Mavzu: Gruppa. Halqa. Maydon reja: kirish. I bob. Algebra va algebraik amallar


Download 0.67 Mb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1417354
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mohinur 2-20 kurs ishi Algebra va sonlar nazaryasidan


Mavzu: Gruppa. Halqa. Maydon

REJA:

KIRISH.
I BOB. ALGEBRA VA ALGEBRAIK AMALLAR
1.1-§. To‘plam va to‘plamlar ustida amallar
1.2-§. Algebraik amallar va ularning turlari
II BOB. ASOSIY ALGEBRAIK STRUKTURALAR
2.1-§. Gruppa, yarimgruppa va monoidlar
2.2-§. Algebrik amallarga nisbatan halqa va maydonning umumiy ta’riflari
2.3-§. Maydon va uning asosiy xususiyatlari
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH.

Kishilarning umumta’lim va professional malaka darajasini oshirish, yangi talablar asosida kishilarning savodhonligini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini joriy qilish borasidagi tashabbuslari negizida yetuk mutaxassislar va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash orqali tarmoqlardagi o‘sish parametrlarining yaxshilanishiga erishilmoqda. Ma’lumki, uzluksiz va uzviylik ta’lim tizimida ortiqcha takroriylikka chek qo‘yib, eng avvalo, jamiyatning ma’naviy va intellektual salohiyatini kengaytiradi, qolaversa, davlatning ijtimoiy va ilmiy–texnik taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv – tarbiya jarayoniga kirib kelishi natijasida, shuningdek axborotni tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson uchun o‘z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyati yaratildi.


Faqat bilimli, marifatli jamiyatgina demokratik taraqqiyotning barcha afzalliklarini qadrlay olishini va aksincha, bilimi kam odamlar avtoritarizmni va totalitar tuzumni maqul ko‘rishini hayotning o‘zi ishonarli tarzda isbotlamoqda. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek-“Bilimga chanqoq, iste’dodli yoshlarni topib, ularni Vatanga fidoiy insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir”.
Kurs ishining dolzarbligi: Algebra va algebraik sistemalar matematikaning eng asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Algebralar orqali matematikaning turli bo‘limlari aksiomatik asosga ega bo‘ladilar. Aksiomatik qurish esa matematika fanini rivojida asosiy negiz bo‘lib xizmat qiladi. Algebraning asosiy vazifasi algebraik amallarning xossalarini o‘rganishdan iborat.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling