Optik aloqa tizimlari fanidan mustaqil ish


Download 105.28 Kb.
bet1/10
Sana31.01.2024
Hajmi105.28 Kb.
#1818705
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qurbonov Temur 1


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
Fakulteti 417-20 guruh talabasi
OPTIK ALOQA TIZIMLARI FANIDAN
MUSTAQIL ISH

Bajardi: Qurbonov Temur
Tekshirdi: Davletova Xolisaxon

Toshkent 2023
Mavzu: Optik signalni modulyatsiyalash usullari va turlari.
MUNDARIJA:

KIRISH…………………………………………………………………………….3

I. TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARI VA TARMOQLARINI TEXNIK EKSPLUATATSIYA QILISH VA BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH BO‘YICHA ASOSIY QOIDALAR……………………………………...5
1.1. Texnik ekspluatatsiya jarayonini tashkil etish…………………………….5
1.2. Texnik ekspluatatsiya va boshqarish tizimini tashkil etish………………13
1.3. Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog‘i………………………….20
1.4. TBT ning informatsion arxitekturasi…………………………………….23

II. TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARINING LINIYA TRAKTI….............................................................................................................25
2.1. Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining liniya trakti…………………….25
2.2. Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining liniya traktida qo`llaniladigan asosiy qurilmalar. Retranslyatorlar, ularning turlari: regenerator va optik kuchaytirgichlar…………………………………………………………………...26
2.3. Optik signallarni regeneratsiyalash. Regeneratorning tuzilishi va ish prinsipi…………………………………………………………………………….28
XULOSA……………………………………………………………………

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI……………………..


KIRISH
Zamonaviy TOAT (tolali optik aloqa tizimi) jihozlarining ko‘p funksionalligi (signallarni generatsiyalash va o'zgartirish, ularni filtrlash va kuchaytirish, korreksiyalash va regeneratsiyalash va boshqalar), ko‘plab o‘zaro bogTiq element va qurilmalarning mavjudligi, ularning ish sifati darajasining turliligi va murakkabligi bilan farq qiladi. Tolali optik uzatish tizimlarining bir yoki boshqa tugunlarida bitta yoki hattoki, bir necha elementlarning rad etishi tizimning ish qobiliyatini butunlay yo‘qotishiga olib kelmaydi, faqatgina uning ish sifati va samaradorligini kamaytiradi.
TOAT jihozlarning murakkablashuvi, ularning o‘tkazish qobiliyatining o‘sishi, kanal va traktlar sonining ko‘payishi, ularning ish mexanizmiga axborot texnologiyalarining kiritilishi, ularning ishonchliligi va sifat barqarorligini oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi va ekspluatatsiyasini tashkil etishga boTgan talablarni aniqlaydi. TOAT texnik ekspluatatsiyasining asosiy atama va tushun- chalarini ko‘rib chiqamiz.
Ekspluatatsiya so‘zi nimadandir foyda olishni yoki ishlatishni anglatadi (keng ma’noda inson tomonidan ishlab chiqaruvchi kuchlarni talab va ehtiyojlarni qondiruvchi biror-bir amaliy maq- sadlar uchun tizimli ishlatilishini anglatadi). Ekspluatatsiya — TOAT ish davrining hayotiy bosqichi boTib, o‘zida TOAT quril- malarini sozlash va montaj qilishni, uni vazifasi bo'yicha ishlatishni, profilaktik texnik xizmat ko‘rsatishni, rad etishlardan keyin qayta tiklash va ta’mirlashni mujassamlaydi. TOAT va uzatish liniyalari qurilmalari ishining maksimal samaradorligiga erishishga yo'nal- tirigan tashkiliy-texnik tadbirlar va axborot-dasturiy vositalar majmuasi texnik ekspluatatsiya (TE) tizimini tashkil etadi. Eksplua- tatsiya jarayoni inson tomonidan bevosita yoki vositalar orqali texnik ckspluatatsiya obyekti (TEO) ga ta’sir etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. TEOga tolali optik uzatish tizimi, ularning apparaturasi va uskunasi, qurilmalari, tugunlari, bloklari va elementlari kiradi. Tolali optik uzatish tizimining tarkibiy qismi, masalan KHQQ — kanal hosil qiluvchi qurilma, uzatish liniyasi, oraliq kuchaytirgichlar va regeneratorlar elementlar deyiladi. TE jarayonida ekspluatatsion operatsiyalami amalga oshimvchi kishilar xizmat ko‘rsatuvchi yoki texnik xodim deyiladi. TE jarayoni, uning qonuniyatlari, xarakte- ristikalari, tashkil etish va amalga oshirish usullarini o‘rgatuvchi fan texnik ekspluatatsiya nazariyasi hisoblanadi.
Texnik ekspluatatsiya — aloqa korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatining asosiy qismi hisoblanadi. Tarmoqning texnik eksplua- tatsiyasi texnik xizmat ko‘rsatish usuilari va algoritmlari majmuasini namoyon etib, istalgan texnik ekspluatatsiya obyektining o‘rnatilgan normalarini talab darajasida saqlaydi va tashkil etadi.

Download 105.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling