Мени шундай яратган


Download 259.5 Kb.
bet1/4
Sana03.01.2023
Hajmi259.5 Kb.
#1076120
  1   2   3   4
Bog'liq
МЕНИ ШУНДАЙ ЯРАТГАН






МЕНИ ШУНДАЙ ЯРАТГАН
Бинафшахон, бинафша,
Ўзинг -жуда эркасан.
Лекин нега доимо,
Ерга бошинг эгасан?!
- Тўғри айтдинг дугона ,
Эркалигим биламан
Мени шундай яратган
Ерга таъзим қиламан.


ГУЛЗОР
Эй, она юрт бағрингда,
Ўйнаб кулар чоғимиз.
Турфа рангли гулларга,
Тўлсин Ватан- боғимиз
Ватаним зўр боғ бўлгин,
Биз-чи гулдек ўсайлик.
Сенинг хур жамолинга,
Ўз хиссамиз қўшайлик!
Қуёш кулсин чарақлаб,
Боғимз нурга тўлсин!
Ватан деган гулзорда,
Хамиша бахор бўлсин!!!
Нажимова Дилнавоз
Чирчиқ шахри


YURT MADHI
Xar baxorda o’lkamning,
Bo’y qo’shilar bo’yiga,
Keling bugun yurtimning ,
Navqironlik to’yiga,
Yuzga kirgan bobolar
Kurashda doim g’olib.
Dorboz o’ynar falakda
Yurakka hayrat solib.
Yilni qilsak sarhisob,
Har kun o’tar baxt bilan.
Nishonlaymiz bayramni,
Butun millat, xalq bilan.
Iftixorni yurakka,
Nishon qilib qadaymiz.
Dildagi navolarni,
Barin senga ataymiz.
Najimova Dilnavoz
Chirchiq shahri


QALDIRG’OChNING VATANI
Kuz kelganda qaldirg’och ,
Ucharkan janub tomon.
Ammo qadrdon uyin,
Sog’inar ekan yomon.
Bahor kelsa bog’larga ,
Qaldirg’och ham qaytarkan.
Yo’l-yo’lakay vijirlab,
Vatan kuyin aytarkan.
Izlab o’z qo’rg’onini,
Tinim bilmay uchar u.
Kaftdekkina inini
Jannatim deb quchar u.
Sog’inganda axir u
Kulcha nonning isini.
Hattoki qaldirg’och ham
Anglar vatan hissini.


Najimova Dilnavoz
Chirchiq shahri


***
Sochlarimni siypalab shamol,
Dedi menga:O’zi qandoqsan?
Qaydan olding buncha sho’xlikni.
Sababin ayt nega quvnoqsan?
Assalomdan boshladim so’zni,
Boshda do’ppi, atlas libosim.
Dedim: Ko’ring men o’sgan yurtni,
Dunyo ichra yo’qdir qiyosi.
Istiqlolning karvoni bo’lib,
Yo’lga chiqdik buyuklik sari.
Bizni qo’llar bobolar ruhi,
Boshimizda baxt kabutari.
Buyuk shaxslar beshigi bo’lmish,
Ushbu zamin, sharqning qiziman.
Qo’li ochiq tanti, mehnatkash
O’ZBEK degan xalqning qiziman.
Baxt gulzorin niholi bo’lib,
O’sdim gulga to’lgan chamanda.
Quvonchim va baxtim boisi-
Tug’ilganman shunday vatanda!



Download 259.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling