NOBANK KREDIT-MOLIYA INSTITUTLARI - Nobank kredit-moliya institutlari – bu rasman bank emas (bank litsenziyasiga ega emas), ammo asosiy faoliyati moliyaviy hizmatlar ko`rsatish bo`lib, ko`p jihatdan banklarnikiga bog’liq va muqobil hisoblanadi. Shuning uchun nobank kredit-moliya institutlari ko`plab ingliz tilidagi adabiyotlarda banklarga asosiy raqobatchi deb aytiladi va bular: kredit kooperatsiyalari, lombardlar, lizing va faktoring kompaniyalari va boshqalardir.
- Bir tomondan, professiyonal rieltorlar o`rtachiligida ko`chmas mulkka investitsiya qo`yish mumkin bunga banklarning qo`yilmalarini ham kiritamiz. Boshqa tomondan esa, banklarning ko`chmas mulk bozoriga kirib borishlari mumikin. Rossiyalik ekspertlarning fikriga qaraganda hozirgi kunda bu bozorda tijorat banklarining ishtiroki ancha sezilarli darajada oshgan(ilgarilari bunga deyarli ruhsat yo`q edi), va hozirda bozorda katta kreditlar investitsiyasi bilan shug’ullanadigan rieltorlik firmalari mavjud. Moliya bozorining boshqa nobank kredit-moliya institutlari: emitentlar, investorlar va investitsion institutlar ham investitsion hizmatlar ko`rsatishda raqobat qilishadi.
- Nazariy olib qaraganda, yuridik va jismoniy shaxslardan bozorga moliyavey manbalarni jalb qilish borasida qimmatli qog’ozlarning istalgan emitenti tijorat banklariga raqobatchi deb qaralishi mumkin, chunki ular bozordagi investitsion hizmatlar taklifini oshirishadi, biz uni qaysikim banklarniki deb hisoblaymiz. Ammo bu asosan uzoq muddatli majburiyat (obligatsiya, veksel v.b.) emitentlariga tegishli, shu bilan birgalikda ishlab shiqarish korxonalari va tashkilotlarning aksiya emissiyasi ham bozordagi nafaqat taklifning ortishiga, balki banklarning aynan (emissiya tashkilotlari birlamchi bozorga qimmatli qo`gozlarni joylashtirish emitentlari) ning hizmatlariga talabning ortishiga olib keladi.
- Соҳалар бўйича 2021 йилда тузилган битимлар миқдори (“Тошкент” РФБ)
Do'stlaringiz bilan baham: |