Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti kechki bo’limi “pedagogika “kafedrasi notinch oila farzandlarining muammolari va ijtimoiy pedagogik yordam shakllari


Download 133.32 Kb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi133.32 Kb.
#1525136
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Laziza




NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


KECHKI BO’LIMI
PEDAGOGIKA “KAFEDRASI
NOTINCH OILA FARZANDLARINING MUAMMOLARI VA IJTIMOIY PEDAGOGIK YORDAM SHAKLLARI
mavzusidagi


KURS ISHI

Bajardi: PP –201guruh talabasi


_______Abduxoliqova Laziza
Ilmiy Raxbar: _______
PhD.dotsent.v.b.Vahobov A.A

Toshkent - 2023 y
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………..
I BOB. NOTINCH OILA FARZANDLARIDA IJTIMOIY PEDAGOGIK ISH YURITISH…………………………………………………………………………
1.1& Notinch oila bilan ishlashning shakl va metodlari …………………………
1.2&Notinch oila farzandlari ijtimoiy muammolari………………………………
I bob bo’yicha xulosa……………………………………………………………….
II BOB. NOTINCH OILADA IJTIMOIY PEDAGOGIK YORDAM SHAKLLARI……………………………………………………………………
2.1& Oilaviy ziddiyatlarning farzand taqdiriga ta’siri…………………………...
2.2& Vasiylik va homiylik –ijtimoiy pedagogik faoliyatning muhim yo’nalishi…
II bob bo’yicha xulosa……………………………………………………………
XULOSA…………………………………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………..

Kirish

Mavzuning dolzarbligi Har bir insonning hayotida oila beqiyos ahamiyatga ega. Oilani asrab – avaylash bu-har bir insonning asosiy vazifalaridan biridir. Shuningdek, jamiyatimizning negizi bo‘lgan oilalar qanchalik tinch va totuv bo‘lsa, davlat shunchalik yuksak va barqaror ravnaq topadi. Biz oilani bir dargoh deb ataylik.Inson unda tug‘iladi, unib-o‘sadi va tarbiya olib voyaga yetadi. Insonlar bolalikdan voyaga yetgunga qadar ota-onasi yoki ularni o‘rnini bosa oladigan shaxslar qo‘lida tarbiya ko‘radi. Qachonki u kamolotga yetib ulg‘aysa, uning o‘zi bitta mustaqil oilani bunyod etadi. O‘zining fikrlashi, shu yoshiga qadar olgan tarbiyasi va ko‘rgan bilganlari tufayli o‘ziga o‘rnak qilib ololganlari asosida oilasini boshqaradi. Shuningdek, hayotidagi ba’zi bir notekisliklarga qaramay o‘z oilasiga vafodor qolmog‘i lozim. Hozirgi kunda jamiyatimizda yuz berayotgan ba’zi bir holatlar sababli bizda bir nechta savollar tug‘ilishi mumkin. Avvalo, oilaning bunyod etilishida kimlar va nimalar rol o‘ynaydi, tashqi ta’sirlar oqibatida nimalar yuzaga keladi? Oilaning faravonligi ham bardavomligi ham undagi tartib-intizomlar va boshqaruv metodiga bog‘liqdir. Aytib o‘tishimiz joizki,hurmat oilada katta ahamiyatga ega bo‘lgan unsurlardan biri. Agarda, oila boshlig‘ini hurmati joyida bo‘lib,o‘z oila a’zolariga munosib tarzda rahbarlik qilib,bolalar tarbiyasi bilan muntazam va o‘z vaqtida shug‘ullansagina,oilada tartib-intizom,mehnat va orom,o‘zaro hurmat va odob-axloq bo‘ladi. Hozirgi kunga kelib yurtimizda notinch oilalar kamayishi va baxtli oilalar ortishi uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”1gi P farmoniga mmuvofiq
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega ekanligi ma’lumot uchun qabul qilish
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar etib belgilash:

  • oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;

  • zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish;

  • demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish;

  • oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash;

  • oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish ishlari yo’lga qo’yildi.

Shuningdek, Prezidentimizning oilalarning baxtlilik darajasini aniqlash orqali ular bilan yakka tartibda ishlash, nizoli vaziyatlarni erta aniqlash va individual yondashuvni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida xalqaro baxtlilik indikatorlarini o‘rganish hamda oilalarning baxtlilik indikatorini ishlab chiqish haqida muhim farmon va qarorlar ishlab chiqdi.
Yurtboshimiz oila tinchligi haqida shunday ta’kidlagan, «Eng katta baxt, men buni ming marta qaytarishdan charchamayman, oilamiz tinch bo‘lsin! Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi. O‘sha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyat qilayotganimiz kabi ko‘rish hammamizga nasib etsin!».2

Download 133.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling