Mavzu: Mehmonxonaning kirish qismida mijozlarga xizmat ko’rsatish Mundarija: I. Kirish II
Download 95.07 Kb.
|
saodatjon
Mavzu: Mehmonxonaning kirish qismida mijozlarga xizmat ko’rsatish Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism 2.1. Mehmonxona xizmatlarining turlari 2.2. Mehmonxonani qabul qilish xizmati.2.3. Mehmonxonalarda mijozlarni qabul qilish va joylashtirishni tashkil etishIII. Iqtisodiy qism IV. Atrof muhit va mehnat muhofazasi V. Xulosa VI. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati I. Kirish Respublika hududida mehmonxona xizmati ko‘rsatish qoidalari: bron qilish, tashrif buyuruvchilarni rasmiylashtirish, nikoh munosabatlaridan qat'i nazar joy berish, bepul xizmatlar doirasi va boshqalarni belgilovchi namunaviy nizom qabul qilindi. Hujjatda joylashtirish vositalari: mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, xostellar, oilaviy mehmon uylari, o‘tov va palatkali oromgohlar, sanatoriylar va vaqtincha yashash xizmatlarini ko‘rsatadigan boshqa obektlar, sh.j. tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish tartibi belgilangan. Mehmonxona xizmatlarining hajmi va sifatiga doir talablar, qonun hujjatlarida boshqa talablar nazarda tutilmagan bo‘lsa, bajaruvchi (mehmonxona xizmatlarini taqdim qiluvchi tadbirkorlik sub'yekti) va tashrif buyuruvchi (buyurtmachi)ning kelishuviga binoan belgilanadi. Nomer (joy) narxi bajaruvchi tomonidan mustaqil belgilanadi. Nizomda belgilanishicha, mehmonxona xizmatlari yashash joyi (propiska), fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qat'i nazar ko‘rsatilishi lozim. Tashrif buyuruvchining kelish vaqtidan boshlab uning ketishigacha bo‘lgan muddatda u band qilgan nomerga (joyga) turar joy daxlsizligi to‘g‘risidagi qoidalar tatbiq etiladi. Joylashtirish vositasi mijozni tanishtirishi shart bo‘lgan ma'lumotlarning aniq ro‘yxati belgilandi. Ular: • bajaruvchi to‘g‘risidagi ma'lumotlar, xususan, uning nomi, manzili, bog‘lanish uchun telefon raqami, elektron pochta manzili; • mehmonxona xizmatlari uchun muvofiqlik sertifikati nusxasi yoki mehmon uylari va xostellar reyestridan ko‘chirma; • nomerlar (joylar) narxi va unga kiradigan mehmonxona xizmatlari ro‘yxati, shuningdek alohida to‘lov evaziga ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlar; • imtiyoz olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifasi ro‘yxati va b. Barcha ma'lumotlar tanishish uchun qulay bo‘lgan joyda, masalan, qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish joyida (resepshen), rasmiy veb-saytida (agar mavjud bo‘lsa) va h.k. joylashtiriladi. Bundan tashqari, joylashtirish vositalari xizmatlardan foydalanishga doir o‘z ichki qoidalarini ishlab chiqishlari va ularni har bir nomerda joylashtirishlari shart. Download 95.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling