Mavzu fanga kirish. O‘lchash xaqida umumiy tushunchalar. Temperaturani o‘lchash usullari. Ma’ruza rejasi


Download 0.83 Mb.
bet1/6
Sana28.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1136977
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Маъруза-1


MAVZU-1. FANGA KIRISH. O‘LCHASH XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR. TEMPERATURANI O‘LCHASH USULLARI.
Ma’ruza rejasi
1.O’lchash. O’lchov asboblari.
2.O’lchov asboblarining metrologik tavsifi.
3.O‘lchash xatoliklari.
I-BО‘LIM. О‘LCHASH VA О‘LCHOV ASBOBLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
О‘lchash deb, о‘lchanayotgan kattalikni shartli ravishda о‘lcham birligi deb qabul qilingan kattalik bilan solishtirib bilish jarayoniga aytiladi.
Q = U g
Bu yerda, Q – о‘lchanayotgan kattalik;
U- о‘lchanayotgan kattalikda о‘lcham birligidan qancha borligini kо‘rsatuvchi qiymat;
g – о‘lcham birligi.
О‘lchanayotgan kattalikni о‘lcham birligi bilan solishtirishga mо‘ljallangan texnik qurilmaga о‘lchov asbobi deyiladi.
Fizik kattaliklarni о‘lchashning texnik va laboratoriya usullari mavjud. Texnik о‘lchashlar sanoatda qо‘llanilib, ularning aniqligi nisbatan past bо‘ladi, laboratoriya о‘lchashlari esa, aniqliga yuqori bо‘lib, ular ilmiy tadqiqot ishlarida va о‘lchov asboblarini tekshirishda ishlatiladi.
О‘lchov asbobini tekshirish deganda, uning kо‘rsatishini aniqligi yuqori bо‘lgan о‘lchov asbobi kо‘rsatuvi bilan solishtirib aniqlashga aytiladi.
О‘lchanayotgan kattalik qiymatini aniqlashda bevosita va bilvosita о‘lchash usullaridan foydalaniladi.
Bevosita о‘lchash usullari о‘lchanayotgan kattalikni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘lcham birligi bilan solishtirishga asoslangan. Masalan, bevosita о‘lchash usuliga misol qilib uzunlikni metr bilan о‘lchashni, bosimni manometr bilan о‘lchashni misol qilish mumkin.
Quyidagi bevosita о‘lchash usullari mavjud: tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri aniqlash usuli, kompensatsion usul va differensial usullar.
Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri aniqlash usulida, о‘lchanayotgan kattalik tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘lchov asbobi chiqish signaligan aylantiriladi va о‘lchov asbobi о‘lchanayotgan kattalikni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kо‘rsatadi.
Kompensatsion usulda, qiymati noma’lum о‘lchanayotgan kattalik qiymati ma’lum kattalik bilan muvozanatlanib о‘lchanadi. О‘lchanayotgan kattalik qiymati qiymati ma’lum muvozanatlovchi kattalik qiymatiga qarab aniqlanadi. Bu usul bо‘yicha о‘lchovchi о‘lchov asboblariga potensiometrlarni, muvozanat kо‘priklarini va koromisloli torozlarni misol qilish mumkin.
Differensial usulda qiymati о‘lchanayotgan kattalik qiymati ma’lum kattalik bilan solishtirilib, о‘lchanayotgan qiymat kattaligi qiymati ma’lum kattalik qiymatiga ular orasidagi farqni qо‘shib aniqlashga asoslangan (misol: gastronomik toroz).
Bilvosita о‘lchash usulida о‘lchanayotgan kattalik Q bevosita usul bilan emas, balki, u bilan qandaydir funksional bog‘liqlikga ega bо‘lgan bir nechta parametrlarni (A,V,S…) bevosita о‘lchash usullaridan foydalanib о‘lchab, о‘lchanayotgan parametrni funksional bog‘liqlik bо‘yicha aniqlashga asoslangan. Bunda о‘lchanayotgan parametr quyidagi formula bо‘yicha hisoblanadi.
Q=f (A,B,C,…)
Masalan, idish ichidagi modda miqdorini satxni о‘lchab aniqlash.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling