1-MA’RUZA
MAVZU: ANORGANIK BIRIKMALARNING ENG MUHIM SINFLARI.
Ma’ruza rejasi:
1.Murakkab moddalar.
2. Oksidlar. Nomlanishi, olinishi, xossalari va ishlatilishi.
3.Kislotalar va ularning kimyoviy xossalari.
4. Asoslar, ularning turlari, olinishi, xossalari va ishlatilishi.
5. Tuzlar. O’rta, nordon, asosli, qo‘sh va kompleks tuzlar.
6. Binar birikmalar.
Tayanch so’zlar: Anorganik birikmalarning sinflari, Oksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar, Binar birikmalar.
1.Murakkab moddalar.
MURAKKAB MODDALAR – molekulasi har xil atomlardan hosil bo‘lgan moddalar. Masalan: H2O – suv (distillangan), C12H22O11 – shakar, H2SO4 – sulfat kislota, CO2 – karbonad angidrid, CH4 – metan, NH3 – ammiak, CaCl2 – kalsiy xlorid, KON – kaliy gidroksid va h.z. Murakkab moddalar anorganik va organik moddalarga bo‘linadi. Murakkab moddalar 2 ta sinfga bo‘linadi: Anorganik moddalar va organik moddalar sinflari. Anorganik moddalar 5 guruxga bo‘linadi: Oksidlar, Kislotalar, Asoslar, Tuzlar, Binar moddalar. Organik moddalar asosan 2 katta guruxga bo‘linadi: Ochiq zanjirli birPikmalar va Yopiq zanjirli birikmalar sinflari.
2. Oksidlar. Nomlanishi, olinishi, xossalari va ishlatilishi.
OKSIDLAR – biri kislorod bo‘lgan ikki xil elementdan iborat murakkab moddalar. Masalan: CO2, FeO, Cr2O3, Na2O, XeO4, Mn2O7, P2O5, SO3 va h.z.
Oksidlarni formulasini tuzish
Deyyarli barcha oksidlarda kislorod ikki valentlik namoyon qiladi. Elementni belgisi keyin kislorodni belgisi yozilib, valentliklar almashtirilib indeks sifatida yoziladi. Masalan:
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |