O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus talim vazirligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti


-jadval.  O’zbekiston Respublikasi qishloq joylaridagi uy-joy fondini maishiy qulayliklar bilan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/22
Sana16.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

35-jadval. 
O’zbekiston Respublikasi qishloq joylaridagi uy-joy fondini maishiy qulayliklar bilan   
taminlanganligi (%da) 
 1985 
1990 
1995 
Suv bilan 
50,1 
49,5 
49,8 
Kanalizatsiya bilan 
31,9 
33,5 
32,4 
Markaziy isitish bilan 
31,2 
25,2 
27,8 
Vanna (dush) bilan 
28,6 
24,5 
25,0 
Issiq suv bilan 
17,4 
8,5 
11,1 
Gaz bilan 
82,5 
66,9 
75,3 
36-jadval.  
O’zbekiston Respublikasi shahar uy-joy fondini maishiy qulayliklar bilan taminlanganligi 
(%da) 
 1985 
1990 
1995 
Suv bilan 
89,5 
89,8 
71,0 
Kanalizatsiya bilan 
83,1 
82,1 
53,9 
Markaziy isitish bilan 
82,4 
82,5 
60,6 
Vanna (dush) bilan 
78,5 
78,3 
80,0 
Issiq suv bilan 
69,2 
70,1 
70,6 
Gaz bilan 
99,0 
99,5 
90,3 
 
Jadvallardan ko’rinib turibdiki, shaharlarda gaz bilan taminot ancha yuqori, Ammo bu 
ko’rsatkich oxirgi vaqtda ancha pasayib ketdi. Bu bizning nazarimizda, ayrim asosiy materilal va 
qismlarning etishmasligi hamda moliyaviy muammolar bilan bog’liqdir. 
Qishloq joylarda 1985 yilda vodoprovod bilan taminlanish 50,1% bo’lgan bo’lsa, 1995 yilda bu 
ko’rsatkich 49,8%ga teng bo’ldi.  
O’zbekistonda qishloq aholisini kanalizatsiya qurilmalari, va ishlab chiqarish 
infrastrukturasining boshqa turlari bilan taminlash ham qonaqarli emas.  
O’zbekiston aholisining 60 %dan ortiq qismi qishloq joylarda yashaydi. Ammo aholini injener-
kommunikatsiya tizimi bilan taminlash darajasi hanuzgacha pastligicha qolyapti. 
3. O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy infrastruktura 
O’zbekistonda 1926 yilda nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida  ishlab chiqarishda band 
bo’lgan aholining bor–yo’g’i 6 %i ishlagan bo’lsa, 1990 yilga kelib, bu ko’rsatkich qariyb 26 %ga 
etdi, yani bu tarmoqda ishlovchilarning soni 4 baravardan ziyod ko’paydi. Huddi shu davrda 
moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lganlar soni kamayib, 94 %dan 74,1 %ga tushib qoldi. 
Bu raqamlar Respublikada moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining o’smaganligi yoki kam 
o’sganligini ko’rsatmaydi, albatta. Ayniqsa, jamiyat taraqqiyoti, uning boyligi avvalo moddiy ishlab 
chiqarishning taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi.  
Ishlab chiqarishning iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik yuksak bo’lsa, xizmat doirasiga 
bo’lgan talab, uning rivojlantirish imkoniyati shuncha yuqori bo’ladi. 
Ijtimoiy infrastrukturaga – uy–joy komunal xo’jaligi, savdo, umumiy ovqatlanish, sog’liqni 
saqlash, maorif, maishiy xizmat va boshqalar kiradi. 
Malumki , har qanday hududni (iqtisodiy rayon, respublika, viloyat va hokazo) xizmat doirasini 
rivojlantirish uchun malum sharoitlar majmui kerak bo’ladi. Ana shunday sharoitlar majmui xizmat 
doirasiga bo’lgan talab hajmi, uni hududiy tashkil qilish imkoniyatlarini belgilab beradi. Tabiiy 
demografik, ijtimoiy–iqtisodiy va etnik sharoitlar bilan qisqacha tanishib o’tamiz. 
Tabiiy sharoit xizmat doirasining ayrim tarmoqlariga bevosita tasir ko’rsatishi mumkin. Uy–
joy qurilishida foydalaniladigan materiallar, sovuq va issiqdan saqlanish imkoniyatlari  hisobga 

 
122
olinadi. O’zbekiston sharoitida uylarni isitish muddati sovuq iqlimli hududlardagiga nisbatan ancha 
qisqa bo’lib, bu maqsadlar uchun ancha kam yoqilg’i sarf qilinadi. 
Demografik sharoit ham xizmat doirasini rivojlantirish, uni hududiy tashkil qilishga tasir 
ko’rsatadigan muhim omil hisoblanadi. 
Aholisining yosh va jinsiy tarkibi, oila azolarining soni, ish malakasi, bilim bo’yicha tarkibi 
kabi demografik ko’rsatkichlar xizmat doirasining hajmi hamda uning umumiy tarkibiga katta tasir 
ko’rsatadi. Masalan, aholi tarkibida ayollar sonining erkaklarga nisbatan ortiq yoki kam bo’lishi 
ham aholiga turli xil xizmat ko’rsatishni rivojlantirishda etiborga olinadi. 
Ijtimoiy–iqtisodiy sharoitning xizmat doirasiga tasiri juda katta ekanligi avvalo shu bilan 
belgilanadiki, iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, xizmat doirasiga talab va uni 
rivojlantirish imkoniyatlari ham shu qadar yuqori bo’ladi. 
Etnik sharoitlar  ham xizmat doirasiga malum darajada tasir ko’rsatadi. Bunda aholining 
milliy tarkibi ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Ko’p millatli  O’zbekistonning ko’pgina shahar va 
qishloqlarida   o’qish ikki yoki undan ko’p tilda olib boriladigan maktablar bor. Shuningdek, 
respublikamizda turli tillarda gazetalar chiqariladi va radio eshittirishlari olib boriladi.  
Uy-joy kommunal xo’jaligi. 
Uy-joy kammunal xo’jalik - ijtimoiy infrastrukturaning asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanib 
xalqning turmush darajasini oshirishda katta ahamiyatga ega va aholini mehnat va ijtimoiy faolligini 
rag’batlantiradi.  
O’zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal fondiga ijtimoiy kooperativ va xususiy uylar 
kiradi. Mamlakatimizda esa 20 yillarda davlat mulkiga tegishli uy-joylar qurila boshlandi. Shunga 
qaramasdan xususiy uy-joy qurilish fondining uy-joy kommunal fondidagi ulushi yuqoriligicha 
qoldi. Shahar uy-joy fondi Respublika umumiy 285,6 mln m
2
 uy-joy fondining 42,6 % i yoki 121,8 
mln m
2
 ni tashkil etadi. 
O’zbekiston Respublikasida uy-joy fondi «Davlat uy-joy  fondining xususiylashtirish» 
Qonuniga asosan deyarli xususiylashtirildi.. 
Shahar, shaharcha va tuman markazlarida aholini suv bilan taminlash, shuningdek ichimlik 
suvining sifatini yaxshilash maqsadida 1988–1995 yillarda sutkasiga 391 ming m
3
 ichimlik suvi 
etkazib beradigan vodoprovod shohobchalari qurilib ishga tushirildi (Samarqand, Urganch, Nukus, 
Jizzax, Termiz va boshqa shaharlarda). 1990 yilda Tuyamo’yin–Urganch, Tuyamo’yin–Nukus, 
Uchqo’rg’on–Namangan va boshqa suv quvurlari foydalanishga topshirildi. Aholi jon boshi 
hisobiga bir kecha kunduzda istemol qilinadigan suv shaharlarda 536,3 l. va qishloqlarda 240,4 l.ni 
tashkil etdi. 
Uy-joylarnii obodonlatirishda kanalizatsiya  muhim ahamiyatga ega. O’zbekistonda arxeologik 
qazilmalar davrida ayrim yirik shaharlarda (Samarqanddagi Afrosiyob, Toshkentdagi Qoratosh 
xarobalari) sopol quvur qoldiqlari topilgan.  
1993 yilda O’zbekistondagi kanalizatsiya bilan taminlangan aholi punktlari soni 235 ga, 
kanalizatsiya tarmog’ining uzunligi 3501,9 km ga etdi. Kanalizatsiya – tozalash iinshoatlarining  
kecha–kunduzdagi quvvati esa 3,7 mln m
3
ni tashkil etdi. 1995 yilda kanalizatsiya sanitariya 
inshoatlari orqali 1,19 mlrd m
3
 oqova suv o’tkzildi. 
Mustaqillik yillarida respublika, shahar va ayniqsa qishloqlrini gazlashtirish  ustivor davlat 
siyosatiga aylandi. 
Respublikaning shahar, shaharcha va qishloqlarida uzunligi ming km.dan ortiq yakka tortilgan 
gaz shohobchalari mavjud. Jumladan, 23,9 ming km da ortiq er osti gaz quvuri, 27,5 ming gaz 
taqsimlash punkti (shundan 1573 tasi ko’chmas) ishlab turibdi. Xonadonlar tabiiy gaz bilan 
taminlangan, bu umumiy xonadonlarning 66 %ni tashkil etadi, shu jumladan, qishloqlarda 1985 
ming xonadon gazlashtirilgan. Binolarni isitish sohasida 935 ta (soatiga 5559 Gkal issiqlik 
beradigan) gaz bilan ishlaydigan bug’ qozonlari va 3671 ming km uzunlikdagi issiqlik tarmog’i 
ishlab turibdi. 

 
123
Tibbiy xizmat. 
Tibbiy xizmat ham ijtimoiy rivojlanishning muhim sohasi hisoblanadi. Davlat ijtimoiy 
siyosatining asosiy elementlaridan biri – insonlar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, 
uzoq umr ko’rish va faol ijod qilish, tibbiy yordam sifatini oshirishdir. 
Bizga malumki, meditsina xizmati darajasi vrachlar yoki kasalxonalar soni bilan emas, balki 
xodimlar saviyasi, tibbiy xizmat ko’rsatish darajasi bilan aniqlanadi.  
O’zbekiston bu sohada ko’pgina sobiq Ittifoq respublikalaridan orqada. Bu haqda quyidagi 
solishtirma malumotlar guvohlik beradi.  
 
Ayrim MDH davlatlarda tibbiyotni rivojlantirishdagi solishtirma ko’rsatkichlar (1997 yil) 
Davlatlar  
Vrachlar soni 
10000 kishiga 
O’rta meditsina 
xodimlar soni 10000 
kishiga 
Koykalar soni 
10000 kishiga 
Pediatrlar soni 
10000 bolaga 
Rossiya 46,9 
122,6 
137,5 
24,3 
Ukraina  
44,0 
117,5 
135,5 
21,8 
Belorusiya  
40,5 
115,6 
132,3 
21,4 
O’zbekiston 35,8 
110,7 
123,7 
14,6 
 
Maishiy xizmat ko’rsatish  aholiga maishiy xizmat ko’rsatish xalq xo’jaligiin o’ziga xos 
sohalaridan biri. Hozir O’zbekiston Respublikasida aholiga mashiy xizmat ko’rsatish xizmatining 
o’z ananalari va tarixiga ega bo’lgan tizimi shakllangan. Maishiy xizmat sohasida 121,0 ming kishi 
yoki respublika xalq xo’jaligida band bo’lgan jami ishchi va xizmatchilarning 8 %i ishlaydi. 
Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari davlat, jamoa, kooperativ, shaxsiy, aktsiyadorlik 
kabi turlicha mulk shakllariga asoslangan korxonalardan iborat. Tizim korxonalari aholiga 800 dan 
ortiq xizmat turini ko’rsatdi. Ular poyafzal, kiyim–kechak, trikotaj buyumlarini yakka tartibda 
tikish, to’qish va tamirlash, radiotelevizion apparaturalar, ro’zg’orda ishlatiladigan asboblar, metall 
buyumlarni tuzatish va yasash, shaxsiy transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va taminlash, 
mebellarni tamirlash, kiyimlarni kimyoviy usulda tozalash va bo’yash, kir yuvish, suratga olish, 
hammom, sartaroshlik xizmatlari, ro’zg’or buyumlarini ijaraga berish, transport xizmatlari, uy–
joylar qurish va boshqa shunga o’xshash xizmatlar kiradi. 
1989 yildan maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari xo’jalik hisobiga, ijara pudratiga o’tkazila 
boshladi. Korxonalarda har yili aholiga xizmat ko’rsatishning 150dan ortiq turi va usullari joriy 
qilindi, barcha xizmat turlarining soni qariyib 800 taga etdi. Lekin aholiga maishiy xizmat 
ko’rsatish aholining o’sib borayotgan talabini etarlicha qondira olmadi. Respublikaning ko’plab 
qishloqlarida maishiy xizmat ko’rsatish umuman yo’lga qo’yilmagan edi. 
37-jadval.  
Turli mulk shakllaridagi korxonalarda aholiga pullik maishiy xizmat ko’rsatish (1998 y.) 
 
mln. so’m  1997 yilga nisbatan,marta
1998 yilda mulk 
shakllari hissasi, % 
Pullik xizmat ko’rsatish 
70314,2 
2,1 
100 
Shu jumladan: 
 
 
 
davlat mulki shakli bo’yicha 
40191,3 
1,8 
57,2 
nodavlat mulki shakli 
bo’yicha 
30122,9 2,7 
42,8 
Shundan:    
 
Xususiy 16583,0 
3,0 
23,6 
Jamoa 11247,4 
2,2 
16,0 
qo’shma korxonalar 
1007,9 
40,8 
1,4 
aralash mulk korxonalari 
1284,6 
2,4 
1,8 
aholi jon boshiga pullik 
xizmat ko’rsatish so’m 
2972,1 2,0 
– 
 

 
124
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirish sanoat, qishloq xo’jaligi mahsulotlariga 
bo’lgan ehtiyojni qondirishda ichki  savdo muhim o’rinlardan birini egallaydi. Respublika 
mustaqilikka erishgandan keyin ilgari sobiq Ittifoqning Markaziy hukumati tasarrufida bo’lgan 
tashqi savdoni O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi olib boradi. Aholiga 
zarur barcha sanooat va oziq–ovqat mahsulotlarini sotish do’kon, supermarket, umumiy ovqatlanish 
muassasalari va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Aholining shaxsiy  ehtiyojiga mo’ljallangan 
barcha moddiy boyliklarning 80% ichki savdo orqali taqsimlanadi. Xalq xo’jaligida band bo’lgan 
ishchi va xizmatchilarning 11,1 %i savdo va umumiy ovqatlanish sohasida ishlaydi. Davlat va 
davlatga tegishli bo’lmagan 43,4 mingta chakana savdo korxonalari aholiga xizmat ko’rsatadi. 
38-jadval. 
Davlat va kooperativ savdosining tovar aylanmasi  
 
1990 1991 1992 1993 1997 
Oziq–ovqat 
mahsulotlari 
42,4 39,4 54,8 55,7 58,2 
Nooziq–ovqat 
mahsulotlari 
57,6 60,6 45,2 44,3 41,8 
 
O’zbekiston iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi davrida respublikada savdo 
“O’zbeksavdo”, “O’zbekbirlashuv”, “O’ztayyorlovsavdo”, respublika tovar xom-ashyo, fond 
birjalari, shuningdek sanoat, tansport kontsernlari va kompaniyalari huzuridagi ishchilar taminoti 
bo’limlari, Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi (dori va atir–upa savdosi), Matbuot davlat 
qo’mitasi (kitob savdosi) va boshqa vazirliklarning savdo tashkilotlari orqali amalga oshirilmoqda, 
shuningdek, xususiy savdoga keng yo’l berildi. 
Asosiy tayanch tushunchalar 
1.  Infrastruktura – xalq xo’jaligi tarmoqlari faoliyatiga, bevosita sharoit yaratib beruvchi 
ishlab chiqarish va ijtimoiy tarmoqlar tizimi majmuasiga aytiladi. 
2.  Ishlab chiqarish infrastrukturasi deb barcha transport turlari va xo’jaliklari, injener-
kommunakatsiyalari tizimi, aloqa uzatish vositalari majmuasiga aytiladi. 
3.  Ijtimoiy infrastruktura deb moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga bevosita tasir 
ko’rsatadigan va aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan tarmoqar tizimi 
tushuniladi. 
 
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 
1.  Infrastruktura nima? Uning iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyati. 
2.  Infrastruktura turlari va ularning ahamiyati. 
3.  Ishlab chiqarish infrastrukturasi va uning elementlari. 
4.  O’zbekiston Respublikasi ishlab chiqarish infrastrukturaga baho bering. 
5.  O’zbekiston Respublikasi transport tizimiga tarif bering. 
6.  Ijtimoiy infrastruktura va uning tarkibiy elementlari. 
7.  O’zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xo’jaligiga baho va uning injener-
kommunikatsiya tizimi bilan taminlanganlik darajasi qanday? 
8.  Savdo, maishiy xizmat ko’rsatish tarmoqlariga baho bering. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
125
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari 
Maruza rejasi: 
1.  Tashqi iqtisodiy aloqalarning ijtimoiy-siyosiy  ahamiyati. 
2.  O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining qonuniy asoslari. 
3.  O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari va ularga xos ko’rsatkichlar. 
4.  Tashqi iqtisodiy aloqalarning geografik xususiyatlari 
Инфраструктура тармо
қлари таркиби 
Ишлаб чиқариш 
инфраструктураси 
Ижтимоий  
инфраструктураси
 
Канализация
 қурилм
алари
 
Сув
 таъми
ноти
 
Газ
 таъминоти
 
Алоқа
 
Iлектр
 уза
тиш
 линиялари
 
Транспортнингг
 барча
 турла
ри
 ва
 
тарнспорт
  хўжалиги
 
Маиший
 хизмат
 
Савдо
 ва
 умумий
 овқ
атланиш
 
Умумий
 та
ълим
 
Шаҳар
 тра
спорти
 
Соғлиқни
 сақлаш
 
Уй
-жой
 хўжалиги
 
4-чизма

 
126
Tashqi iqtisodiy aloqalarning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati 
O’zbekistondagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyot jarayoni qishloq xo’jaligi hamda 
sanoat ishlab chiqarishida biri-birini to’ldiruvchi hamjixatlikni, o’z byudjetini moliyalash, aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish, yangi avlod taqdirida mayda elementlarga qadar echimini topish lozim 
bo’lgan muammolarni hal etish imkonini bermoqda hamda yangi islohotlar davrining boshlanishi 
uchun keng yo’l ochmoqda. 
O’zbekistonda milliy daromadning poydevori ichki mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar va 
muassasalar huquqini himoya qilish va rag’batlantirishdagi chora-tadbirlar to’g’ri yo’lga 
qo’yilganligi muayyan hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga 
intiluvchi, tashqi savdoda erkin muassasalar huquqining himoya kilinishi O’rta Osiyo davlatlari 
o’rtasida ishlab chiqarish munosabatlariga doir yangi shaklni yaratdi, natijada bu yangi shakl 
«o’zbek modeli» deb nom oldi. 
Iqtisodiyotda halqaro teng manfaatli hamkorlikni o’rnatishga intilish orqali O’zbekiston yangi 
ishlab chiqarish munosabatlarida, iqtisodiy barqarorlik va tovar ayriboshlashda, xalqaro hurmat 
tamoyillariga rioya etishda chet el sarmoyadorlarining ishonchini qozonmoqda. Sanoat ishlab 
chiqarishida yangi turdagi mahsulotlarning paydo bo’lishi mahalliy aholining hayotiy va ijtimoiy 
ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan birga qo’shni davlatlar ichki bozorlariga raqobatbardosh, istemiol 
talablarni qondiradigan mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini berdi. Shu o’rinda O’zbekiston tashqi 
aloqalarining asosida qudratli va zamonaviy ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga, qishloq 
xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda jahon andozasi talablariga javob beradigan texnologiyalarni 
jalb qilishga va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarining rivojlanishiga keng yo’l berilganligi 
o’zining yorqin ifodasini topmoqda. 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi yuqoriligi jihatidan jahonda o’ziga 
xos nufuzga ega bo’lgan davlatlar (Niderlandiya, Isroil va b.) bilan hamkorlik mamlakatimiz 
qishloq aholisining ish bilan bandlilik darajasining va eksport salohiyatining ortishi uchun hizmat 
qilmoqda. 
Prezident I.Karimov «...eksport imkoniyatini kengaytirish, jahon bozoriga kirib borish uchun 
avvalo, qimmatbaho xom ashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi 
qo’shma korxonalarni rivojlantirish zarur. Xorijiy sheriklar bilan birgalikda zamonaviy ixcham 
korxonalar barpo etib, ularni mehnat resurslarining manbalari bo’lmish qishloqqa yaqinlashtirish 
lozim»
9
 - deb takidlagani fikrimiz dalilidir. 
O’zbekistonning o’z milliy davlat manfaatlari ustivorligini himoya qilishdagi dastlabki sayi-
harakatlari bois respublikadagi yirik ishlab chiqarish korxonalari endi yig’uvchi emas, balki 
mustaqil faoliyat yuritish va o’zi ishlab chiqaradigan mahsulotlari ustidan egalik qilishi imkonini 
berdi. Ilgari O’zbekiston tashqi savdo aloqalarining eng muhim yo’nalishini - eksportning 83 %dan 
ziyodroq qismi sobiq ittifoq respublikalari bilan amalga oshirilgan bo’lsa, bugungi kunda ushbu 
ko’rsatkichning 65 %dan ortiq qismi uzoq xorij bilan va faqat, 34 %ga yaqini esa yaqin xorij bilan 
amalga oshirilmokda. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 21 oktyabrda halqaro 
valyuta fondiga azo bo’lishi mamlakatimizning halqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishi
iqtisodiyotimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etish va eng muhim loyihalarni moliyaviy taminlashda 
qulaylik yaratayotir. 
«O’zbekinvest» 1994 yil 21 yanvarda tashkil topgan bo’lib, eksport-import sug’urta 
kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya xukumat qaroriga binoan milliy eksportchilarni va xorijiy 
sarmoyadorlarni O’zbekistonda siyosiy, tijorat va tadbirkorlik qaltisliklaridan sug’urtaviy 
himoyalashni taminlash maqsadida tashkil etilgan. Xorijiy sheriklar bilan tuzilgan shartnomalarning 
umuman yoki qisman  bajarilishiga  to’sqinlik  qiluvchi  sheriklar  hatti-harakatlari, xorijiy 
haridorlarning tasdiqlangan to’lovga qodir emasligi yoki bankrot bo’lishi, hukumat kafolatlarining 
noqonuniy ravishda buzilishi kabi qaltisliklar shular jumlasidandir. 
Eng yirik korxonalar va respublika hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari «
 
O’zbekinvest» ning sug’urta himoyasidadir. Ular orasida Ko’kdumaloq neft-gaz kondensati 
                               
9 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Тошкент, «Ўзбекистон», 1998. 146 бет
 

 
127
konini ishga tushirish, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining qurilishi yuqori darajada qulay 
mehmonxona xo’jaligi barpo etish va sayyohlikni,   transport  va  telekommunikatsiya   tarmoqlarini 
rivojlantirish, tamaki, oziq-ovqat, engil, tsellyuloza-qog’oz sanoatini modernizatsiyalash, qurilish 
infratuzilmasini takomillashtirish va ko’pgina boshqa loyihalar bor. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq tashqi aloqalarni kengaytirish mamlakatimiz eksport 
imkoniyatlarini rag’batlantirish maqsadida muhim meyoriy hujjatlar qabul qilinganligi tashqi 
iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish yo’lida quyilgan muxim qadam bo’ldi.      
Shunga ko’ra, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va rag’batlantirish maqsadida iqtisodiy 
munosabatlarda ko’maklashuvchi muassasalarning tashkil etilishi, xorijdagi yuridik shaxslar, 
fuqarolar va respublikamiz xududidagi ajnabiy sarmoyadorlar faoliyati uchun huquqiy 
kafolatlarning belgilanishi hamkorlikka keng yo’l ochamoqda. 
Iqtisodiyot   tarkibini   tubdan   o’zgartirishda   strategik vazifalarni belgilash orqali hom  ashyo 
etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, korxonalarni eng yangi uskunalar bilan 
qayta taminlash jahon talablari darajasidagi raqobatbardosh mahsulot etkazish imkonini bermoqda. 
Bugunga kelib, tashqi aloqalarga keng yo’l ochib berilganligi bois xorijiy sarmoyadorlarning 
qiziqishining ortishi sanoat ishlab chiqarishida sezilarli, zamon ruhiga mos o’zgarishlarning 
bo’lganligi respublikamiz tashqi aloqalar siyosatida kafolatli hamkor sifatida xorijiy investorlar 
ishonchini qozonayotganligi hamda islohotlarning maqsadi ezgulik sari yo’naltirilayotganidandir. 
Prezident I.Karimov 1999 yil 14 aprel birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining XIV sessiyasidagi maruzasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning butun tizimini 
tubdan qayta ko’rib chiqish lozimligini, mamuriy cheklashlar orqali boshqarish usullari ustunlik 
qilmasligi kerakligi, jahonda qabul qilingan marifiy shakllarga tezroq o’tish va Butun dunyo savdo 
tashkilotlariga azo bo’lishga erishish darkorligini qayd etdi. 
1.  O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy aloqalarning qonuniy asoslari 
Tashqi   iqtisodiy   faoliyatni   amalga   oshirishning   asosiy tamoyillari tartibi "O’zbekiston 
Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risidagi" Qonunda mustahkamlangan. Ushbu qonun 
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining huquqlari, manfaatlari va mol-mulkini xalqaro 
huquqlarning umumiy mulkchilik shakllaridan qatiy nazar himoya qilinishini taminlab, respublika 
iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishining huquqiy asosini yaratadi. Qonunning amal 
qilishi tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha turlari va shakllariga, shu jumladan iqtisodiy, ilmiy-
texnik, madaniy hamkorlikka, kadrlar tayyorlashga, tashqi va chegara savdosiga, sug’urtaga, bank, 
transport operatsiyalariga, turizm va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi boshqa faoliyatga 
tatbiq etiladi. 
Qonun O’zbekiston Respublikasi davlat organlarining chet el sarmoyasiga nisbatan 
munosabatini belgilab beradi va xorijiy sheriklar bilan hamkorlik istiqbollarini    hisobga    oladi,    
o’rnatilayotgan    munosabatlarni barqarorligini   kafolatlaydi,   chunki   kapital   qo’yilmalarining 
samaradorligi ko’p jihatdan tuzilayotgan bitimning amaliy tus olishiga bog’liqdir. 
 Qonun xorijiy firmalarga bitim tuzish va mahsulotlarni eksport qilish hamda foydani chetga 
olib chiqib ketish huquqini  amalga oshirib, foyda olish imkonini beradi. Qonun xorijiy 
sarmoyadorlarning mol-mulki musodara qilinmasligini kafolatlaydi (16-modda). 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tovarlar eksportini rag’batlantirish va import 
operatsiyalarini tartibga solish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi" 1997 yil 10 
oktyabrdagi PF-1871 son Farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 
yil 31 martidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi 137 sonli qarori tashqi iqtisodiy faoliyatni 
faollashtirishga, xorijiy investorlarni himoya qilishni taminlashga, respublikaning eksport 
imkoniyatlaridan samarali foydalanishga ichki bozorni eng zarur tovarlar bilan to’ldirishga, 
qo’shimcha kapital qo’yilmalar, ilg’or texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etishga qaratildi. 
Yuqorida qayd etilgan hujjatlarga asoslanib, tegishli vazirliklar birgalikda yagona yo’riqnomalar  
ishlab chiqdilar. 
"Eksport va import kontraktlarini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro’yxatdan o’tkazish 
tartiblari", "Eksport-import yuklarini bojxona organlarida rasmiylashtirish tartibi", "Korxonalar o’zi 
ishlab chiqargan eksportga jo’natilayotgan tovarlarni, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar 

 
128
o’z ehtiyojlari uchun import qiladigan mahsulotlarni aniqlash qoidalari shuningdek tovarlar ishlab 
chiqarilgan mamlakatni aniqlash qoidalari" tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga  bir qancha 
qulayliklar yaratmoqda.   
Tashqi iqtisodiy faoliyatni katta korxona va tashkilotlarda olib borilishida asosan 
markazlashtirilgan tartib qo’llanilmoqda. Lekin, Prezidentimiz takidlaganlaridek - bu bilan tashqi 
iqtisodiy faoliyatda katta yutuqlarga erisha olmaymiz. Bugungi eng muhim masala - kichik va o’rta 
korxonalarni rivojlantirish, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni eksport qilishda keng imkoniyat 
va imtiyozlar tashkil qilib berishdir. 
Shuning uchun, Prezidentning 1994 yil 21 yanvardagi "Iqtisodiy islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risidagi", 1998 yil 9 apreldagi "Xususiy tadbirkorlik kichik va o’rta biznesni 
rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi" farmonlari xususiy 
tadbirkorlik kichik va o’rta biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, 
tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit 
resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoitlar 
yaratdi. Masalan, xalq istemol mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan,  nizom jamg’armasida 
xorijiy sarmoya ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan qo’shma korxonalar xorijiy valyutani O’zbekiston 
Markaziy bankiga majburiy sotishdan ro’yxatga olingan kundan boshlab, 5 yil muddatga ozod 
qilindi. O’zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga azo bo’lgan kichik va 
o’rta korxonalar agar, ular ishlab chiqarish, tamirlash-qurilish, maishiy va kommunal xizmat 
ko’rsatish bilan shug’ullansalar  O’zbekiston  Respublikasi  soliq  kodeksining  31-moddasining 18-
bandi tatbiq etiladi. Yani bir necha soliq imtiyozlariga ega bo’ladilar. Jumladan, Respublika 
investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga sarmoya qo’yuvchi qo’shma korxonalarni birinchi etti 
yilda soliq solishdan ozod qiladi. Eksportga yo’naltirilgan yoki importning o’rnini bosuvchi 
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalarga soliq imtiyozlari beriladi. 
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan so’ng va bozor iqtisodiyotiga 
o’tish davomida respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va xalq xo’jaligining 
ahamiyatini dunyo miqyosiga olib chiqish zarurati tug’ildi. 
Bunday rivojlanishning bir yo’nalishi Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) davlatlari bilan 
to’g’ridan-to’g’ri va ko’p tomonlama aloqalarni yo’lga qo’yishdir. Hamdo’stligi  1991 yil 21 
dekabrda tuzilgan bo’lib, Almati shahrida o’n bitta mustaqil davlatlar rahbarlari boshliqlari o’zaro 
aloqalar deklaratsiyasini qabul qildilar. MDH davlatlaridan Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston 
Respublikasi, Belorus Respublikasi, Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi, Moldova 
Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, 
O’zbekiston Respublikasi va Ukraina Respublikasi ko’p tomonlama va o’zaro manfaatli iqtisodiy 
aloqada bo’lishligini kelishib olishdi.  
O’zbekiston mazkur hamdo’stlik g’oyasini qo’llab-quvvatladi va shu o’rinda tashkilotchilar 
ro’yxatiga kirdi. 
1993 yil 23 dekabrda Minsk shahrida MDH nizomi qabul qilindi, unda hamdo’stlikning  aniq 
maqsadi va qoidalari tasdiqlandi. Bu nizomda hamdo’sdlikdagi davlatlar o’z hatti-harakatlarini 
xalqaro huquq meyorlari asosida olib borishlari takidlangan. hamdo’stlikning maqsadlari nizomda 
belgilanganidek -iqtisodiy, siyosiy, ekologik manaviy va boshqa masalalarda hamkorlik qilish, 
xalqaro huquq meyoriy hujjatlari asosida inson ozodligi va huquqini taminlash; davlatlar orasida 
hamkorlik qilish va xalqaro miqyosda qurolsizlanishni amalga oshirish; erkin muomala qilishda 
davlat fuqarolariga sharoit yaratish; hamdo’stlik davlatlariga borib kelishni tartibga solish va 
taminlash; o’zaro huquqiy yordam berish va boshqa huquqiy aloqalarda hamkorlik qilish; 
hamdo’stlik davlatlari orasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni tinch yo’l bilan hal 
qilish kabi masalalarni o’z ichiga olgan.        

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling