Mavzu: Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi o’quv fani sifatida Reja


Download 36.95 Kb.
bet1/5
Sana11.05.2023
Hajmi36.95 Kb.
#1451294
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu 1 (1)


Mavzu: Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi o’quv fani sifatida
Reja:

  1. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

  2. Fanning asosiy kategoriyalari.

  3. Bolalar psixologiyasifanining fanlararo aloqasi

  4. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot



Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug’ilganidan yetuklik davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan, ya’ni har bir shaxs uzoq bolalik davrini boshdan kechiradiki, bu davrda unda alohida psixik jarayonlar va xususiyatlar yuz beradi. Shuning uchun ham bu davrni fanda alohida ajratib o`rganiladi va uni ontogenetic taraqqiyot yo`li deyiladi.
Ontogenez – bu organizmning individ ual rivojlanishidir.
Bolalar psixologiyasi bola psixikasining taraqqiyoti hamda shaxsiy xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni ham o`rganadi.
Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy va amaliy vazifalar turadi, uning nazariy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  1. Turli yoshdagi bolalarga xos bo`lgan psixologik xususiyatlarni, ya’ni bolalarning idrokiga, sezgi-tuyg’ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o`rganish;

  2. Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta’sir qiluvchi omillarni aniqlab berish;

  3. Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo`lgan qonuniyatlar nio`rganish;

  4. Bola shaxsi va shaxsiga xos bo`lgan psixologik xususiyatlarni o`rganish;

  5. Bolani maktab ta’limiga tayyorlash;

  6. Maktabda muvaffaqiyatli o`qish uchun bolaning aqliy jarayonlarini faollashtirish;

  7. Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish;

  8. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish;

  9. Ta’lim-tarbiya ishlarining psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir.

Uning amaliy vazifalariga turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir bilimlarni tarbiyachilar, o`qituvchilar, ota onalar ya’ni jamoatchilar o`rtasida keng yoyishdan iborat. Bolalar psixologiyasi fanining amaliy vazifasi – bola ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususiyatlari orasidagi farqlar va ularga individual munosabatda bo`lish yo`llariga oid, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan bahramand bo`lishlarini ta’minlashdan iborat. Bunday vazifalarni amalga oshirish komil insonni shakllantirishda muhim rol o`ynaydi. Bolalar psixologiyasi- psixologiya fanining alohida tarmog’i bo`lib, u tuirli yosh davrlarida bola psixik taraqqiyotining qonunyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichdan boshqasiga o`tish qonunyatlarini o`rganadi.Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug’ulgandan yetuklik davrigacha inson psixkasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan.
D.B.Elkonin ta’kidlaganidek,bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan, uning psixkasi rivojlanib,olamni aks ettirish qobilyati go`daklikdan yetuklik davrigacha murakkablashib va takomillashib boradi. Ushbu jarayoning o`ziga xos xususyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar pisixologiyasi tadqiq etadi.
Bola rivojlanishning turli tomonlarini har xil fanlar-anatomiya, fizalogiya, oily nerv faoliyati fizalogiyasi, gigena, enigrafiya va boshqalar o`rganadi. Tug’lgandan etuklik davrigacha bola psixik taraqqiyotini o`rganish esa psixologik bilimlarning maxsus sohasi-bolalar psixologiyasining zimasidadir.Chunki bolalar psixologiyasi bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlari, rivojlanishning turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlar haqidagi fandir.
L.F. Obuxova ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi fanining predmeti tarixan o`zgarib brogan. Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining predmeti ontogenezdagi psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, yosh davirlari, bir yosh davirdan boshqasiga o`tish sabablarini aniqlashdan iborat. Agar pediatr bolalarning qanchalik to`g’ri rivojlanayotgani va faoliyat ko`rsatayotganini, bordi-yu bu sohada kamchilik bo`lsa, uni nimaning hisobiga kopensatsiyalash mumkinligini o`rganadi.
Hozirgi kunda bolalar psixologiyasi fani predmetining kengayib borishi ko`zatilmoqda. Bu hodisa bolaning homila davridagi rivojlanishning tobora chuqurroq o`ganish natijasida ro`y bermoqda



Download 36.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling