Neft. Tabiiy gaz. Ko’mir. Slans yoqilg’isi. Ularni qayta ishlash reja


Download 0.64 Mb.
bet1/9
Sana01.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1241267
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
УКТ НЕФТ


NEFT. TABIIY GAZ. KO’MIR. SLANS YOQILG’ISI. ULARNI QAYTA ISHLASH
REJA:
 
  • Neft. Uni qayta ishlash.
  • Neftni qayta ishlash korxonalari. Neftning asosiy fraksiyalari.
  • Tabiiy gaz va uni qayta ishlash. Neftdan olinadigan asosiy moddalar.
  • Tabiiy gazning tarkibi. Undan olinadigan asosiy moddalar.

Neft yer qobig’ida 500 — 5000m chuqurlikda joylashgan bo’lib, asosiy qismi 800 — 2500 m chuqurlikda, ba’zan undan xam chuqurroqda uchraydi. Ilgari yer yuzasiga chiqqan neftdan foydalanishgan.

Neft yer qobig’ida 500 — 5000m chuqurlikda joylashgan bo’lib, asosiy qismi 800 — 2500 m chuqurlikda, ba’zan undan xam chuqurroqda uchraydi. Ilgari yer yuzasiga chiqqan neftdan foydalanishgan.

Neft yer ostidan uch xil usul: fontan, kompressor (gazlift) va nasoslar yordamida olinadi.

Neft qudug’i qazilganda birinchi navbatda neft gazlar bosimi ta’sirida fontan xolida yer yuziga chiqadi, keyinchalik yer qobig’idagi bosimning kuchi pasayadi va neftni kompressor yordamida olinadi. Buning uchun ikkita truba (birini ikkinchisining ichiga olib) tushiriladi. Tashqi truba orqali kompressor yordamida gaz beriladi. Gaz bilan neft aralashmasi ichki truba orqali yer yuziga chiqadi. Shu usulda ma’lum vaqtgacha neft olinadi. Keyinchalik bu usul xam yetarli samara bermaydi. Nihoyat uchinchi usul plunjerli nasos yordamida neft chiqariladi. Oxirgi vaqtda quduq ichiga tushiriladigan markazdan qochuvchi nasoslar keng qo’llanilmoqda.

Qazib olinayotgan neftning 1 tonnasi o’zi bilan 50—100 m3 gaz, 200 — 300 kg suv, 10 — 15 kg mineral tuz va mineral chiqindilar olib chiqadi.

Qazib olinayotgan neftning 1 tonnasi o’zi bilan 50—100 m3 gaz, 200 — 300 kg suv, 10 — 15 kg mineral tuz va mineral chiqindilar olib chiqadi.

20 — 25 ba’zan 80 gacha quduqlardan chiqgan neft bir yerga yig’ilib, aralashmaning ichidagi neftning mikdorini topiladi. Keyin neftni jo’natishga tayyorlovchi qurilmalarga uzatiladi. Bu qurilmalarda aralashmadan gaz ajratib olinib, gazni qayta ishlash qurilmalariga beriladi. Neft esa keyingi qurilmalarda suv va tuzlardan tozalanadi. Neftda suv 0,2 — 0,8 % gacha, tuz esa 1t neftda 0,8—1 kg gacha kamayadi. Neftdan ajratilgan suv yana quduqga kaytib beriladi. Suv va tuzdan tozalangan neft qayta ishlash zavodlariga yuboriladi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling