Maxsulot tannarxi tarkibi va bahoni shakllantirish maqsadida uning turlari. Kirish


Download 208.25 Kb.
bet1/6
Sana23.03.2023
Hajmi208.25 Kb.
#1288259
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maxsulot tannarxi tarkibi va bahoni shakllantirish maqsadida uning


Maxsulot tannarxi tarkibi va bahoni shakllantirish maqsadida uning turlari.
Kirish

  1. Maxsulot ishlab chiqarish hamda sotish harajatlari ,ularning turkumlasnishi va tannarx tushunchasi.

  2. Xarajatlarning turkumlanishi va bаhoni shаkllаntirish buyichа boshqаruv qаrorlаri qаbul qilish

  3. Buxgalteryada tannarxga oid bazi o’tkazmalar va korxonalarda xarajatlarni tejash va mahsulotlar tannarxini pasaytirish yo‘llari.

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonaning asosiy maqsadi foyda olishdir. Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish korxonadagi ishlab chiqarish xarajatlarining miqdori va korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga bo’lgan talab bilan chegaralangandir.


Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy sharti bo’lib, shu bilan birga taklif hajmiga ta’sir etuvchi asosiy omildir. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish, uning tarkibini tahlil etish korxona samaradorligini oshirish, uni oqilona boshqarishining muhim shartlaridan biridir. Xarajatlar masalasiga iqtisodiyot nazariyasidagi mavjud yondashuvlarni ko’rib chiqaylik. Qiymat nazariyasi tarafdorlari fikriga asosan, ishlab chiqarish xarajatlarini tovar ishlab chiqarishga sarflar (ish haqi, xom ashyo, yoqilg’i, mehnat qurollarining amortizatsiyasi) sifatida talqin etgan. Undan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga u savdodagi xarajatlarni ham qo’shgan. Birinchi xil xarajatlarni ular ishlab chiqarish, ikkinchi xilini esa muomala xarajatlari deb atagan. Bunda ular bozordagi ahvol va boshqa hollarni e’tiborga olgan. Qiymat nazariyasi tarafdorlari tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etadi degan fikrni ilgari surgan.
Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi xarajatlar tasnifiga boshqacha yondoshadi. Unda resurslarning chegaralanganligi, noyobligi va ulardan alternativ foydalanish nazarda tutiladi. Resurslardan alternativ foydalanish deganda daraxtdan mebel, qurilish materiali, qog’oz va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlari tushuniladi. Bunga ko’ra, ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan biron-bir resursning iqtisodiy xarajatlari tovar ishlab chiqarish uchun eng oqilona ishlatish usuli qiymatiga teng. Resurslarning chegaralanganligi sababli har doim ishlab chiqarishni tashkil etish, tanlash muammosi oldida turadi. Tanlash bir vaqtining o’zida biror-bir narsadan voz kechishni anglatadi.
Korxonalar turli mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlarni bajarish uchun moddiy, pul va mehnat xarajatlarini amalga oshiradilar. Masalan, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, asosiy vositalarning eskirish qiymati, xodimlarning mehnatlariga to‘langan haqlar, soliqlar, mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar va boshqalar.




  1. Download 208.25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling