Mavzu: Adabiyotimiz siymolari. 1-dars


Download 32.27 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi32.27 Kb.
#233709
  1   2
Bog'liq
9-sinf 2-chorak


Sana:

Mavzu:Adabiyotimiz siymolari.1-dars.

Darsning maqsadi:1.O’zbek tilida gap bo’laklari, kesim va uning ifodalanishi haqida ma’lumot berish,ularni nutqda qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish.

2.O’quvchilarni ajdodlarga munosib avlod ruhida tarbiyalash.

3.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini,oz fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.

Dars metodlari:hamkorlik metodi,BBB usuli,aqliy hujum.

Dars turi:yangi bilim beruvchi.

Darsning jihozlanish vositalari:”O’zbek tili” darsligi,tarqatma materiallar, rasmlar.

Darsning borishi:A)Tashkiliy qism.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini o’zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.

B)O’tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi va Grammatik mavzu so’rab baholanadi.

S)Yangi mavzu:

1-topshiriq.

Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijon shahrida dunyoga keldi. Bobur o’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o’ziga xos o’rin egallagan. U adib, shoir, olim, bo’lish bilan birga, yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, mamlakat tarixida uning davlat arbobi sifatida nomi qolgan. U o’zining “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning navis g’azal va ruboiylari turkiy she’riyatning eng nodir durdonalari hisoblanadi.

Bilib oling!

Gapda kesimni izohlab keluvchi gap bo’laklari muhim o’rin tutadi. Bu gap bo’lagi vazifasida sifat, sifatdosh, ravishdoshlardan tashqari u, bu, o’sha, shu kabi ko’rsatish olmoshlari, barcha, hamma, har qaysi, hech qachon kabi jamlash- belgilash olmoshlari faol qo’llanadi. Masalan: Bu taqdim etilgan yangi asar. Har qaysingiz bittadan she’r aytasiz. Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy – hammalari “Xamsa” yaratganlar.

1-mashq.


Alisher Navoiy ulug’ shoir, olim, mutafakkir, tarixchi hamdir.

Avvalo, she’riyatning mohiyatini anglash lozimdir.

“Xamsa” Alisher Navoiyning shoh asari hisoblanadi.

Ruboiy to’rt misradan iborat she’riy janr hisoblanadi.

2-mashq.

Odami ersang demagil odami

Oniki yo’q xalq g’amidin g’ami.

Bilmaganni so’rab o’rgangan olim,

Orlanib so’ramagan o’ziga zolim.

Yaxshilik qo’lingdan kelmasa,

Yomonlik ham qilma.

Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitdi ranj ila,

Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila.

D)Mustahkamlash. 3-topshiriq.

Boburni faqat bitta xona o’ziga tortar edi. Mudarrisning kutib o’tirganiga qaramay, bobur yaxshi ko’rgan kitoblari qo’yilgan shu xonaga burildi. Kitoblar orasidan “Xamsa”ni olar ekan, uzoq Hirotda yashayotgan Alisher Navoiyni xayol ko’zi bilan ko’rib turganday bo’ldi…

F)Baholash.

Uyga vazifa. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qo’shimcha ma’lumotlarga tayanib , kichik matn tuzing.

Sana:


Mavzu:Adabiyotimiz siymolari.2-dars.

Darsning maqsadi:1.O’zbek tilida gap bo’laklari, kesim va uning ifodalanishi haqida ma’lumot berish,ularni nutqda qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish.

2.O’quvchilarni ajdodlarga munosib avlod ruhida tarbiyalash.

3.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini,oz fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.

Dars metodlari:hamkorlik metodi,BBB usuli,aqliy hujum.

Dars turi:mustahkomlovchi.

Darsning jihozlanish vositalari:”O’zbek tili” darsligi,tarqatma materiallar, rasmlar.

Darsning borishi:A)Tashkiliy qism.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini o’zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.

B)O’tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi va Grammatik mavzu so’rab baholanadi.

S)Yangi mavzu:

2-topshiriq.

Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrida tug’ildi. U bolaligidanoq zehni o’tkir, o’qish-o’rganishga qiziqishi baland bo’lgan. Ammo oiladagi moddiy qiyinchilik tufayli biroz kechikib , 9-10 yoshlarida maktab boradi. Abdulla 1912-yili rus-tuzem maktabini muvaffaqiyat bilan tugatadi…

3-topshiriq.

Abdulla qodiriy qachon va qayerda tug’ilgan?

Nima sababdan u maktabga kechikib brogan?

Adib matbuotda qanday maqolalar bilan qatnashgan?

U qaysi asari bilan o’zbek romanchiligiga asos slogan?

Bilib oling!

Kesim boshqa so’zlar bilan ifodalanganda, ko’pincha , -dir qo’shimchasini oladi. Bu qo’shimcha tasdiq, ta’rif-tavsif, ta’kid ma’nolarini bildirishga ham xizmat qiladi.

-dir anglatgan ma’no bo’ladi, hisoblanadi, sanaladi fe’llari ifodalovchi manolarga sinonimdir. Masalan: Alisher Navoiy o’zbek tilining asoschisidir.

1-mashq.

Vatan sajdagoh kabi mukaddasdir. Alisher Navoinig ,,Xamsa’’asari besh dostondan iboratdir. G’afur G’ulom o’zbek adabiyotining ulkan vakili- mashhur shoiri va yozuvchisidir. ,,Shum bola’’ avtobiografik asar hisoblanadi. Oybek adabiyot shunoslik ilmining barcha tur va janrlarida chuqur iz qoldirgan yozuvchi sanaladi. O’zbekiston Respublikasi madhiyasi so’zining muallifi Abdulla Oripovdir.

D)Mustahkamlash. 2-mashq.

Aqldan ortiq boylik yo’q. ertaga maktabimizda shoir va yozuvchilar bilan uchrashuv bo’ladi. Spektaklning mazmunini aytib bering. Sizga aytmoqchi bo’lgan gapim-mana shu. Mening maqsadim-yozuvchi bo’lish. Men tarixiy mavzudagi asarlarni o’qishni yoqtiraman.

F)Baholash.

Uyga vazifa.3-mashq.

Otabek va Kumush –,,O’tkan kular’’ asarining … . aytish … , bajarish … . maktabimizda O’zbekiston Respublikasi Mathiyasi yoddan bilmaydiganlar … . Aytar so’zni… .aytmas so’zdan … .

Sana:

Mavzu:O’zbekiston sanoati yuksalishda.1-dars.



Darsning maqsadi:1.O’zbek tilida gap bo’laklari,fe’l- kesim va uning ifodalanishi haqida ma’lumot berish,ularni nutqda qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish.

2.O’quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, O’zbekiston sanoati yuksalishida munosib hissa qo’shishga chaqirish.

3.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini,oz fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.

Dars metodlari:hamkorlik metodi,BBB usuli,aqliy hujum.

Dars turi:yangi bilim beruvchi.

Darsning jihozlanish vositalari:”O’zbek tili” darsligi,tarqatma materiallar, rasmlar.

Darsning borishi:A)Tashkiliy qism.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini o’zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.

B)O’tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi va Grammatik mavzu so’rab baholanadi.

S)Yangi mavzu:

1-topshiriq.

-O’zbekiston sanoatining asosiy tarmoqlari nimalardan iborat?

- … .

- Respublikamizda qanday tabiiy boyliklar bor?



- … .

- Sanoatning boshqa tarmoqlarida nimalar ishlab chiqariladi?

- … .

- O’zbekistondagi oltin konlari qayerda joylashgan?

-… .

Bilib oling!



Fe’lning turli shakllari orqali ifodalangan kesim fe’l –kesim sanaladi. Fe’l kesimlar quydagi ko’rinishlarga ega:

a)sof fe’l –kesimlar: Men maktabga boraman;

b) ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurullab, mashina oltinga intildi;

d) sifaddosh bilan ifodalangan kesim: Botir xatni kecha yuborgan.

1-mashq.

O’qituvchining savoliga o’quvchi o’ylab, to’g’ri javob berdi. Biz erta bilan ota-onamizga salom berib, so’ng nonushtaga o’tiramiz. 9-A sinf o’quvchilari jamoat ishlarini yaxshi bajarishadi. Bugun bizning maktabimizga juda ko’p mehmonlar kelishgan. Bobom o’zi yaratgan bog’lari bilan fahirlanadi. Mingbuloqning o’zi yaxshi, suvi serob, lekin u qarovsiz.

2-topshiriq

O’zbekiston sanoati

Respublika sanoati, eng avvalo, milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari – paxtachilik, ipakchilik, mevachilik, qorako’lchilik talab-ehtiyojlari zamirida vujudga keldi va rivoj topdi.

O’zbekiston sanoati mamlakatimizda mavjud bo’lgan tabiiy va iqtisodiy boyliklardan oqilona foydalanish asosida rivojlanmoqda. Respublikamizning yer bag;ridan topilgan va ishga tushirilgan tabiiy gaz, neft, oltin, mis, qo’rg’oshin, rux, ko’mir va boshqa boyliklar katta ahamiyat kasb etmoqda.

Dunyo xalqlarining yurtimizga, xalqimiz tarixi, madaniyati va an’analariga bo’lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda.

D)Mustahkamlash. 2-mashq.

O’zbekiston Respublikasining Andijon viloyatida O’rta Osiyo yagona avtomobil zavodi (qurildi, ish boshlandi). Bu zavoddan turli rusumdagi avtomobillar (ishlab chiqarilmoqda, ishlatilmoqda). Bu avtomobillardan O’zbekiston aholisi keng (qo’llamoqda, foydalanmoqda). Aholining turmush tarsi yahshilanganidan dalolat (etiladi, beradi).

F)Baholash. Uyga vazifa. O’zbekistonda qadimdan nimalarni ishlab chiqarishadi yo’lga qo’shilganligi haqida malumotlar to’plang.

Sana:

Mavzu:O’zbekiston sanoati yuksalishda.2-dars.



Darsning maqsadi:1.O’zbek tilida gap bo’laklari,fe’l- kesim va uning ifodalanishi haqida ma’lumot berish,ularni nutqda qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish.

2.O’quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, O’zbekiston sanoati yuksalishida munosib hissa qo’shishga chaqirish.

3.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini,oz fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.

Dars metodlari:hamkorlik metodi,BBB usuli,aqliy hujum.

Dars turi:mustahkomlovchi.

Darsning jihozlanish vositalari:”O’zbek tili” darsligi,tarqatma materiallar, rasmlar.

Darsning borishi:A)Tashkiliy qism.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini o’zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.

B)O’tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi va Grammatik mavzu so’rab baholanadi.

S)Yangi mavzu:

1-topshiriq.

Atlas to’qish marg’ilonda juda qadimdan rivojlangan, boshqa joylarga shu yerdan tarqalgan. XX asr boshlarida bu yerda yuzlab atlas to’quvchilar ishlashgan. 1920-yillarda 4 ta sanoat artellari tashkil etilgan. 1963-yilda bu artellar birlashtirilib, yirik korxona - ,,Atllas’’ firmasiga aylantirildi. …

Bilib oling!

Fe’l-kesim tuzilishiga ko’ra 2xil bo’ladi. Sodda fe’l-kesim, u bir so’z bilan ifodalanadi. Masalan: Men keldim. Murakkab fe’l-kesim, u quyidagicha tuziladi.

Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasidam iborat bo’ladi. Masalan: Odamlar tarqala boshladi.

Sifatdosh va to’liqsiz fe’ldan iborat bo’ladi. Masalan: Mashg’ulot haftada bir marta o’tadigan bo’ldi.

1-mashq.

Bolalar katta archa yonida … . keksa bog’bon ko’m-ko’k ajiriq ustida o’tirib hordiq … . Mo’tabar eshikni sekin yopib… . Atlas to’qish Marg’ilonda juda qadimdan rivojlangan, boshqa joylarga shu yerda … . Atlasdan ayollar liboslari, ko’rpa, ko’rpachalar va boshqa buyumlar … . O’zbekistonda ko’mirni sanoat usulida qazib olish 1930-yillar oxirida … .

2-mashq.

Atlas to’qish chiqarildi

Sanoat energiyasi

Ishlab chiqarilgan qurildi

Taraqqiyot uchun muhim

Issiqlik avtomobillar

Neft zavodi fabrikasi

Ta’mirdan korxonasi

D)Mustahkamlash. 3-mashq.

Buyuk o’zbek olimi Ahmad Farg’oniy qilgan kashfiyotlar hozirgacha dunyoni lol qoldirib kelmoqda. O’z davrida bu olim Nil daryosi suvi sathining ko’tarilish va pasayish darajasini o’lchaydigan asbobni yaratdi.

Atlas to’qish Marg’ilonda juda qadimdan rivojlangan.

Atlasdan ayollar liboslari, ko’rpa, ko’rpachalar, erkaklar qiyiqchasi va boshqa buyumlar tayyorlanadi.

O’zbekiston atlaslari xorij mamlakatlarida ham sotiladi.

2-topshiriq.

Yoqilg’I sanoati

Yoqilg’I sanoati har xil yoqilg’I turlarini qazib olish va qayta ishlash bilan band bo’lgan sanoat tarmoqlarini o’z ichiga oladi….

F)Baholash. Uyga vazifa. Matn yuzasidan topshiriqlar ustida ishlash.

Mavzu:Ekologiya va biz.1-dars.

Darsning maqsadi:1.O’zbek tilida ko’ra, asosan,binoan ko’makchilari va uning ifodalanishi haqida ma’lumot berish,ularni nutqda qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish.

2.O’quvchilarni ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini,oz fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.

Dars metodlari:hamkorlik metodi,BBB usuli,aqliy hujum.

Dars turi:yangi bilim beruvchi.

Darsning jihozlanish vositalari:”O’zbek tili” darsligi,tarqatma materiallar, rasmlar.

Darsning borishi:A)Tashkiliy qism.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini o’zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.

B)O’tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi va Grammatik mavzu so’rab baholanadi.

S)Yangi mavzu:

Bilib oling!

Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi so’zlar ko’makchilar deyiladi.

Ko’makchilar yetakchi so’zga bog’lanib, unga turli qo’shimcha ma’nolar yuklaydi. Jumladan ko’ra, binoan, asosan ko’makchilari asos ma’nosini ifodalaydi va jo’nalish kelishigi –ga shaklidagi ismlarga qo’shiladi. Masalan: Iltimosingga ko’ra keldim. Talablariga binoan konsert qo’yildi.

1-mashq.


Taklif, mutaxasis, dengiz, o’rmon, ma’lumot, taqdim, olim, ustoz, maslahat, loyiha.

1-topshiriq.

Odamzodni tiriklik ne’matlari bilan taminlayotgan mo’jizalar orasida o’rmonlar beqiyos qudratga ega. Bizga o’rmonlarimizni , asosan, tabiatni asrash va muhofaza qilish vazifalari yuklatilgandir. Mamlakatimiz hududining atigi 6-7 foizinigina o’rmonlar tashkil etadi…

2-mashq.


Haykalni materialiga ko’ra baholamaslik kerak.

Kishining salomatligiga, asosan, havoda ozonning ko’payishi ta’sir etadi.

Badantarbiya bilan muntazam shug’illanib yuradigan inson badantarbiya bilan mutlaqo shug’illanmaydiganlardan ko’ra sog’lomroq, teran fikrliroq, odobliroq bo’ladi.

Harakatli o’yinlarni ochiq havoda bajarib turish yopiq binoda bajargandan ko’ra foydaliroq.

Barcha hozirgi zamon yangi texnikasi va texnalogiyasi, asosan lotin yozuviga asoslangan.

2-topshiriq.

Tabiat muvozanati

Tabiatga, go’yoki yer maydoning muayyan joylari aynan qandaydir xo’jalik tarmog’ini joylashtirish uchun yaratilgan ko’rinadi. Har bir xo’jalik va aholini muayyan miqdorda sig’dira oladi, shunga ko’ra, undan ortig’I tabiiy muvozanatni, ekologik vaziyatni buzadi.

Tabiat muvozanatining buzilishiga, asosan, dunyo iqtisodiyotida ishlab chiqarishning tez rivojlanib borishi, tabiiy boyliklarni keskin o’zlashtirish hamda aholi soning tez o’sib borishi sabab bo’lib, bu turli ofatlarga olib kelmoqda.

D)Mustahkamlash. 3-mashq.

Baliq suv bilan tirik.

Bir yil tut ekkan kishi, yuz yil gavhar teradi.

Bir kishi ariq qazadi, ming kishi suv ichadi.

Bitta daraxt kessang,yuzta ko’chat ek.

F)Baholash. Uyga vazifa. Sizni qiziqtirgan ekologiyaga oid mavzuda qo’shimcha ma’lumot toping.

Sana:


Mavzu:Ekologiya va biz.2-dars.

Darsning maqsadi:1.O’zbek tilida ko’ra, asosan,binoan ko’makchilari va uning ifodalanishi haqida ma’lumot berish,ularni nutqda qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish.

2.O’quvchilarni ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini,oz fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.

Dars metodlari:hamkorlik metodi,BBB usuli,aqliy hujum.

Dars turi:mustahkomlovchi.

Darsning jihozlanish vositalari:”O’zbek tili” darsligi,tarqatma materiallar, rasmlar.

Darsning borishi:A)Tashkiliy qism.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini o’zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.

B)O’tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi va Grammatik mavzu so’rab baholanadi.

S)Yangi mavzu: 1-topshiriq.


  • Geografiya darsi munozara shaklida o’tkazildi.

  • Qaysi mavzuda?

  • “Biz va ekologiya muammolari” mavzusida.

  • Ekologiya nima degani?

  • Hayvonot olami, o’simliklar dunyosi va odamlarning yashash muhiti bilan munosabati haqidagi fandir.

1-mashq.

Ota-onam fikriga ko’ra mustaqil ish bajardim.

Imtihonlarga tayyorlanish uchun ,asosan, kitoblarni o’qidim.

Ustozimning fikriga binoan ish tutdim.

2-topshiriq. Tabiat muvozanati – hayot muvozanati

Ayrim kishilar butun bahor-u yoz ko’zimizni yashnatgan, ko’kraklarimizni musaffo havosi bilan yayratgan bargni kuzda xazonlardan qutulish uchun yoqadilar. To’kilgan yaproqlarni to’plab yoqish o’zlari uchun qanchalik zararli ekanini fahmlamaydilar.

Quruq o’tinni yoqish jaroyonida juda hafli bo’lgan doksin moddasi ajralib chiqadi. Yoqish o’rniga yaproqlarni bir joyga to’plab, ho’llab ko’mish kerak.

2-mashq.

Turli chiqindilarni daryo va kanallarga oqizish … .

Tabiiy muvozanatning buzilishi … .

Xazonlarni yoqish oqibatida … .

Sun’iy o’rmonlarning barpo etishi … .

Inson va tabiat … .

Havoda dioksin moddasining ortishi … .

Bilib oling.

O’zbekistonda ,,EKOSAN’’ jang’armasi Ekologiya va salomatlik halqaro jang’armasining 1992 yil ta’sischilar konferensiyasida tashkil qilingan bo’lib, notijorat (nodavlat) tashkilot hisoblanadi.

Jamg’armaning asosiy vazifalaridan biri – ekologiya muammolarini har tomonlab o’rganish , bu borada ilmiy konsepsiya ishlab chiqarishga va barcha kuchlarni birlashtirishga ko’maklashish, ekologik madaniyat va ekologik tafakkurni tarbiyashdir.

D)Mustahkamlash.3-topshiriq.

Tabiat, sen onamiz

Ta biat, sen onamiz, ..

4-topshiriq.

Muassasalar ma’lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa boshqa muassasalarga rasmiy xat orqali murojaat qiladi. Muassasalar

F)Baholash Uyga vazifa. Iltimosnoma yozish.

Sana:


Mavzu:3-nazorat ishi.Matn yaratish.

Darsning maqsadi:1.Olingan BKM larni mustahkamlash

2.O’quvchilarni ona tabiatimizni asrashga chaqirish.

3.O’quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini,mustaqil fikrlashini o’stirish.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini,oz fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.

Dars metodlari:individual ishlash.

Dars turi: sinov

Darsning jihozlanish vositalarMavzuga oid rasmlar.

Darsning borishi:A)Tashkiliy qism.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini o’zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.

B)O’tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi va grammatik mavzu so’rab baholanadi.

S)Yangi mavzu:

Tabiat va biz

Sharq xalqlarida qadimdan kattalarni hurmat qilish,kichiklarga izzatda bo’lish, insofli bo’lish alohida qadrlangan.Mehnatsevarlik , rostgo’ylik , birovning haqiga xiyonat qilmaslik, xushmuomalik , mehmondo’stlik insonlarning odob axloqini ko’rsatib beruvchi asosiy qoidalar deb hisoblangan.Bu axloq qoidalariga to’liq rioya etish insonlarning jamiyat oldidagi burchlaridir.Ana shu burchlarga amal qilgan insonlargina ma’naviy barkamol shaxslar hisoblanadi. “Qobusnoma” va boshqa kitoblardagi hikmatlar , maqollar, ulug’ allomalarimizning o’gitlari, ota-onalarimiz va ustozlarimizning nasihatlari bizning o’z burchlarimizni bilib olishimizga yordam beradi.

F)Baholash

E)Uyga vazifa. Takrorlash

Sana:


Mavzu:Xatolar ustida ishlash.

Darsning maqsadi:1.Olingan BKM larni mustahkamlash

2.O’quvchilarni ona tabiatimizni asrashga chaqirish.

3.O’quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini,mustaqil fikrlashini o’stirish.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini,oz fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.

Dars metodlari:individual ishlash,Aqliy hujum , Klaster,BBB metodi.

Dars turi: mustahkamlash

Darsning jihozlanish vositalar:Mavzuga oid rasmlar,darslik , nazorat ishlari

Darsning borishi:A)Tashkiliy qism.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini o’zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.

B)O’tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi va grammatik mavzu so’rab baholanadi.

S)Yangi mavzu:

Bosh Qomusimiz

Konstitutsiya insonlarning jamiyatdagi huquqlarini va burchlarini belgilab beruvchi asosiy qonun-qoidalar yig’indisidir.Shuning uchun uni Bosh Qomusimiz deb ataymiz. Har bir davlatning o’z Konstitutsiyasi bor.O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyada bizning mamlakatimizda yashovchi barcha fuqarolarning huquqlari va burchlari belgilab berilgan. Huquq – bu har bir fuqaroning mamlakatimizda ega bo’lgan imtiyozlaridir.Burch esa har bir fuqaro rioya etishi shart bo’lgan talablaridir.Vijdon har bir insonning o’zini o’zi nazorat qilishidir Vatan ostonadan boshlanadi , degan naql bor .Har bir inson o’z Vatanini sevishi asrab-avaylashi , himoya qilishi kerak.Har birimizning uyimiz , ko’chamiz, mahallamiz, o’qish va ish joylarimiz , atrofimizni qurshab olgan tabiat va insonlar – barchasi bizning Vatanimizdir.

F)Baholash E)Uyga vazifa.Takrorlash

Sana:

Mavzu:Huquqiy bilimlar zarurati.1-dars.



Darsning maqsadi:1.O’zbek tilida izohlovchi va uning ifodalanishi haqida ma’lumot berish,ularni nutqda qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish.

2.O’quvchilarni o’z huquq va burchlari bilan tanishtirish.Kasbga yo’naltirish.

3.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini,oz fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.

Dars metodlari:hamkorlik metodi,BBB usuli,aqliy hujum.

Dars turi:yangi bilim beruvchi.

Darsning jihozlanish vositalari:”O’zbek tili” darsligi,tarqatma materiallar, rasmlar.

Darsning borishi:A)Tashkiliy qism.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini o’zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.

B)O’tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi va Grammatik mavzu so’rab baholanadi.

S)Yangi mavzu:

Bilib oling!

Gapdagi biror shaxs yoki narsa-buyumni boshqa nom orqali ifodalaydigan bo’lak izohlovchi deyiladi. Izohlovchi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanadi. Izohlovchi kasb, mashg’ulot, amal, unvon, holat, taxallus, laqab kabi ma’nolarni bildiradi: Shuningdek, izohlovchi geografik nomlar, korxona, muassasa,gazeta va jurnal nomlarini anglatadi. Masalan: bu kishi sobiq oshpaz – Qulahmad Obidov bo’ladilar.

O’xshatish va xoslik ma’nolarini bildirgan izohlovchilar bilan izohlanmish o’rtasiga chiziqcha qo’yiladi. Masalan: Vatan – ona so’zi naqadar laziz. Dalalarda mehnat – hayot boshlandi.

1-mashq.


“Guliston” … qiziq hikoya o’qidim.

“Farhod va Shirin” … Navoiyning o’lmas asarlaridan biridir.

“Lasette” … ko’rikda juda yuksak baho oldi.

“Toshkent oqshomi” … o’qib chiqdim.

1-topshiriq.

Huquqiy bilimlar zarurati.

Inson hayoti davomida qanchadan qancha to’siqlarga, nohaqlik va adolatsizlikka duch keladi. Ularni yengib o’tish, adolatni qaror toptirish oson ish emas. Buning uchun huquqiy bilimlarni puxta egallash lozim. Har bir fuqaro o’z huquqini yaxshi bilsa, Konstitutsiyada belgilab berilgan qonun va qoidalardan xabardor bo’lsa, hayotda qiynalmaydi. Chunki eng qiyin va murakkab ishlarning yechimi ham huquqshunos tomonidan osonlikcha topiladi…

D)Mustahkamlash. 2-mashq.

Akademik Pavlov sutga ,, Tabiat tomonidan tayorlangan ovqat!’’ deb baho bergan edi.

Ulug’ o’zbek shoire Alisher Navoiy o’z ijodi bilan o’zbek adabiyoti va o`zbek tilini yangi taraqqiyot bosqichiga ko`tardi.

Bugun sizni kutar maktab-darsxona.

O`zbek shoirasi Zulfiya Neru mukofotini olishga sazovor bo`ldi.

Butun olamni boqib katta qilgan onani-ayolni ko`klarga ko`taraylik.

F)Baholash.

Uyga vazifa. ,,Mening burchim’’ mavzusida matn yarating.

Sana:


Mavzu:Huquqiy bilimlar zarurati.2-dars.

Darsning maqsadi:1.O’zbek tilida izohlovchi va uning ifodalanishi haqida ma’lumot berish,ularni nutqda qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish.

2.O’quvchilarni o’z huquq va burchlari bilan tanishtirish.Kasbga yo’naltirish.

3.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini,oz fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.

Dars metodlari:hamkorlik metodi,BBB usuli,aqliy hujum.

Dars turi:mustahkomlovchi.

Darsning jihozlanish vositalari:”O’zbek tili” darsligi,tarqatma materiallar, rasmlar.

Darsning borishi:A)Tashkiliy qism.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini o’zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.

B)O’tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi va Grammatik mavzu so’rab baholanadi.

S)Yangi mavzu: 1-modda. O’zbekiston – suveren demokratik respublika…

4-modda. O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir…

5-modda. O’bekiston Respublikasi qonun bilan tastiqlanadigan o’z davlat ramezlari – bayrog’I, gerbi va madhiyasiga ega.

29-modda. Har kim fikirlash, so’z va e’tiqot erkinligi huquqiga ega…

31-modda. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqot qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqot qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarini majburan sindirishga yo’l qo’maydi.

41- modda. Harkim bilim olish huquqiga ega.

Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kaholatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.

50-modda. Fuqarolar atrof tabiy muhidga ehtiyodkorona munosabadta bo’lishga majburdirlar.

66-modda. Voyaga etgan, mehnadga layoqatli farzandlar o’z ota- onalar haqida g’amho’rlik qilishga majburdirlar.

1-topshiriq. Burch

Burch har bir kishining o’z vazifalarini to’liq bajarish, odamlarga to’g’ri munosabadta bo’lish kabi fazilatlarni ifoda etadi.Burch shaxsning jamiyatga bo`lgan munosabatida namoyon bo`ladi.

Aql-zakovat, tafakkur asosida va ularga tayanib o`z burchini bajarish faqat insongagina xos.

1-mashq. Burch nima?

U qanday namoyon bo’ladi?

Kishilarga nima sharaf keltiradi?

Qanday kishilar hurmat topmaydi?

Burch qanday shakillanadi? Burchga sodiq kishilar qanday bo’ladi?

D)Mustahkamlash.2-mashq.

Burch shaxsning jamiyatga bo`lgan … O`z burchiga sodiqlik har bir insonga …

Burchga sodiqlik- … Burchni tarbiyalash jarayonida …

Burchiga sodiq kishi birovlarni …

F)Baholash.

Uyga vazifa.

3-mashq.

To`g`ri odamning hech qachonoyog`I qaltiramaydi. Xalq qonuni o`z tayanchi, o`zini muhofaza qiluvchidevor sifatidahimoya etmog`ilozim. Yaxshi qonunlar urf-odatlardan tug`iladi. Jazo bemaslik jinoyatga katta rag`batdir.

Sana:


Mavzu:Me’morchilik obidalari.1-dars.

Darsning maqsadi:1.O’zbek tilidaaniqlovchii va uning ifodalanishi haqida ma’lumot berish,ularni nutqda qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish.

2.O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.Kasbga yo’naltirish.

3.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini,oz fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.

Dars metodlari:hamkorlik metodi,BBB usuli,aqliy hujum.

Dars turi:yangi bilim beruvchi.

Darsning jihozlanish vositalari:”O’zbek tili” darsligi,tarqatma materiallar, rasmlar.

Darsning borishi:A)Tashkiliy qism.O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini o’zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.

B)O’tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi va Grammatik mavzu so’rab baholanadi.

S)Yangi mavzu:

Bilib oling!

Aniqlovchi gapning biror bo’lagini aniqlab, narsa- buyumning rang- tusi, mazasi, hajmi, kim yoki nimaga qarashligini bildiradi. Aniqlovchi ega, ot, to’ldiruvchi, kesim va holga bog’lanadi. Aniqlovchilar q a n d a y?, q a n a q a?, q a y s I?,

Q a n ch a?, k I m n I n g?, n I m a n I g?, q a e r n I g? so’roqlarqa javob bo’ladi.

Masalan: bizning qudratli binolarimizga nazar tashlang.


Download 32.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling