n bir yil davomida til o‘rganib erkin gaplashish darajasiga chiqa olmadim, ammo mazkur 
usul orqali ikki oyda kutgan natijamga erishdim.
Bu sistema ingliz tilini o‘rganishda juda yaxshi samaralar bergan. Dunyoda nafaqat ingliz, 
balki boshqa tillar ham mana shu metodika bilan o‘rganiladi: fransuz, nemis, portugal, ispan 
tillarini eshitish orqali o‘rganish sistemalari mavjud. Lekin hali hech kim rus tilini o‘rgatishda bu 
usuldan foydalanmagan. Qo‘lingizdagi audiokursimizda sizga o‘z tadqiqotlarim natijasida chet 
tillarini o‘rganishda eng samarali deb xulosa qilgan sistemamda rus tilini o‘rgatyapman. Bunda 
ko‘plab tajribali rus tili o‘qituvchilari hamda rusiyzabon tilshunoslar yordamidan foydalandim. 
Bu usul millionlab o‘rganuvchilarga chet tillarida gapirishni qulay va tez o‘rgatdi. Sizga ham 
yordam beradi, albatta. Siz bu kitob uchun sarflagan pulingizni yana topishingiz mumkin. Men 
uchun esa sizning ishonchingiz va vaqtingiz qadrli.
Bir necha oyda erisha oladigan maqsadingizga ko‘p yillar sarflashingiz sizning katta 
xatoyingiz bo‘ladi. Bu kitobda berilgan aniq, oson va samarasi isbotlangan usul orqali rus tilini 
har qachongidan ko‘ra tezroq va osonroq o‘rganasiz.
Qo‘llanmadagi har bir fikr mening o‘n uch yillik tajribam va son-sanoqsiz tadqiqotlarning 
natijalariga asoslanib yozilgan. Kitobning so‘nggi sahifalariga yetib borganingizda rus tilida 
bemalol gaplasha boshlaysiz. Mazkur uslub mashg‘ulotlarimda ko‘plab o‘quvchilarga xarita 
vazifasini o‘tagan, endi navbat sizga. 
Siz bilan ikkinchi kitobimda ko‘rishib turganimdan bag‘oyat xursandman. Bizning 
sistemamizda chet tilini yillab o‘rganib keluvchilar 6 oy, boshidan boshlab o‘rganadiganlar esa 7 
oy shug‘ullanishini kerak bo‘ladi. Qo‘lingizdagi audio kursimizning 2-kitobi hisoblanadi. Bu kitobda 
sekin gapirishni tezlashtirishga harakat qilamiz. Ko‘pchilikka sevimli bo‘lib ulgurgan «Мини 
рассказ» darslari hamda grammatikasiz ham rus tilida ravon gapira boshlashingiz uchun «Точки 
зрения» darslari berilgan. Belgilangan tartibda belgilangan miqdorda eshitishda davom 
etaverasiz.
Ishonamanki, rus tilini o‘rganish yo‘lidagi yutuqlaringiz yoki shaxsiy hayotingizdagi 
o‘zgarishlar haqida seminarlarimda bevosita ko‘rishib gaplashamiz. 
KIRISH 


Tassavur qiling, birov zinalar orqali sakkizinchi qavatga ko‘tarildi. Agar u odam bosgan 
qadamlarni takrorlasangiz, siz ham xuddi shunday natijaga erishasiz. Osonroq tushunishingiz 
uchun yana bir misol keltiraymi?
Siz bir inson bilan tanishib qoldingiz, ammo telefon raqamini olmadingiz. Keyinroq u kishiga 
qo‘ng‘iroq qilish uchun to‘g‘ri kelgan raqamlarni turli tartibda tersangiz, u bilan bog‘lanishga 
qancha vaqt ketadi? Taxminan butun umringiz, shunday emasmi? Lekin undan telefon raqamini, 
olsangiz (ya’ni qaysi raqamdan keyin qaysinisi kelishini aniq bilsangiz) va qo‘ng‘iroq qilsangiz, 
bor-yo‘g‘i bir necha soniyalarda niyatingizga yetasiz. Demak, aziz o‘quvchim, nimani qachon 
qilishni bilsangiz, bir necha soniyalarda g‘alabaga erishishingiz aniq. Kitob sahifalarida bor 
mahoratimni ishga solib rus tilini o‘rganishdagi g‘alabangiz uchun kerakli ma’lumotlarni o‘ziga 
xos tartibda va sinalgan usulda keltiryapman. Faqat til o‘rgatish bilan cheklanmayman, 
hayotingizda asqatadigan ko‘plab fikrlarni ham berib ketaman. Chunki mening maqsadim – 
sizning g‘alabangiz, shunqorginam. Bular dunyoning eng muvaffaqiyatli insonlarini o‘rganish 
natijasida kelgan xulosalarimdir. 
Har darsning yakunida, agar amalda qo‘llanilsa, sizni haqiqiy omadli insonga aylantiruvchi 
bitta muvaffaqiyat siri beriladi. Faqat bir sharti bor: men maslahatni beraman, siz esa uni amalda 
qo‘llaysiz. Bor-yo‘g‘i shu. 
Katta sayohat boshlanmoqda! Tayyormisiz? Unda ketdik! 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling