Mavzu m Reja


Download 1.2 Mb.
bet1/10
Sana20.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1628114
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu (1)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja


Bojxona ishini tashkil etish va boshqarish asoslari



Bojxona ishini tashkil etish va boshqarish asoslari




2
MAVZU
m




Reja:




2.1 Bojxona organlari tizimi va tuzilmasi


2.2 Bojxona komplekslari va hodimlari tarkibi


2.3 Bojxona organlarining intizomiy ustavi


2.4 Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi





Asosiy tushuncha va atamalar
Bojxona ishi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bojxona organlari, Bojxona xizmati, Bojxona komplekslari va hodimlari, Bojxona organlarining intizomiy ustavi, Umumiy qoidalar
Boshliqlarning rag‘batlantirish, Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga rag‘batlantirishlar,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi.




2.1

Bojxona organlari tizimi va tuzilmasi.
Bojxona ishi O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o‘tish, boj to‘lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi va shartlaridan hamda bojxona siyosatini amalga oshirishning boshqa vositalaridan iboratdir.
Bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasining yagona bojxona siyosatini amalga oshirish va iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish maqsadida tuziladi.
Bojxona organlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi qonunga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga amal qiladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, bojxona postlari, Oliy harbiy bojxona instituti, shuningdek Jahon mintaqaviy kinologiya markazi bojxona organlaridir.




Bojxona organlari qonun xujjatlariga muvofiq o‘z faoliyatini davlat xokimyati mahalliy organlaridan mustaqil tarzda amalga oshiradilar. Bojxona organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi shart. Bojxona organlari xuquqni muxofaza qiluvchi organlar hisoblanadi va davlat byudjeti mablag‘laridan ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi bilan bitilgan muhrga ega.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling