Mavzu: buyuk geografik kashfiyotlar


Download 112.78 Kb.
bet1/8
Sana09.06.2023
Hajmi112.78 Kb.
#1470779
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
geografik kashfiyotlar


MAVZU: BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR.
REJA:
KIIRISH
I BOB. BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR: AHAMIYATI VA O‘RGANILISH TARIXI
1.1. Buyuk geografik kashfiyotlar tarixining o‘rganilishi
1.2. Buyuk geografik kashfiyotlar va unga olib kelgan sabablar.
1.3. Yevropaliklarning dastlabki dengiz sayohatlari. Xristofor Kolumb va uning safarlari. Amerikaning ochilishi
II BOB. XVIII-XIX ASRLARDA DUNYO KEZGAN G‘ARBIY YEVROPALIK SAYYOHLAR
2.1. Jeym kuk va Aleksandr Gumboldtning geografik kashfiyotlari
2.2. Afrikani tadqiq qilgan Devid Livingston
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Geografiya va tarix fanlari otasi deya buyuk Yunon olimi Gerodot tan olinadi. U mil. avv. 490 yoki 480- yillarda Kichik Osiyoda tug‘ilgan. Millati grek bo‘lgan. Olim Kichik Osiyo yarimoroli (hozirgi Turkiya) bo‘ylab sayohat qilgan. Bobil, Fi- nikiya, Misr, Krenaika, Yunoniston- ning ko‘plab shaharlari, Qora de- ngiz qirg‘oqlarini aylanib chiqqan. Uzoq vaqt Aflnada yashagan. Jahongashtaligi uchun Gerodotni buyuk yunon sayyohi, deb ham ata- shadi. U o‘z hikoyalarida Liviya haqida shunday yozadi:
“Lining qirg‘oqlarida odamlar istiqomat qiladi, undan uzoqroqda esa - yovvoyi hayvonlar dunyosi, undan keyin esa poyoni yo‘q jonsiz qumliklar boshlanadi.”
Mo‘jizalar yurti Mismi esa: “Dunyoning boshqa hech bir yerida bunchalik ko‘p mo‘jiza topolmaysiz, bu yerda ta’rifiga til ojiz xa- zinalarning son-sanog‘i yo‘q, deya xotirlaydi.
Eng qiziqarlisi, Gerodot Misr ehromlarini birinchi bo‘lib ta’riflab berdi. Bu paytda mazkur piramidalarning bunyod etilganiga 2 ming yildan oshgan edi.
Yunonlar jahongashta xalq bo‘lishgan. Ular, asosan, O‘rtayer dengizi bo‘ylab suzib, ko‘plab yangi yerlar ochgan. Hatto Yevropaning g‘arbiy qirg‘oqlarini ham aynan ular birinchi bo‘lib suzib o‘tishgan.
Mil. avv. 1-ming yillik o‘rtalaridayoq greklar nafaqat Egey, Adriotika, Lonika, Tirren, Gigeriy va boshqa O‘rtayer dengizi hududlarini, balki Qora dengizni ham yaxshi o‘rganishgan.
Qadimgi duyo tarixidagi eng hayratlanarli sayohatni amalga oshirgan kapitanlardan biri Mossaliyalik Pifey bo‘lgan. U Mil. avv. 350—320-yillarda Shimoliy Yevropa tomon sirli sayohatni amalga oshirgan.
Sayyoh Pifey Shimoliy Yevropa qirg‘oqlari bo‘ylab suzib yurgan paytida shimoliy suv ko‘tarilishini kuzatgan va asarlarida tariflab o‘tgan.
Yunonlar Qrimda (Xersones ^ va Pantikapey), Azov dengizining shimoliy qirg‘oqlaft rida (Tanais) va boshqa kaloniyalarga asos solishgan.
Tinib-tinchimagan sayyoh Ukraina cho‘llarida yashagan skiflarni ham yaxshi bilgan. Jumladan, skiflar haqida bunday deb yozib qoldirgan: „Chavandoz skiflar mahoratli kamonchilardir. Ular of choptirib borayotib ham nishonga bexato uradilar, ularning aravalari esa uy o‘rnini bemalol bosa oladi“.
Gerodot asarlarida Bobil haqida shunday jumlalar bor: “U shunchalar go‘zal va ulug‘vorki, butun dunyoda unga teng keladigan shahar topilmaydi”
Britaniya qirg‘oqlarini tadqiq etgan Pifey La-Mansh bo‘g‘ozini kesib o‘tib, Kornulla qirg‘oqlariga yetib kelgan. Dovyurak admiral bu yerlik qalay qazib oluvchi konchilar bilan do‘stlashgan. Janob Pifey mana shunday jahongashta inson bolgan, ha!
Sirli Tule oroli haqida eshitganmisiz? Britaniya orolini aylanib suzgan va uning uchburchak shaklda ekanligini yozib qoldirgan Pifey Britaniyadan shimolda mazkur afsonaviy orol joylashganligini hikoya qiladi. Ammo mazkur orolning joylashgan о‘mi haqidagi bahslar ko‘p asrlar davom etib, hali ham yechimini topmagan.
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Alek­sandr Makedonskiynlng onasi o‘g‘li tug‘ilishidan bir necha kun oldin tush ko‘radi, tushida uni yashin uradi va onadan taralgan alanga har tomonga tarqaladi. Ta’birchilar bu tushga shunday izoh beradilar: ,,U o‘g‘il tug‘adi, bu o‘g‘il ulg‘aygach, butun dunyoni zabt etadi..."
Haqiqatan ham, bu bola 20 yoshidayoq (mil. avv. 336-yil) taxtga о‘tiradi va nisbatan qisqa vaqtlik hukmronligi davomida o‘sha paytda bashariyatga ma’lum bo‘lgan dunyo xaritasining yarmini o‘z bayrog‘i rangiga bo‘yaydi.
Aleksandr Makedonskiy Jahon tarixidagi eng qadimgi imperiyaga asos soladi va uning shavkatli imperatori sifatida nom qozonadi. Makedonskiy Makedoniyadan Hindistongacha bo‘lgan hududlarni birlashtirib, и yerlarda yunon-makedon madaniyatini tarqatadi. Jahongashta sayyoh sifatida o‘z askarlarini va xalqini dunyoning yarim aholisi bilan tanishtiradi. Shu vajdan uni buyuk sayyoh deb ham atashimiz mumkin.
Dastlab o‘sha davrning eng kuchli davlatlaridan bo‘lgan Fors yurtini zabt etgan Aleksandr, Finikiyaning asosiy bandargohlari Tir, Sidon va Biblni bosib oladi. Shundan so‘ng navbat Misrga keladi va bu afsonaviy yurt ham Aleksandr qo‘liga o‘tadi. Keyin esa dunyo­ning eng yirik shahri bo‘lgan Bobilni zabt etadi. Undan solng So‘g‘diyona va Baqtriya yerlari ham Aleksandr Makedonskiy davlati tarkibiga qo‘shib olinadi. (Sizga tarixdan ma’lumki, Baqtriya va So‘g‘diyona hududida hozirgi O‘zbekiston, Afg‘oniston va Tojikiston joylashgan).
Aleksandrning oxirgi harbiy yurishlari Fiindistonga bo‘ladi va bu davlatni ham qiyinchiliksiz yengib, dengiz sohillarigacha yetib boradi. Shundan so‘ng buyuk sarkarda, butun dunyoni zabt etdim, deb o‘ylab yurtiga qaytadi. Buning sababi esa ustozi Aristotelning „Yer yuzini Buyuk okean suvlari yuvib turadi", deya aytgan gapi edi.
Miloddan avvalgi IV—III asrlarda asosiy savdo yo‘llari O‘rtayer dengizidan o‘tgan. Shuning uchun mazkur hudud hukmronligi uchun ayovsiz urushlar olib borilgan.
Rim imperiyasi bu davrga kelib O‘rtayer dengizi g‘arbida o‘zining mutloq hokimiyatini o‘rnatgan. Imperiya hududlari istilochilik yurishlari natijasidg7 nihoyatda kengaygan edi. Bosib olingan hudpdlar quyidagilar: Markaziy va G‘arbiy Yevropa, Britaniya orollari, Pireney yarimoroli, Sharqiy Yevrppaning bir qismi, shuningdek, Osiyo va Afrikqning kattagina hududlari.
Bu davrda Rim imperiyasi uchun asosiy raqib Finikiya va Karfagen davlatlari edi. Mil. avv. asrlarda Finikiyaning Afrikadagi tayanchi bo‘lgan Karfagen davlati rimliklar tomonidan tormor keltirilgan. Bu urushlar tarixga Puni urushlari nomi bilan kirgan. Chunki Rimliklar Karfagenni „Puna" deb atashgan.
Tez orada Bolqon davlatlari, Makedoniya, Yunoniston, Kichik Osiyo bo‘ysundiriladi. Mil. avv. 67-66-yillarda rimliklar Krit orolini ishg‘ol qildilar, 64-yilda esa Salavkiylar davlatjga barham berildi. Mil. avv. 30-yilda Misr bosib olindi. Shunday qilib, Rim imperiyasi dunyoning eng katta va qudratli davlatiga aylandi.

Download 112.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling