Mavzu: Korxonalarning kreditga layoqatliligini tahlili. Reja: kirish
Download 51.21 Kb.
|
TEMUR TAHLIL KURS ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Kriditga layoqatlilikni baxolashda moliyaviy va moliyaviy bo’lmagan ko’rsatkichlar tahlili. 4. Korxonaning ishonchliligini baxolash. XULOSA……………………………………………………….
Mavzu: Korxonalarning kreditga layoqatliligini tahlili. REJA: KIRISH…………………………………………………..……. 1. Kriditga layoqatlilik tahlilining mazmuni, tavsifi, maqsadi va vazifalari. 2. Kriditga layoqatlilikni baxolashda tijorat banklarining kridit siyosatining o’ziga xos jixatlari. 3. Kriditga layoqatlilikni baxolashda moliyaviy va moliyaviy bo’lmagan ko’rsatkichlar tahlili. 4. Korxonaning ishonchliligini baxolash. XULOSA………………………………………………………. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……..…………….… KIRISH Kredit risklari bilan bog'liq muammolar, shuningdek risklarini boshqarish zaruriyati bozor iqtisodiyotining chuqurlashuvi va xalqaro iqtisodiyotning globallashuv sharoitida muhim masalalardan biriga hisoblanadi. Kredit risklari xususida gap ketganda, asosiy e'tiborni ushbu risklarning tabiatiga, mohiyatiga, kelib chiqish sabablari va ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlariga qaratish lozim. Xalqaro bank amaliyotida risklar bilan bog'liq munosabatlar asosan aktiv operasiyalar jarayonida ro'y beradi. Tijorat banklarining riskga bog'liq bo'lgan asosiy aktiv operasiyalari sifatida kredit va investisiya operasiyalarini keltirish mumkin. Bank risklari vujudga kelishi, namoyon bo'lishi jihatidan turli-tuman bo'lib, ularning barchasi pul egasining kredit sifatida yo'naltirgan qiymatining va unga to'lanadigan foiz to'lovlarining to'lig'icha qaytib kelmasligi bilan izohlanadi. Kredit xatari yoki qarzni qaytarmaslik xavfi kreditorning kredit kelishuviga asosan kreditni o'z vaqtida qaytarilishiga va kredit shartlarini bajara olishiga ishonchsizligidan kelib chiqadi. Kredit riski bank faoliyatida uchraydigan risklarning eng yirigidir. Shuning uchun tijorat banklari kredit siyosatida bu jarayonga alohida e'tibor qaratishi lozim. Olingan kreditni o'z vaqtida qaytarilishi va kredit shartlarini bajara olishiga ishonchsizligining ko'rinishlari sifatida kreditlarni to'liq qaytarmaslik, qisman qartarmaslik (bu holat ko'pincha olingan kreditlarning foizlari va komission to'lovlarida tegishli bo'ladi) yoki muddatning kechiqtirishlari nazarda tutiladi. Kredit riski qarz oluvchining kredit shartnomosi shartlariga muvofiq to'lashi lozim bo'lgan majburiyatlarini o'z vaqtida to'lay olmasligi xav xatarlarini xarakterlaydi. Banklarning risklarini yo'qotishning eng maqbul echimiga qarzdorlarning kredit qobiliyati, moliyaviy barqarorligini doimiy monitoring qilish orqaligini erishiladi.Bunda likvidlilik va mustaqillik (avtonomiya)risklariga alohida e'tibor qaratiladi.1 Kredit riski kredit oluvchining qarzdorlikni so'ndirishi yuzasidan imkoniyatsizligi, pul oqimini to'g'ri shakllantira olmasligi, moliyaviy qiyinchiliklar, rahbar va korxona egalarining ishchanlik reputasiyasining pastligi yoki kriminal xissiyotlarining ustunligi bilan yuzaga keladi. Shu bilan birga davlat organlari va ayrim shaxslarninng bosimi tufayli ham ushbu risklarga boriladi. Kredit rislarining yuqoriligiga xodimlar malakasining pastligi, jamoadagi ijtimoiy keskinlik, poraxo'rlik holatlari ham kuchli tasir etadi. Kredit risklarini baholash birinchi navbatda potentsial qarz oluvchilar bilan tanishuvdan boshlanadi. Bunda mijozning reputasiyasi, tadbirkorlik, ishlab chiqarish, marketing va moliyaviy boshqaruvdagi kobilyatiga baho beriladi. Kredit taklifining qanchalik yaxshi tayyorganligi, uning iktisodiy, ijtimoiy, ekologik jixatdan qanchalik maqsadga muvofiq ekanligi, kreditning maqsadligi va uning bank, qarz oluvchi, alohida ijtimoiy qatlamlar, tarmoq, xudud uchun ahamiyatli ekanligiga muhim e'tibor qaratish zarur. Ijobiy baholash kredit mahsulotlari yuzasidan muhim qarorlar qabul qilishning o'tish imkonini beradi. Bu jarayon bevosita mijozning kreditga layoqatliligini, moliyaviy ahvolini va pul mablag'lari xarakatini baholashga imkon beradi. Yakuniy jarayon albatta kredit shartnomasini rasmiylashtirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon tezkor kredit monitoringini olib borishni nazarda tutadi. Uning asosiy maqsadi muammoli kreditlarni aniqlash va ularni undirish choralarini ko'rishga qaratilgan. Download 51.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling