O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Download 405 Kb.
bet1/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
5


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI


A.ISMOILOV
ERON FILOLOGIYASIGA KIRISH


fanidan ma’ruza matnlari


TOSHKENT – 2009
I. MAVZU
ISH REJASI:

  1. Muqaddima.

  2. O‘zbekistonda eronshunoslik.

  3. Eronshunoslik markazlari.

  4. Eron filologiyasi va eronshunoslik.

  5. Istorizmning eron filologiyasi uchun ahamiyati.

  6. Eronshunoslik va Eron filologiyasi sharqshunoslik fanlari tarkibida.



MUQADDIMA
Eron filologiyasiga kirish maxsus fanini o‘qitishdan maqsad eroniy tillar va bu tillarda yaratilgan adabiyotlarni o‘rganuvchi o‘quvchilarni shu fan bilan bog‘liq boshqa fanlar olamiga olib kirishdir. Bu fan eroniy tillarni o‘rganuvchi hamma mamlakatlarning ilmiy markazlarida o‘qitilib kelinmoqda.
Rossiyada 1804-yildan beri Moskva va Sank-Peturburg universitetlarida mashhur rus eronshunoslari A.A.Freyman, L.A.Xentagurov, I.M.Oranskiy va boshqalar mazkur fanni o‘qiganlar. Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Sharq filologiyasi fakulteti “Eron-afg‘on filologiyasi” kafedrasida bu fan 1955-yildan beri o‘qitilmoqda. Fanni o‘qitishda I.M.Oranskiyning 1960 va 1988-yillarda nashr etilgan “Vvedenie v iranskuyu filologiyu” kitobi asosiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yillar o‘tishi bilan Eron filologiyasiga kirish faniga oid materiallar kengayib bormoqda. Shuning uchun jamlangan hamma materiallarni bir maxsus fanga ajratilgan darslarda yoritib berish qiyin. Ayniqsa:
a) qadimgi yozma yodgorliklar;
b) Eron tilshunosligi;
v) Eroniy tillar shevashunosligi shular jumlasidandir.
Yuqoridagi muammolar bo‘yicha fors, rus, ingliz va boshqa tillardagi nashr qilingan monografik va kollektiv ilmiy ishlar qayd qilib o‘tiladi xolos1.
Bundan tashqari eroniy tillarga bag‘ishlangan davriy jurnallarda ham ko‘plab ilmiy materiallar berib borilmoqda. «Iranskoe yazikoznanie» (Rossiya), «Studia Iranika» (Fransiya), Studien zur Indologie und “Iranistik” (Germaniya) “Acta Iranika” (Teheran – Liege) hamda «Avstriya fanlar akademiyasining «Eron komissiya»si shular jumlasidandir.
Keyingi 20-25 yillar ichida Afg‘onistonda sodir bo‘lgan siyosiy o‘zgarishlar natijasida afg‘onshunoslikka bo‘lgan qiziqish ham ortib bormoqda. Afg‘onistondagi mahalliy tillarni o‘rganish bo‘yicha bir qator ilmiy kitoblar nashrdan chiqdi, hamda “Afghanistan journal” (qraz), “Afqhan Sfudies” (London), “Bibliofheca Afqhanica” (Liestal) davriy nashrlari ham chop etib kelinmoqda.
Eroniy tillar guruhiga kiruvchi xalqlarning adabiyotlari va ayniqsa, hozirgi zamon adabiyotini o‘rganishga oid materiallar deyarli chetlab o‘tiladi.
Mazkur ma’ruza matni o‘zbek tilida ilk bor yozilayotgani va bunga O‘zbekistondagi eronshunoslarning ilmiy faoliyati kiritilinayotgani sababli kamchiliklar bo‘lishi tabiiy holdir.



Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling