Munojot asarini sharhlash


Download 48.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi48.84 Kb.
#1639469
  1   2   3   4
Bog'liq
Munojot asarini sharhlash



Munojot asarini sharhlash 
Adabiyotshunoslikda Alisher Navoiyning “Munojot” asari shoirning o‘zi 
tuzgan “Kulliyoti” uchun maxsus yozilgan so‘zboshi sifatida ham talqin etiladi. 
1991-yilda “Munojot”ni izohlab, tarjimalari bilan nashrga tayyorlagan Suyima 
Gʻaniyeva: “Munojot” mundarijasidan ma’lum bo‘ladiki, u “Kulliyot” so‘zboshisi 
emas, hayoti so‘ngida o‘z asarlaridagi ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va dunyoviy 
muddaolar, shaxsiyatidagi davr talablari, mafkurasiga munosabat haqida ko‘p fikr 
yuritgan shoirning botiniy hayajonlari, armon-o‘kinchlari birlashib, Olloh nazdida 
tavbalar qilish ehtiyojini yaratgan.
“Munojot” ana shunday iltijolar majmu’idan iborat. Unda mazmun bilan shakl 
uzviy bog‘liq. “Munojot” tili – teran tafakkur tili, his-tuyg‘ularga to‘la ruhiy holat 
tili. Mohiyatan esa, bu asar kelajak avlodlarga qaratilgandek. Inson o‘zligi, 
ma’naviy kamolot, iymon ustuvorligi, ezguliklar sari intilishga da’vat etuvchi asar 
bo‘lib, unda bu yo‘lda to‘siq bo‘luvchi ja’miki illatlarga qarshi turishni ham 
anglatadi”, deb yozadi.
Shuningdek, olima Navoiyning mazkur “Munojot”ining yozilishi sabablari haqida 
ham so‘z yuritadi: “Ma’lumki, Navoiy hayotining oxirida birmuncha yillar avval 
yuragi tubidan o‘rin olgan haj safari ishtiyoqi yana olovlanadi. U 1499-1500-yillar 
davomida bir necha marta bevosita va bilvosita – yaqinlari orqali Husayn 
Boyqarodan haj safariga izn so‘raydi. Har gal sulton avvaliga ijozat berar, lekin 
darhol o‘zi shaxsan shoir huzuriga tashrif buyurib, safarni qoldirishga ko‘ndirib 
qaytar yoxud eng nozik do‘stlarni oraga qo‘yib shoirni ahdidan qaytarishga 
muvaffaq bo‘lar edi.
Navoiyning “Vaqfiya”da yozishicha, “ikki orzu rishtasidan (biri haj, ikkinchisi – 
ijod – S.Gʻ.) o‘zgakim, girihi ko‘nglum pardasidin yechilmadi va ikki murod 
g‘unchasidin o‘zgakim, tuguni jonim gulshanidin ochilmadi... 
Menikim bu savdo nizor ayladi, 


Havas ilgida beqaror ayladi. 
Ne imonki, topqay qaror-u sukun, 
Birovkim, bu fikr etgay oni zabun”. 
Bu orzusi ro‘yobga chiqmasligiga ko‘zi yetgan chog‘larida Navoiy ruhiy 
azoblar girdobida qolar, har qanday rasmiy, norasmiy davlat yumushlari-yu madad 
istab keluvchilardan g‘oyat toliqar edi, albatta. “Munojot”dagi “Ilohi, emdi 
hamkim, barchadin kechmak xayolin qilurmen, o‘zlugum bilan kecha olmon yaqin 
bilurmen. Ilohi, andoqqi, bu balolarga solding, qutqor va andoqkim, bu ibtilolarga 
kiyurdung, chiqor”, deya iltijo qilishi shoirning yuqorida yodga olingan tushkun 
kayfiyatidan darak beradi. Shu bilan birga hammadan voz kechish mumkin va 
oson, lekin “o‘zlugi”dan kechish mutlaqo mumkin emas, bu aniq. Binobarin
“o‘zluk”ni muqaddas saqlamoqqa, uni tahlika va loqaydliklardan xalos etmoqqa 
intilish nihoyatda zarur, degan shoirning yuksak e’tiqodini yuzaga chiqaradi”. 
Hajga borish orzusi va davlat yumushlari, xalq xizmatidan ortib bu 
istagining amalga oshmasligini sezgan Navoiy barcha orzulari, iqror va tavbalarini 
munojot tarzida bitadi. “Munojot” muqaddima, hamd, na’t va munojot 
kabi tarkibiy qismlardan iborat. Asarning na’t qismida Navoiyning barcha 
asarlariga xos bo‘lgan, payg‘ambar alayhissalomga durudi salovat aytar 
ekan, “Ulki, kuntu nabiyyan va Odamu baynalmoi vattin”, ya’nikim, “Odam Ato 
suv bilan tuproq orasida bo‘lgan paytdayoq men payg‘ambar edim”, deya 
Muhammad 
alayhissalomning 
anbiyolarning 
muqaddami 
ekanini 
ta’kidlaydi. “Rahmatan lil-olamin va xotamun nabiyyin”, deya butun olamlarga 
rahmat etilgan va oxirgi payg‘ambarliklarini sifatlash asnosida Navoiy “habibi 
Hazrati Iloh Muhammad rasululloh sallallohi alayhi vasallamdur”, deya takror 
salovat aytadi. “Yuz yigirma to‘rt ming anbiyoyi mursal xilqatidin murod ul va 

Download 48.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling