Modul Pnevmoniyalar


Download 49.06 Kb.
bet1/10
Sana20.12.2022
Hajmi49.06 Kb.
#1035731
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nazariy 27


Modul 7. Pnevmoniyalar



  1. Pnevmoniyalar. Epidemiologiyasi. Rol ekologii v razvitii pnevmoniy. Klassifikatsiyasi. Patogenezi. Qo‘zg‘atuvchi bilan bog‘liq patogenetik xususiyatlari.

  2. Klinik manzarasi.

  3. Klinik-laborator va instrumental simptomatikaning xususiyatlari.

- birlamchi bakterial pnevmoniya
- fridlender pnevmoniyasi
- o‘choqli
-stafilokokkli
- streptokokkli
- ko‘k yiring tayoqchasi chaqirgan
- gemofil tayoqcha chaqirgan
- legionellali
Pnevmoniy
Pnevmoniya – turli xil etiologiyali va patogenezli, morfologik ko‘rinishi hamda klinik kechishi bo‘yicha infeksiyaga bog‘liq o‘tkir (asosan bakteriyali) kasallik bo‘lib, o‘pkani respirator bo‘limi shikastlanishi, alveola ichi va interstitsial to‘qimalarning eksudativ yallig‘lanishi bilan xarakterlanadi. Kasallikga yukuniy tashhis ko‘krak qafasi rentgengenografiyasida patologik jarayon mavjudligi tasdiqlangandan so‘ng qo‘yiladi .
Etiologiyasi. Pnevmoniyaning asosiy qo‘zg‘atuvchilari grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, hujayra ichi patogenlari, kamdan-kam hollarda zamburug‘ va viruslardir. Yoshlarda pnevmoniyani bitta qo‘zg‘atuvchi keltirib chiqarsa (monoinfeksiya), yoshi kattalar va yondosh kasalligi borlarda bir nechta qo‘zg‘atuvchilar (miksiinfeksiya) chaqiradi.
Tasnifi. Pulmonologlarning Yevropa hamda Amerika torakal jamiyati va V xalqaro kongressida (Moskva, 1995) klinik-morfologik, patogenetik xususiyatlari, epidemiologik jarayonlarni va qo‘zg‘atuvchiga qarshi antibiotiklarni empirik tanlash hamda shifokorlarga qulaylik tug‘dirish maqsadida pnevmoniyaning quyidagi ishchi tasnifi taklif etilgan va amaliyotda qo‘llanilib kelinmoqda.
1. Kasalxonadan tashqari (sinonimlari – uy, ambulatoriya, birlamchi) pnevmoniya.
2. Kasalxona ichi (sinonimlari – nozokomial, gospital, ikkilamchi) pnevmoniya. Bemor kasalxonaga tushgandan 48-72 soatdan keyin rivojlanadi va bu shakli 10-15% ni tashkil etadi. Ammo o‘lim 30-50% hollarda kuzatiladi.
3. Atipik pnevmoniya – hujayra ichi qo‘zg‘atuvchilari (legionella, mikoplazma, xlamidiya) keltirib chiqaradi.
4. Immun tanqisligi (tug‘ma immunodefitsit, OIT-infeksiyasi) pnevmoniyasi.
Bu tasnif hozirgi kunga qadar keng qo‘llanilib, o‘zini oqlab kelmoqda. Chunki bemordan anamnez yig‘ib va klinik tekshirish o‘tkazilgandan so‘ng darhol tanlov antibakterial davoni boshlash imkonini beradi.
Bundan tashqari tashxis qo‘yganda kasallikning qo‘zg‘atuvchisi (iloji bo‘lsa), jarayonning joylashishi, og‘irlik darajasi, asorati, shu bilan birga nafas va qon aylanishi yetishmovchiligi, fon, raqobatdosh va yondosh kasalliklar ko‘rsatilishi kerak.

Download 49.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling