Kolloid eritmalarning olinishi


Download 279.59 Kb.
bet1/21
Sana08.01.2022
Hajmi279.59 Kb.
#249463
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
KOLLOID ERITMALARNING OLINISHI


KOLLOID ERITMALARNING OLINISHI

Kolloid eritmalar ikki xil usul bilan olinishi mumkin:



    1. Yirik zarrachalarni maydalash yoki disperslash (lotincha dispergate – to’zg’itish demakdir);

    2. Molekula yoki ionlarni agregat qilib to’plab, yirik zarrachalar hosil qilish usuli (lotincha agregat – biriktirish demakdir).

Yirik zarrachalarni maydalash yo’li bilan kolloid eritma hosil qilish usullari dispergirlash metodi deb ataladi. Molekula yoki ionlarni agregat qilib to’plab, yirik zarrachalar hosil qilish metodi kondensasion metod deb ataladi.

Barqaror kolloid sistemalar hosil qilish uchun shu sistemaga tegishli moddalar qo’shiladi, bunday moddalar kolloid zarrachalari sirtiga adsorbilanib, zarrachalar sirti bilan muhit o’rtasida ancha intensiv bog’lanish vujudga keltiradi. Kolloid eritmalarni barqaror qiladigan moddalar stabilizatorlar deyiladi.

Kolloid eritma disperslash metodida tayyorlanadigan bo’lsa, qattiq moddaga stabilizator qo’shib havonchada yaxshilab maydalanadi yoki kolloid tegirmonda tortiladi. Peptizlash yo’li bilan kolloid eritmalar (zollar) hosil qilish usuli ham disperslash metodiga kiradi.

Iviq yoki g’ovak cho’kmalarga tegishli moddalar ta’sir ettirish yo’li bilan zollar hosil qilish jarayoni peptizatsiya deb ataladi; bunday moddalar kolloid zarrachalar sirtiga yaxshi adsorbilanadi va zarrachalarning zolga o’tishiga yordam beradi. Peptizlangan iviq yoki cho’kma hosil qiluvchi zarrachalarning dispers darajasi o’zgarmaydi, lekin ular bir – biridan ajralib ketadi.

Peptizatsiya vaqtida kolloid zarrachalar ajralmasdan avval ularning sirtiga nima adsorbilandi, ya’ni qo’shilgan modda (stabilizator)mi yoki qo’shilgan modda bilan zarracha o’zaro ta’sir etishi natijasida hosil bo’ladigan mahsulot zarrachalarimi, shunga qarab bevosita peptizasiya va bilvosita peptizasiya deb ikkiga bo’linadi.

Fe(OH)3 cho’kmasiga FeCl3 eritmasini ta’sir ettirib, Fe(OH)3 ning gidrozolini hosil qilish bevosita peptizasiyaga misol bo’lishi mumkin. Bu yerda Fe3+ ionlari kolloid zarrachalar sirtiga adsorbilanib, ularga musbat zaryad beradi, musbat zaryadli zarrachalar bir – birini itarishlari natijasida cho’kma eritmaga o’tib ketadi.

Fe(OH)3 ning cho’kmasiga suyultirilgan xlorid kislota ta’sir ettirib, Fe(OH)3 zolini hosil qilish bilvosita peptizasiyaga misol bo’la oladi, bunda zarracha sirtida adsorbilanuvchi ionlar peptizasiyadan ilgari bo’ladigan kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo’ladi. Bunda zarracha sirtida joylashgan Fe(OH)3 molekulalardan bir qismi HCl bilan o’zaro ta’sir etib, FeOCl molekulalarini hosil qiladi; cho’kmani ana shu FeOCl peptizlaydi.

Kondensasion metoddan foydalanib, kolloid sistemalar hosil qilish usullariga quyidagilar kiradi:



  • Bug’lanuvchi modda molekulalari o’zaro kondensasilanib mayda zarrachalar hosil qiladi;

  • Muhitni o’zgartirish (erituvchini ayriboshlash) yo’li bilan moddani erimaydigan yoki yomon eriydigan holga o’tkazish;

  • Eritmada kimyoviy reaksiya o’tkazish natijasida yomon eriydigan moddalar hosil bo’lishi.

Ammo yuqorida aytib o’tilgan usullarning har qaysisida ham kolloid sistema hosil bo’lishi uchun dispersion faza dispersion muhitda juda kam eruvchan bo’lishi shart. Aks holda molekulyar eritmalar hosil bo’lishi mumkin.

Bundan tashqari, zarrachalar bilan muhit o’rtasida o’zaro bog’lanish bo’lib, bu bog’lanish zarrachalar bir-biri bilan qo’shilib ketishiga yo’l qo’ymay turishi zarur.




Download 279.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling