Maxsus tarix fanidan


Download 147.88 Kb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi147.88 Kb.
#1612687
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Markaziy davlat arxivi faoliyati

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI
TARIX KAFEDRASI

MAXSUS TARIX FANIDAN



KURS ISHI

MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY DAVAT ARXIVI FAOLIYATI




BAJARDI: _________ Xudoshukurova Sohiba
ILMIY RAHBAR: _________ Matnazarova Mohira

URGANCH- 2023




Kirish.
I BOB. Markaziy davlat arxivi faoliyati
1.1.O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati.
1.2.O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxivida saqlanayotgan fondlari.
II BOB. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxividagi shaxsiy fond hujjatlarining tavsifi.
2.1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxivining ichki tuzilishi va strukturasi.
2.2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlarning tegishliligi.

III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxivi O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligining 1958-yil 20-noyabrda 759-son qarori asosida, 1931-yildan faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi va markaziy davlat tarix arxivining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxivida saqlanayotgan qimmatbaho hujjatlarning soni va mohiyati jihatdan O‘rta Osiyo respublikalari Markaziy davlat arxivlari ichida eng yirigidir. Unda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, to hozirgi kunimizgacha bo‘lgan ko‘p sonli hujjatlar saqlanmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxivirespublika miqiyosidagi muassasa hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga bo‘ysunadi. O‘zR MDA arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya va ular bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator fanlar sohasida respublikada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar bo‘yicha markaz sanaladi.
Bugungi kunda arxivda 3 mingdan ziyod fondlar saqlanib, ulardan 200 tasi fuqarolarning shaxsiy fondlaridir. Umumiy holda 2 miliondan ortiq saqlov birligida hujjatlar saqlanadi. Mazkur hujjatlarda O‘zbekiston tarixining turli davrlarga oid masalalar yoritilgan bo‘lib, ularning o‘ta qimmatlilari vaqf hujjatlari hisoblanadi. Vaqf hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning eng qadimiysi IX asrga oid. Arxiv ma’lumotlarini bosmadan chiqarish say-harakatlari 1922-yilda “Qizil arxiv” deb nomlanuvchi jurnalning nashr qilinishi bilan boshlangan. Uning birinchi galdagi vazifasi hech qanday yashirin sirning yo‘qligini ko‘rsatish edi. Jurnalda imperiyadagi mavjut korrupsiya va tengsizliklarni takidlaydigan izohlar bilan birgalikda chor Rossiyasi hujjatlari ham nashr qilingan. Ba’zi maqollalar esa masxara qilish uchun nashr qilingan. O‘rta Osiyo qo‘zg‘olonining yigirma yilligiga bag‘ishlangan, 1936-yilda nashr qilingan maqolada Farg‘ona viloyat harbiy gubernatori general-letenant Gippiusning tartibsizliklarni bostirish yo‘lidagi say- harakatlari aks ettirilgan. Chor Rossiyasi amoldorlari yuritgan hujjatlarga qaraganda Gippius musulmonlar chopon do‘ppisini kiyib, Qur’onni o‘qishdan oldin uni o‘pgan. Bu hol tuzum tarafdorlarini ruhlantirgan. Ammo, arxiv hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlarning turli talqinlari mavjut: bundan ko‘zlangan maqsad tuzumning oddiyligini emas, balki Qur’onni o‘qiyotgan gubernator rolini ko‘rsatish bo‘lgan.

Download 147.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling