Mavzu: Elementlar davriy sistemasining o‘n ikkinchi gurux elementlari va ularning birikmalari


Download 1.33 Mb.
bet1/8
Sana07.03.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1247585
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shahboz xolmatov

Mavzu:Elementlar davriy sistemasining o‘n ikkinchi gurux elementlari va ularning birikmalari.

Bajardi: Xolmatov Shahboz

Reja:

  • Oʻn ikkinchi gurux elementlari.
  • Ruxning olinishi, xossalari, birikmalari.
  • Kadmiyning olinishi,xossalari,birikmalari.
  • Simobning olinishi,xossalari,birikmalari.
  • Kopernitsiyning olinishi, xossalari, birikmalari.

Oʻn ikkinchi guruh elementlari

  • Bu guruhchaga rux, kadmiy, simob va kopernitsiy metallari kirib, rux guruhchasi nomi bilan ataladi. Ushbu guruhchadagi elementlar atomlarida faqat tashqi elektron qavatdagi elektronlargina valent elektronlar hisoblanadi, shu jihatdan mis guruhchasi elementlaridan farq qiladi. Simob ba’zi birikmalarda bir valentlikni namoyon qiladi.Rux guruhchasi metallarining elektron konfigurasiyalari quyidagicha:Zn: [Ar]3d¹⁰ 4s²; Cd: [Kr] 4d¹⁰ 5s²; Hg: [Xe] 4f14 5d¹⁰ 6s² Bu elementlarning hammasi og’ir metallardir, simob odatdagi haroratda suyuq bo’ladi. Bular havoda kam oksidlanadi, odatdagi haroratda suv bilan reaksiyaga kirishmaydi, gidroksidlari kuchsiz asoslardir. Rux gidroksid esa amfoterdir. Ruxdan simobga o’tgan sari yadro zaryadi ortishi bilan qaytaruvchanlik faolligi kamayadi, metallarning bug’lanishi osonlashadi, metallik xossalari esa zaiflashadi.

Bu elementlarning tashqi qavatida ikkitadan elektron bor, tashqaridan ikkinchi qavatida o'ntadan elektron bor. Bu elementlarning d orbitallari elektronlarga to'lgan. Qaytaruvchanlik xossasi ruxdan simobga qarab kamayadi. Kimyoviy faollik jihatidan II B guruh elementlari ishqoriy yer metallaridan birmuncha zaif. Asosiy guruh elementlaridan farq qilib atom massa ortishi bilan faollik ortishi orniga teskarisiga, y'ani kamayadi. Ayni qatorda atom radiusi ortib borsa ham faollik simobda kam. Quyidagi jadvalda II B guruh elementlarining eng asosiy fizik kattaliklari berilgan.

Oʻn ikkinchi guruh elementlarinig tibbiyotdagi ahamiyati

Rux eng asosiy mikroelementlardan biri. 1 sutka zarur miqdor 10-15 mg ni tashkil etadi. Tarkibida Zn²+ bo’lgan metallofermentlar soni 20 dan ortiq.


Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling