Mavzu: Musiqa madaniyat darslarida didaktik tamoyillar haqida ma’lumot Reja


Download 27.59 Kb.
bet1/7
Sana11.10.2023
Hajmi27.59 Kb.
#1697798
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Musiqa madaniyat darslarida didaktik tamoyillar haqida ma’lumot


Mavzu: Musiqa madaniyat darslarida didaktik tamoyillar haqida ma’lumot
Reja:

1.Musiqa darslarida umumdidaktik prinsiplar.


2.Onglilik va faollik, ko‘rgazmalilik, ilmiy davomiylik va izchillik prinsiplarini musiqa madaniyati darslarini rejalashtirishdagi ahamiyati.
3.Emotsionallik va onglilikning birligi, badiiy va texnikaning birligi prinsiplari.
4.Musiqaviy qiyofa va intonatsiya birligi prinsiplari.

Musiqa madaniyati darslari pedagogikaning didaktik nazariyasi va tamoyillari asosida tuziladi. Didaktik prinsiplar o‘qitish ishlarini tashkil etishda tarbiyachi amal qiladigan asosiy qoidalardir.


Didaktik” iborasi - grekcha «didaktikos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «o‘rgatuvchi» ma’nosini bildiradi. Didaktik yondoshuvlar birinchi marta buyuk chex pedagogi Yam Amos Komenskiy tomonidan XVII asrda yozilgan «Velikaya didaktika ili kak vsex uchit vsemu», ya’ni «Ulug‘ didaktika yoki hammani hamma narsaga qanday o‘ratish kerak» kitobida ifodalab berilgai edi. O‘sha vaqtdayoq Komenskiy o‘kitishning tushunarlilik, tizimlilik va izchillik yondoshuvini, konsentrlilik, ya’ni bosqichlilik, ko‘rsatmalilik, faollik va boshqalarni ilgari surgan edi. O‘yin-buyumli predmetli va ijtimoiy voqelikda harakat qilish, uni anglashga yo‘naltirilgan jarayondir. U o‘zining kelib chiqish, yo‘nalish va mazmuniga ko‘ra ijtimoiy voqelik hisoblanadi. O‘yin bu bola faoliyatining yorqin turi. Unda maqsadning mavjudligi, sabablar, amalga oshirish vositalarining reja harakatlari, natijaning mavjudligi uning o‘ziga xosligidir. O‘yin jarayonida bolaning psixik bilish jarayoni, irodasi, hissiyoti, ehtiyoji va qiziqishlari, ta’sirchanligi uning butun shaxsiyati shakllanishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bola o‘yinda o‘zining bevosita ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqadi. Bolalarning o‘yinlari o‘zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. O‘yin o‘z mazmuni va tashkil etilishi, bolalarga ta’sir ko‘rsatish darajasi, buyumlarning turlari hamda kelib chiqishiga ko‘ra ijodiy va qoidali o‘yinlarga bo‘linadi. Ijodiy o‘yinlar bolalarning mustaqil, ijodiy, o‘zlari o‘ylab chiqqan o‘yin majmuidir. Bunda ular o‘z taassurotlari, borliq hayotdagi tushunchalari va unga bo‘lgan o‘z munosabatlarini aks ettiradi. Ijodiy o‘yinlar quyidagi turkumlarga bo‘linadi, ya’ni syujetli-ijroli, dramalashtirilgan, qurilish, tabiat ashyolari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar.
Mazkur tamoyillar o‘qituvchi hamda o‘quvchi tomonidan bajariladigan barcha ta’lim asoslari dars mazmunini metodlari va darslarning tuzilishidagi asosiy talablar, uning yo‘nalishlarini belgilab beradi. Musiqa madaniyati darslarining didaktik tamoyillari besh turdan iborat:

  1. Musiqa ta’limi va tarbiyasida sistemalilik, ilmiylik va davomiylik tamoyili.

  2. Darsda o‘quvchilarning onglilik va faollik tamoyili.

  3. Musiqa madaniyati darslarida ko‘rgazamalilik tamoyili.

  4. O‘quv qo‘llanmalarining bolalar bilim va malakalariga mosligi tamoyili.

  5. Musiqa darslarida bilim va malakalarning mustahkamligi tamoyili.

Mazkur tamoyillar asosan o‘quv qo‘llanmalarini qo‘llash, musiqa darsini mazmunini va rejasini tuzish jarayonida qo‘llaniladi. Yuqorida qayd etilgan umumdidaktik tamoyillar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, musiqa darsini davlat ta’lim standartiga muvofiq, milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda, uzluksizligini va uzviyligini asos qilib musiqa faoliyatini izchilligini ta’minlaydi.

Download 27.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling