Mavzu: Tuzlar gidrolizi va sanoatdagi ahamyati


Download 103.03 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi103.03 Kb.
#1568966
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu

Mavzu:Tuzlar gidrolizi va sanoatdagi ahamyati


Reja:

  1. Tuzlarning gidrolizlanishi.

  2. Gidrolizlanish darajasi formulasi

  3. Gidroliz sanoati

  4. Gidroliz sanoati chiqindilari



Tuzlarning gidrolizlanishi. Erigan tuz ionlarining suvning H+ va OH— ionlari bilan kimyoviy ozaro tasirlashib, muhitning pH ini o‘zgartirishi tuzlarning gidrolizlanishi deyiladi.
Tuzlar gidrolizlanganda suvning dissotsilanishidagi ion muvozanati siljiydi. Natijada ko‘pchilik tuzlarning eritmalari kislotali yoki ishqoriy muhitga ega bo‘lib qoladi.

  1. Kuchsiz asos bilan kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuz. Bunga ammoniy xlorid misol bo‘la oladi, u suvda NH4 + va Cl— ionlariga dissotsilanadi. Bu tuzning gidrolizlanishini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: NH4Cl+H2O= NH4OH + HCl yoki ionli ko‘rinishda

NH4(+)+H2O = NH4 OH +H(+) NH4(+) ionlari suvning OH— ionlari bilan birikib, kam ionlanuvchi ammoniy gidroksid hosil qiladi. Cl— ionlari suvning H+ ionlari bilan birikmaydi, chunki xlorid kislota kuchli elektrolitdir. Natijada eritmadagi H+ ionlarining konsentratsiyasi OH— ionlarining konsentratsiyasidan ortib ketadi. Bunday eritma kislota xossalariga ega bo‘ladi; uning pHi 7 dan kichik. Masalan, NH4Cl 0,1 M eritmasining pHi 5,3 ga teng. Kuchsiz asos hamda kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlarning eritmalari kislotali muhitga ega bo‘ladi. Kuchli kislota va kuchsiz ikki yoki ko‘p atomli asosdan hosil bo‘lgan tuz bosqich bilan gidrolizlanadi. Masalan, aluminiy xlorid suvda eritilganda, tuz birinchi bosqichda quyidagicha gidrolizlanadi: AlCl3 + H2OÄ A1 (OH)Cl2 + HCl yoki ionli ko‘rinishda Al3+ + H2O Ä AlOH2+ + H+ Eritma juda suyultirilganda, gidroliz qisman ikkinchi bosqichda borib, A1(OH)2Cl hosil qiladi:
Al(OH)Cl2 + H2O Ä Al(OH)2Cl + HCl yoki ionli shaklda Al(OH)2+ + H2O Ä Al(OH)2 + + H+ Uchinchi bosqichda eritmada protsessning chapdan o‘ngga borishi uchun yordam beradigan vodorod ionlari miqdori ko‘payib ketganligi uchun tuz bu bosqichda gidrolizlanmaydi va aluminiy gidroksid hosil qilmaydi.

Download 103.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling