Laboratoriya ishi №1 O‘zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish. I. Ishni bajarishdan maqsad
Download 205.21 Kb.
|
1-Laboratoriya ishi
Laboratoriya ishi № 1 O‘zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish. I. Ishni bajarishdan maqsad. O‘zgarmas tok manbaiga iste’molchilarni ketma-ket va parallel ulanganda zanjirdagi tok kuchi va kuchlanishlarning taqsimotini o‘rganish, shuningdek Om va Kirxgof qonunlarini tajribada tekshirib ko‘rish. Kirish Kundalik turmushimizda biz o‘zgarmas elektr tokidan keng foydalanamiz. Masalan elektr soatlar, qo‘l telefonlari, avtomashina va boshqa qator qurilmalar o‘zgarmas tok manbaidan, ya’ni batareyalar yoki akuumlyatorlar tokidan foydalanib ishlaydi. Amaliyotda o‘zgarmas tok manbaining qayta tiklanuvchi (zaryadlanadigan) turlari akkumlyator, qayta tiklanmaydigan (zaryadlanmaydigan) turlari batareya deb yuritiladi. Batareya va akkumultorlarda elektr energiyasi xosil qilish turli xil moddalarda ximiyaviy reaksiyalar natijasida ionlanish xosil bo‘lishiga asoslanadi. Bugungi kunda sanoatda akkumulyator va batareyalar ishlab chiqarish juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va ularning ko‘plab turlari ishlab chiqarilmoqda. Masalan, maishiy sharoitda keng ishlatiluvchi 1.5 V kuchlanishli A, AA, AAA tipidagi batareya va akkumulyatorlar, tugmasimon mitti batareyalar, maxsus elektrolit quyilgan 12, 24 volt kuchlanishli avtomobil akkumulyatorlari, quyosh elektrostansiyalarida energiya yig‘uvchi katta quvvatli maxsus akkumulyatorlar va xokazo. Bundan tashqari ko‘pgina qurilmalarda bevosita o‘zgarmas tok ishlab chiqaruvchi generatorlar xam qo‘llaniladi (masalan, avtomobillarning tok generatorlari) va ular shu qurilmaning elektr energiya bilan ishlovchi qismlarini o‘zgarmas tok bilan taminlaydi. Ko‘rsatib o‘tilgan akkumulyatorlar va generatorlar elektr qurilmalarida tok manbai sifatida ishlatilib, unga iste’molchilar turli (ketma-ket, parallel va aralash) usullarda ulanadi. Iste’molchilarni tok manbaiga ulash uchun elektr tokini yaxshi o‘tkazuvchi metallardan yasalgan simlardan foydalaniladi. Odatda elektr simlari mis, alyumin va po‘latning turli navlaridan yasaladi. Download 205.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling