Muhayyo hakimova semasiologiy a


Download 185 Kb.
bet1/12
Sana10.01.2023
Hajmi185 Kb.
#1087187
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Semasiologiya lotin


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAHUSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

MUHAYYO HAKIMOVA


S E M A S I O L O G I Y A

TOSHKENT - 2007


«Semasiologiya» o’quv qo’llanmasi o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi bo’yicha ta'lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan.
Qo’llanma semasiologiya kursini o’z ichiga olgan bo’lib, o’quv dasturiga mos ravishda yozilgan.
Qo’llanmada semasiologiyaning maqsad, vazifalari, leksik semantika, Nizomiy nomidagi TDPU Ilmiy kengashining 2007g'yil qarori bilan nashrga tavsiya ztilgan.

Taqrizchilar:


H.Shamsiddinov O’zMU professori, filologiya fanlari doktori

R. Yunusov Nizomiy nomidagi TDPU professori, filologiya fanlari nomzodi


Muharrir: o’qituvchi N.Ahmedova




BIRINCHI BOB. SEMASIOLOGIYA VA UNING SHAKLLANISHI
1. Semasiologiya tilshunoslikning ma'no haqidagi sohasi.
Tilning turli sathlaridagi birliklarning ma'nosini tadqiq ztish semasiologiyaning vazifasi hisoblanadi. Lisoniy ma'no, ya'ni til birliklari anglatayotgan ma'no zsa uning o’rganish predmeti sanaladi. Demak, semasiologiya til birliklarining ma'nosini, ularning nimani ifodalashini, nimani anglatishini tadqiq qiladi.
Til nutq hosil qiluvchi sistema sifatida ma'no tashish uchun yashaydi. Ushbu ma'nolarning mohiyati, turlari, va tuzilishi, ma'noning til sathlari birliklariga biriktirilganlik darajasi, sath birliklari o’rtasidagi ma'no taqsimoti, shu nuqtai nazardan tillarning o’hshash va farqli tomonlari, ma'nolarning birikib murakkab mazmun hosil qilishlari kabilarni o’rganish semasiologiyaning asosiy vazifalaridan sanaladi .
Tilshunoslikning leksikologiya, grammatika bo’limlarida ham til birliklarining ma'nosi o’rganiladi. Bu bo’limlarda ma'no shakl bilan birga, uning funktsiyasi sifatida tadqiq qilinadi. Semasiologiyada zsa lisoniy ma'no alohida mohiyat sifatida o’rganiladi.
Semasiologiya ham o’z navbatida umumiy va hususiy semasiologiyaga bo’linadi. Umumiy semasiologiya barcha tillar uchun umumiy bo’lgan ma'no nazariyasini, ma'no turlarini, semantik strukturaning umumiy tomonlarini o’rgansa, hususiy semasiologiya aniq bir tilning ma'no hususiyatlarini o’rganadi. Semasiologiya barcha til birliklarining ma'nosini o’rganar zkan, uning ichki tuzilishi til strukturasini aks ztiradi. Rus semasiologi Nikitin semasiologiya sohasini ma'noning umumiy nazariyasi va tipologiyasidan tashqari quyidagi qismlardan iborat zkanligini aytadi :
Fonosemasiologiya yoki fonosemantika. Bu semasiologiyaning yangi va ko’p tortishuvg'munozaralarga sabab bo’luvchi bo’limidir. Fonosemantikada fonetik birliklar g' fonemalarning ma'no hususiyatlari o’rganiladi. Ma'lumki, fonemalar boshqa til birliklaridan farqli o’laroq bir planli, ya'ni faqat shakl, ifoda planiga zga birliklardir. Fonemalar morfema yoki leksema ma'nosini farqlar zkan, o’zi ma'noli birlik zmas. Fonemalar aniq bir ma'no bilan bog’liq bo’lmaydi. Lekin ayrim hollarda, ma'lum sharoitlarda bir tovush yoki tovushlar kombinatsiyasi muayyan ma'no bilan bog’langanligini (balki tasodifan) kuzatish mumikn. Bu holatlarga tovushga taqlid (vovg'vov, miyov, taraqg'turuq), parnonimiya, halq ztimologiyasi misol qilib ko’rsatiladi. Shu kabi holatlarni hisobga olib, fonemalarda ham ma'no plani mavjud degan tilshunoslar tomonidan fonosemasiologiya bo’limi shakllandi.
Morfema, so’z birikmasi, gap va matn til birliklarining ma'no hususiyatlari grammatik semasiologiyada tadqik qilinadi. Nikitin grammatik semasiologiyaning quyidagi turlarini ajratadi:
1. Kategorialg'grammatik semasiologiya. Bunda so’zlarning grammatik ma'nolari, so’z turkumlarining semantik aspekti kabilar o’rganiladi.
2. Morfologikg'grammatik semasiologiyada so’z shakllari ma'nosi tadqik qilinadi.
3. Funktsionalg'grammatik semasiologiya bitta umumiy kategorial ma'no ifodalovchi leksik, grammatik yoki turli sath birliklarining ma'nosini, ya'ni funktsionalg'semantik kategoriyalarni, maydonlarni tahlil qiladi.
4. Sintaktik sathdagi semasiologiya bilan mazmuniy sintaksis shug’ullanadi.
Leksik birliklar ma'nosi leksik semantikada, frazeologik birliklarning semantik hususiyatlari frazeologik semantikada tadqiq qilinadi. Ayrim hollarda leksik semantika termini lug’aviy ma'noli til birliklari bo’lmish ham leksema, ham frazemalar uchun birday qo’llanadi.
Semasiologiya aslida tilshunoslikning leksikografiya sohasi tarkibida uzoq o’tmishga zga. Shunday bo’lsag'da, semasiologiya tilshunoslikning alohida mustaqil sohasi sifatida 19g'asrning ohirlarida ajralib chiqdi. Hozirgi kunda tilshunoslikda «semasiologiya» termini bilan bir qatorda «semantika» termini qo’llanib kelmoqda. «Semasiologiya» atamasi Rayzig tomonidan qo’langan bo’lsa, «semantika» terminini frantsuz tilshunosi M.Breal tomonidan 1883 yilda fanga olib kirilgan.

Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling