Mavzu: To`yingan va to`yinmagan uglevodorodlar. Reja. Тo`yingan metan qatori uglyevodorodlari (alkanlar). Yopiq halqali to`yingan uglevodorodlar


Download 29.11 Kb.
bet1/5
Sana08.02.2023
Hajmi29.11 Kb.
#1177628
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu1


Mavzu: To`yingan va to`yinmagan uglevodorodlar.
Reja.
1. Тo`yingan metan qatori uglyevodorodlari (alkanlar).
2. Yopiq halqali to`yingan uglevodorodlar.
3. To`yinmagan etilen qatori uglevodorodlari (alkenlar).
4. To`yinmagan atsetilen qatori uglevodorodlari (alkinlar).
5. To`yinmagan diyen qatori uglevodorodlari (alkadienlar).

.
1. Тo`yingan metan qatori uglyevodorodlari (alkanlar).
Uglevodorodlar–ikkiтa elementdan–uglyerod bilan vodoroddan tarkib topgan eng oddiy organik birikmalardir. Tarkibi umumiy CnH2n+2 formula bilan ifodalanadigan (bunda n-uglyerod atomlarining soni) birikmalar to`yingan uglevodorodlar yoki alkanlar (xalqaro nomi) deyiladi. Alkanlar parafinlar ham deyiladi.
CH4 – metan C6H14 geksan
C2H6 – etan C7H16 geptan
C3H8 propan C8H18 oktan
C4H10 butan C9H20 nonan
C5H12 pentan C10H22 – dekan
Gomologik qatorda uglevodorodlar fizikaviy xossalarining asta-sekin o`zgarishi kuzatiladi: qaynash va suyuqlanish haroratlari ko`tariladi, zichliklari ortadi. Odatdagi sharoitda (ТQAYNASH=22 0C) qatorning dastlabki to`rtta a`zosi–gazlar, C5H12 dan C16H34 gacha–suyuqliklar, C17H36 dan boshlab–qattiq moddalar.
Alkanlarning hammasi vodorodga batamom (maksimal) to`yingan. Ularning uglerod atomlari sp3–gibridlanish holatida, demak oddiy (birlamchi) bog`lanishli bo`ladi.
Alkanlarning nomenklaturasi. Alkanning uglerod zanjiri tarmoqlanmaganligini ta`kidlash uchun ko`pincha normal (n-) so`zi qo`shilladi, masalan: CH3-CH2-CH2-CH3 n–butan
Alkan molekulasidan vodorod atomi ajralganda uglevodorod radikali (qisqacha R) deyiladigan bir valentli zarrachalar hosil bo`ladi. Bir valentli radikallarning nomi uglyevodorod nomidagi –an qo`shimchani –il qo`shimchaga almashtirib hosil qilinadi. Masalan:
CH4 metan CH3 metil C6H14 – geksan C6H13 geksil
C2H6 – etan C2H5 – etil C7H16 geptan C7H15 geptil
C3H8 propan C3H7 propil C8H18 oktan C8H17 oktil
C4H10 butan C4H9 butil C9H20 nonan C9H19 nonil
C5H12 pentan C5H11 pentil C10H22 dekan C10H21 detsil
(amil)
Uglevodorod molekulasidan ikki atom vodorod olinganda ikki valentli radikallar hosil bo`ladi. Agar vodorod atomlari bitta uglrod atomidan tortib olingan bo`lsa –an qo`shimcha –iliden yoki agar vodorod atomlari ikkita qo`shni uglerod atomidan tortib olingan bo`lsa –an qo`shimcha –ilen qo`shimchaga almashtiriladi. Radikal CH2= metilen deyiladi.
Izomerlarni nomlash uchun ikki xil nomenklaturadan ko`p foydalaniladi: eski–ratsional va yangi– o`rinbosar (sistematik yoki xalqaro) nomenklatura.
Ratsional nomenklaturaga ko`ra uglevodorodlar metanning bitta yoki bir nechta vodorod atomlari o`rnini radikallar olgan hosilalari sifatida qaraladi. Agar formulada bir xil radikallar bir necha marta takrorlanadigan bo`lsa, u holda ular grek sonlari bilan ko`rsatiladi: di–ikki, tri–uch, tetra–to`rt, penta–besh, geksa–olti, masalan:
CH4 CH3CH2CH3
metan dimetilmetan (propan)
O`rinbosar nomenklaturaga ko`ra uglevodorod nomiga bitta uglerod zanjiri asos bo`ladi, molekulaning qolgan barcha qismlari o`rinbosarlar sifatida qaraladi.
CH3CH2CH2CH2CH2CH3 CH3CHCH2CH2CH3
n – geksan CH3 2 – metilpentan
Olinishi. Laboratoriya sharoitida:
CH3COONa + NaOH  Na2CO3 + CH4
Al4C3 + 12H2O  4Al(OH)3 + 3CH4
Sanoatda: C + 2H2  CH4 CO + 3H2  CH4 + H2O
2C2H5Br + 2Na  C2H5C2H5 + 2NaBr
nCO + (2n+1)H2  CnH2n+n + nH2O
Alkanlarning fizik–kimyoviy xossalari: alkanlarning xossalari metan misolida ko`rib chiqiladi. Metan–rangsiz va hidsiz gaz, havodan yengil, suvda kam eriydi. Mr (CH4)=12 + 14 = 16 g/mol.
1) CH4 + 2O2  CO2 + 2H2O

Download 29.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling