O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kino, televideniye va radio san’ati” fakulteti


Download 180.96 Kb.
bet1/6
Sana25.01.2023
Hajmi180.96 Kb.
#1118848
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Akbar


O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kino, televideniye va radio san’ati” fakulteti
“Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi
“5151400-Texnogen san’at: Kino, radio va televideniye ovoz rejissyorligi” yo’nalishi talabasi Basharov Akbarning “Kasbiy psixologiya”fandan kurs ishi
Bajardi:Basharov Akbar
Fan o’qituvchisi: N.Qurbonova
Toshkent 2023
KASBLAR DUNYOSINI O'RGANISH

 
Reja:
 
  • Kasblarni tasniflash (klassifikatsiyalash)ning psixologik asoslari.
  • Kasblarni guruhlarga ajratishning o‘ziga xosligi.
  • Kasbiy tayyorgarlikning psixologik asoslari va jabhalari.

Xozirgi davrda tadqiqotchilar va amaliyotchilar tomonidan kasb tanlashning metodlari va metodikalari ishlab chikilgan. Kasblarning xususiyatlariga qarab klassifikatsiyalash va ularni ma’lum tartibga solib, sistemali ravishda tavsiflashga erishilgan. Ayniksa, E.A.Klimovning yaratgan sxemasi bu o‘rinda aloxida axamiyat kasb etadi. U quyidagi kasb turlarini tavsiya qiladi.
1. Polizchi, chorvador, asalarichi, zootexnik, agronom, urmon barpo etuvchi - bionik mutaxassisligi "inson - tabiat".
2. Slesar, tokar, monter, konstruktor, radiotexnik, injener - texnika mutaxassisligi "inson - texnika".
3. Ofitsiant, sotuvchi, xamshira, o‘qituvchi, tarbiyachi, muxandis tashkilotchi - sotsionomik mutaxassisligi " inson - inson ".
4. Buyoqchi, nusxa ko‘chiruvchi, musiqachi, badiiy bezovchi yoki pardozlovchi, kompozitor, yozuvchi, rassom - artonomik mutaxassisligi "inson - badiiy obraz".
E.A.Klimov insonning tabiat bilan munosabatga kirishishga moslashgan kasblarni bionik mutaxassisligi, insonning texnika bilan munosabatga bo‘lishi natijasida yuzaga keluvchi kasblarni texnika mutaxassisligi, insonning inson bilan muomalasi orkali vujudga kelgan kasb-hunarlarni sotsionomik mutaxassisligi va nixoyat insonni badiiy obrazlar yaratishga undovchi kasblarni artonomik mutaxassisligi deb ataydi.
Oddiyroq tilda ifodalanganda:
1) insonni tabiatga xizmat kildirishga muljallangan kasblar
2) insonni texnikaga xizmat kildiruvchi kasblar
3) insonni inson xizmatiga moslashtirilgan kasblar
4) insonni badiiy obrazlar ustida ishlashga undovchi kasblar singari turlarga ajratish mumkin.
Lekin mazkur kasb klassifikatsiyasi mavjud barcha kasblarni birma - bir sanab o‘tishning uz oldiga maqsad qilib kuymaganligi sababli, ularning ko‘pchiligi uz ifodasini topmagan.
Psixolog M.G.Davletshin kasb tanlashning uch bosqichdan kelib chiqqan xolda (kasb maorifi, kasbiy maslaxat, kasbga yo‘naltirish) shaxsning kasb - hunarga yaroqliligi (layoqati)ning ichki tomonlarini ochishga xarakat qiladi: a) kadr tanlash davrida shaxsning umumiy yaroqliligi (layoqati), b) kasb - hunar tanlashda uning qaysi turiga loyiqligi, v) kasbga urgatishda shaxs sifatlarini shakllantirish imkoniyatining mavjudligi haqidagi savollarga javob olishga intiladi. Muallifning fikricha, o‘spirinning kasbga yaroqliligini aniklaganda uch muxim narsaga e’tibor qilish maqsadga muvofiqdir: kasbga munosabat, qobiliyat, ko‘nikma va malakalar. Odamning kasbga yaroqliligini aniklashda uning qiziqishi, irodasi, qobiliyati, maxsus bilimi, ko‘nikmalarining jips alokasini ifodalagan xolda olib qarash okilona yo‘ldir.
Yuritilgan muloxazalardan kurinib turibdiki, kasb - hunar to‘g‘risida axborot, kasb haqida konsultatsiya vositalari ongli kasb tanlash uchun etarli emas. SHuning uchun o‘spirin o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ularni mustaqil bilim olishga urgatish kasb tanlashda uz kuchini muayyan faoliyatda sinab kurishga imkoniyat yaratadi.
Lekin bu bilan kifoyalanish, kanoat xosil qilish shart emas, balki boshqa yo‘l va vositalarni kidirish, izlash darkor.
Psixologiya fanida bu soxada muayyan ilmiy izlanishlar olib borilgan, o‘ziga xos yondashishlar amalga oshirilgan B.V.Kulagining fikricha kasbiy psixodiagnostika deganda odamning individual xususiyatlarini tadqiq etish va baholash maqsadida kasbga saralash, kasb tanlashga yo‘naltirish, nomzodlarni (da’vogarlarni) ixtisoslikka okilona taksimlash, kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy faoliyatni optimallashtirishning amaliy masalalari tizimini echish tushuniladi.
Individuallikning moxiyatini tushunishga umumiy yondashish kasbga saralash muammosini xal qilishda bevosita axamiyatga ega. Ma’lumki, kasbga layoqatlilikni tashxis (prognoz) qilish insonning kasbiy xislatlarini xisobga olishga asoslanadi. Mazkur jarayonda kiyosiy taxlil orkali shaxsning xususiyatlari ko‘rsatkichlari bilan kasbiy faoliyatning muvaffakiyatining mustaqil mezoni darajalari aniqlanadi. Xozirgi zamon psixologiyasining ma’lumotlariga qaraganda, tashxis (prognoz) qilish modeli muayyan matematik algoritmga asoslanadi. Guruh uchun urtamiyona shaxs imkoniyati tanlanganligi fakat statistik samaraga ega, xolos. Bunday model tashxis (prognoz) qilishda cheklanganlikka ega bulib, tashxisning mutlak aniklik darajasidan quyiroqdir.
Kasbiy faoliyatni taxlil kilmasdan turib, professional psixodiagnostika (kasbiy psixologik) muammolarini xal qilish mumkin emas, ya’ni professiografiya moxiyatiga va uning tuzilishiga e’tibor qilish zarur. Fakat shundagina faoliyati yondashuv amalga oshirilib, uning xarakatlari va operatsiyalari testlar yordamida baholanishi mumkin. CHunki xarakatlar va operatsiyalar mazkur faoliyatning tarkibini tashkil qiladi, ularning kiesiy tavsifi egallash jarayonini osonlashtiradi, unga layoqatli odamlarni tanlashga negiz yaratadi. Faoliyat samaradorligini tashxis qilishva baholash uchun testlarni saralish, asoslash uning muvaffakiyati ulchovi mezonini aniklashga imkon beradi. Professiografiya, (professiogramma) natijalarini umumlashtirish natijasida kasblarni tasniflash (klassifikatsiyalash) imkoni vujudga keladi.
Kasbiy faoliyatning taxlili maqsadga yo‘naltirilgan va tashkiliy jarayon xisoblanib, u uch bosqichdan tashkil topgan bo‘ladi: a) kasbiy faoliyat yuzasidan ma’lumotlar tuplash; b) olingan ma’lumot va axborotlarni qayta ishlab chiqish xamda umumlashtirish, ularning negizida professiogramma tuzish; v) amaliy va nazariy masalalarni echish uchun
professiogrammadan foydalanish (kasbiy faoliyat muvaffakiyatini ta’minlovchi mezonlar tanlash uni baholash (tashxis qilish) uchun testlar saralash, kasblarni tasniflash va boshqalar.
Kasbiy faoliyat yuzasidan ma’lumotlar (axborotlar) turli manbalardan olinishi mumkin:
1. Muayyan mutaxassislarning kasbiy faoliyatini kuzatish katta axamiyat kasb etadi.
2. Kasbiy faoliyat to‘g‘risida ma’lumotlar tuplashning asosiy metodlaridan biri bulib suxbat - intervyu xisoblanadi. Mutaxassislar bilan standart yoki nostandart tarzda intervyu uyushtirish samarali natija beradi.
3. Ba’zan kasbiy faoliyatning u yoki bu kirralari (jabxalari) ni qayd kiluvchi kundaliklar yoki varakalardan xam foydalaniladi.
4. Kasb - hunar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (axborotlar) umumlashtiriladi va xar xil shakllarda mutaxassislar xukmiga xavola qilinadi.
Kasbiy faoliyat shaxsning munosabat va motivlaridan iborat bulib, xarakatlar va operatsiyalarni nazorat qilish xamda boshqarishni kamrab oladi. Faoliyatning dinamik xususiyatlarini o‘rganish uchun unga ko‘pyoklama yondashishni amalga oshirish zarur. Fakat motivatsion va regulyativ jabxalarini xisobga olish bilan kasbiy faoliyat moxiyatini tavsiflab bulmaydi, modomiki shunday ekan, uning shaxsga oid, emotsional, kognitiv va operatsional, irodaviy jixatlar bilan boglik tomonlarini xam tadqiqot predmetiga kiritish lozim.
Kasbiy faoliyatning taxlili uning muvaffakiyatini baholashga xizmat kiluvchi mezonlarni aniklashga imkon beradi. Bu narsa testlarning barqarorligi va validligini tekshirish uchun mutlako zarur.
Kasbiy faoliyat muvaffakiyatini ta’minlovchi mezonlar sifatida shaxsning maqsadga erishuvini tavsiflovchi xar xil ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin. Mezonlar tarikasida kasbiy bilimlarga va malakalarga nisbatan o‘quvchanlik, mutaxassis faoliyatining bevosita va bilvosita ko‘rsatkichlari uning xamkorlik faoliyatiga kushgan xissasi qo‘llanilinadi. Kasbiy faoliyat muvaffakiyati mezonlari katoriga quyidagilar kiritiladi:
1) Samaradorlikning to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatkichlari: sifat, ishlab chikarish salmogi;
2) kasbiy tayyorgarlikni aniklovchi testlar;
3) kasbiy layoqatini ifodalovchi ma’muriy tadbir va choralar: intizomga taallukli choralar mukofatlash, xizmat lavozimidan kutarilish, safarga yuborish, namuna tarikasida stenda joylashtirish;
4) kadrlar kunimsizligi;
5) noxush xolatlar (kechinmalar) va shikastlar (xalokatlar);
6) faoliyat samaradorligini eksperimental tekshirish va uzini uzi baholash kabilar.
Yuqorida bayon qilingan mezonlar ma’lum talablarga javob berishi shart. Mezonlarning relevantlikligi (adekvatliligi, validliligi) deganda samaradorlik ko‘rsatkichi sifatida muxim axamiyat kasb etishi tushuniladi.
Tanlab olingan mezonlar kasbiy faoliyatning barcha nufuzli tomonidan aks ettirish lozimligi, ya’ni mezonlar tulakonligi. Ular mutaxassislarning kasbiy layoqatining Yuksakligi va quyiligi darajalarini farqlashga xizmat qilishi joiz (mezonlar diskriminativligi). Mezonlar xislatini ochishga yordam beruvchi uning omilkorligi, ya’ni amaliy jixatdan kulayligi muxim urin egallaydi va u uzining soddaligi, kam mehnat talab qilishligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Kasbiy layoqatni (yaroqlilikni) aniklashda odatda nazorat, sinash natijalari qo‘llaniladi (masalan, duradgorning ish sifati, tezkorligi, vaziyatning paykashligi va boshqalar). Ko‘pincha mutaxassisning layoqati ma’muriy xujjatlarda uz ifodasini topadi (muvaffakiyati yoki muvaffakiyatsizligi qayd qilinadi). Ba’zan kasbiy layoqatni o‘rganishda baxtsiz xodisalar (xaydovchi, uchuvchi, mashinist, operator va boshqa kasb egalarida) xisobga olinadi va shaxsning individual xususiyatlari baholanadi.
Kasbiy layoqatni aniklashda o‘quvchanlik kategoriyasidan (bilim olishga nisbatan zexnlilik) foydalaniladi va uzlashtirish tezligi, kasbiy tayyorgarligi, erishgan natijasi mezon rolini o‘ynaydi.
Psixologiya fanida kasbiy muvaffakiyat, maxoratning kirralari ekspert baholash metodi yordami bilan o‘lchanadi. Buning uchun balli shkala, juft (kush) takkoslash, tartibga keltirish (ranjirovka qilish) metodlari qo‘llaniladi.
SHkalaning sodda ko‘rinishi ball bilan baholashga muljallangan. SHkalani baholash o‘ziga 5 tadan 7 tagacha gradatsiyani kamrab oladi. Mikdorning kamligi uning differensiatsiyasini yanada kuchaytiradi, farqlar anikligini ta’minlaydi.
Ba’zi xollarda balli baholash grafik shkala tarzida xam uchraydi (kesma, shakl, parametrik ko‘rinish va xokazo). Lekin balli shkala kasbiy muvaffakiyatni baholashda ayrim nuksonlarga xam ega. Ayniksa, chet el psixologiyasida qo‘llanilib kelinayotgan " galo - effekt " metodikasiga bunga yakkol musoldir. Baholanuvchi bilan baholovchi munosabati bir nechta mustaqil shkalalar negizida umumiylikka boglik tarzda baholanadi. Natijada shaxsning xilma-xil xususiyatlarini differensiyalash imkoni yukoladi, yuzaki baholanish jarayoni yuzaga keladi. Buning oqibatida orttirilgan va pasaytirilgan baholash tiplari, ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi.
Ammo balli shkala baholash tizimini takomillashtirish uchun uning bir necha bosqichlardan, tarkiblardan tuzish ma’kul. Fakat shundagina yakkol misollar, namunalar negizida kasbiy faoliyatning turlicha samaradorligi namoen bo‘ladi.
Jaxon psixologiyasida keng qo‘llanilib kela yotgan metodlardan biri - bu kritik insidentdir. Muayyan ulchamlarga asoslangan xolda ajratilgan insidentlar tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi), ya’ni taxlil qilish orkali insident xususiyati aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda (u "pretranslyasiya" deb ataladi) birinchi bosqichdagi mezonlarga asoslanib yangitdan tasnif qilinadi.
Kasbiy layoqatni o‘rganishning yana bir metodi tartibga keltirish (ranjirovka qilish) deyiladi. Xar xil vaziyatlarda kuzatilgan shaxslar kasbiy layoqati darajasiga qarab muayyan tartibga solish, jixozlash mumkin. Birinchi rang darajasiga kiritish uchun kasb sub’ekti kasbiy maxoratning maksimal ko‘rsatkichini namoyish qilishi lozim. Kamroq muvaffakiyatga erishsa, u navbatdagi rangga utkaziladi.
Mazkur jarayonni osonlashtirish uchun quyidagilar tavsiya qilinadi:
1) guruhning alifboviy ruyxatini tuzish.
2) maksimal muvaffakiyatga erishgan sub’ektlarni aloxidalash.
3) minimal muvaffakiyatga erishgan sub’ektlarni guruhlash va boshqalar.
Tartibga solish (ranjirovka qilish) juft (kush) kiyoslash (takkoslash) metodi yordami bilan amalga oshiriladi. Buning negizida ikki sub’ektning xislatlari, imkoniyatlari uzaro solishtirilib, umumiy va farqli tomonlari aniqlanadi.
«Shaxs» tushunchasi keng va ko‘p qirralidir. Shaxsni u yoki bu yo‘nalishda bir qator fanlar: falsafa, tarix, pedagogika, sotsiologiya, tibbiyot va psixologiya o‘rganadi. Psixologiya fani boshqa fanlardan farqli o‘laroq, shaxsning ichki dunyosini, boshqacha qilib aytganda, uning ruhiy jarayonlarini, hissiy-irodaviy holatlarini, individual psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Psixologiya fanida shaxs muammosini o‘rganish bo‘yicha turli nazariyalar mavjud bo‘lib, ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik kabi qarashlar, yondashuvlar kiradi.

Download 180.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling