O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


VIII bob. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49

VIII bob. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA

IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY VA MADANIY HAYOT

Tayanch so‘z va iboralar: Siyosiy tarqoqlik. Amir Temur. Amir 

Temur – mar kazlashgan davlat asoschisi. Amir Temur yurishlari. Temur 

tuzuk lari. Movarounnahr. Xuroson. Shohrux Mirzo. Mirzo Ulug‘bek. 

Hu sayn Boyqaro. Madaniyat. Ulug‘bek akademiyasi. Alisher Navoiy.

1. 


Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi.

Markaziy davlat boshqaruvining takomillashuvi

Amir Temur Vatanimiz tarixida, o‘zbek davlatchiligi taraq-

qiyotida be qiyos xizmat ko‘rsatgan shaxs. Amir Temur jahon xal-

qlari tarixida bu yuk davlat arbobi, mashhur sarkarda sifatida e’ti-

rof topgan yorqin siymodir. Afsuski, Amir Temur nomi sobiq mus-

tamlakachilik va mustabid tu zum davrida qoralanib, avlodlar nazari-

dan chetga surilib kelindi. Bi roq o‘zbek davlatchiligini qayta tiklagan, 

buyuk davlat darajasiga ko‘targan, jahonga shuhrat taratgan Amir 

Temur ning tarixiy xizmatini jahon afgor ommasi nazaridan yashi-

rish, uni qatag‘on zanjirida ushlab turish vaqti o‘tdi. Istiqlol tufay-

li o‘z ona tariximizni xolisona yoritish, tarixiy haqiqatni qaror topti-

rish baro barida Amir Temur bobomizning nomini, nuroniy qiyofa-

sini tiklash baxtiga muyassar bo‘ldik. Yurtboshimiz Islom Karimov 

tashab busi bilan 1996-yilning Amir Temur yili, deb e’lon qilinishi va 

shu yili buyuk bobokalonimiz tavalludining 660-yilligining mamla-

ka ti mizda hamda UNESCO ta shab busi bilan butun dunyo miqyosi-

da keng nishonlanishi – bu hozirgi minnatdor avlodlarning, qolaver-

sa, jahon ahlining bu buyuk zotga, uning ulug‘vor ishlariga bildirgan 

cheksiz hurmati va e’zozi ramzidir.

Adolat va insof bilan tangri yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi 

qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat 

yuza sidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar 

ko‘ng lidan joy oldim.

Amir TEMUR


152

Amir Temurning

shaxsiy fazilatlari

♦ ma’rifatparvarlik, ilmparvarlik;

♦ donishmandlik;

♦ raiyatparvarik;

♦ adolatparvarlik;

♦ kechirimlilik;

♦ olijanoblik;

♦ mardlik, bahodirlik;

♦ qattiqqo‘llik;

♦ irodalilik;

♦ jasurlik;

♦ sobitlik, vazminlik, chidamlilik;

♦ sabr-bardoshlilik, insoflilik;

♦ mehribonlik, muruvvatpeshalik.



«Hamisha xalq g‘amini, yurt g‘amini o‘ylab yashagan Sohib qi-

ron yovlar oyo g‘i ostida toptalgan o‘lkani dunyoning eng qudratli sal-

ta na ti ga ay lantirgan edi. Kelinglar, aziz do‘stlar, barchamiz yakdil 

bo‘lib, halol meh natimiz, aql-u zakovatimiz, Vatanga muhabbatimiz 

bilan O‘zbekistonni ja hon havas qiladigan buyuk davlatga aylan ti ray-

lik. Bu yo‘lda boboka lonimizning: «Adolat va ozodlik – dasturingiz, 

rah barin giz bo‘lsin!» degan dono o‘gitlari doimiy shiorimiz bo‘lsin».

Islom KARIMOV

Amir Temur turkiy barlos urug‘ining biy (urug‘ oqsoqoli)laridan 

bo‘l  mish Muhammad Tarag‘ay va Buxoro shariat qonunlari sharh-

lovchisining qizi Takina Mohbegimlarning farzandi bo‘lib, 1336-

yil da Shahrisabzga yaqin Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topgan. 

Uning to‘liq ismi Sohibqiron Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn 

Amir Barkuldir. Temur siyosiy kurash maydoniga kirib kelgan XIV 

asrning 60-yillarida mo‘ 

g‘ul larning Chig‘atoy ulusi hukmron 

ligi 


da vom etayotgan edi. 1346-yili Chig‘atoy ulusi xoni Qo zon xon Amir 

Qazog‘on tomonidan o‘ldiriladi. 1358-yilda Amir Qazog‘on ham 

o‘ldi rila di, ulusda parokandalik jarayoni kuchayadi. O‘lkaning tur-

li hudud larida mustaqillik da’vosi bilan ish ko‘rayotgan 10 ga yaqin 

ma  hal liy bekliklar, chunonchi, Xorazmda so‘fiylar, Qashqadaryoda 

bar loslar, Ohangaron vodiysida jaloyirlar, Buxoroda sadrlar, Termiz 

atro fida sayidlar amirlarining va hokazo kuchlarning ajratuvchilik 

harakatlari yurt butunligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgandi. Ulus o‘nta-

cha mustaqil bekliklarga bo‘lingan bo‘lib, ularning beklari o‘rtasida 


153

doimo nizo, janjal bo‘lardi. Buning ustiga o‘z hukmron ligini mustah-

kamlash maqsa dida 1360-yilda Movarounnahrga katta qo‘shin tor-

tib kelgan Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temur

31

 xuruji ham dard usti-



ga chip qon bo‘lgan edi. Bunday qaltis va zi yatda siyosiy ku rash may-

donida hozir bo‘lgan yosh Temurbek oldida nihoyatda ehtiyot korlik, 

aql-zakovat bilan ish ko‘rish, o‘z atrofiga yurt parvar, vatan parvar 

kuchlarni to‘p 

lash, so‘ngra qulay imkoniyat tug‘ilishi bilan yurt 

dush man lariga qaqshatqich zarba berish vazifasi turardi.

Temurbek uddaburonlik bilan o‘ziga xos taktika qo‘llab, o‘zi-

ning bosh orzu-maqsadlaridan voz kechmagan holda, vaziyat taqo-

zosi bi lan vaqtdan yutish, ishonchli kuch topish uchun vaqtincha 

1361-yil da Tug‘luq Temur xiz matiga kiradi. Biroq bir yil muddat 

o‘tar-o‘t may Balx hokimi, Amir Qazog‘onning nabirasi Amir Husayn 

bilan do‘stlashib, u bilan birga likda yurt birligi va ozodligini tiklash-

ga kirishadi. U 1362–1364-yil lar da mo‘g‘ul qo‘shinlariga bir necha 

marta zarba beradi.

Tug‘luq Temurning o‘g‘li Ilyosxo‘ja 1365-yil bahorida Mo varo-

un   nahrga yurish qiladi. Chinoz atrofida, Sirdaryo bo‘yidagi «Loy 

jangi»da Amir Temur va Amir Husayn qo‘shinining Ilyosxo‘ja bosh-

liq – mo‘g‘ul qo‘ 

shinidan kutilmaganda yengilishi Amir Temur 

uchun juda katta saboq bo‘ldi. Ilyosxo‘ja qo‘shinlari Samarqandga 

t omon yurdi. Mahalliy aholi mudofaaga ko‘ ta rildi, bu harakat sar-

badorlar harakati nomi bilan mashhur. Harakatga tolibi ilm vaki-

li Mavlonozoda, jun tituvchilar oq soqoli Abu Bakr Kalaviy va mohir 

mergan  Xo‘rdaki Buxoriylar bosh chilik qiladilar. Jome masjidida 

to‘plangan 10 mingga yaqin aholi Mav lonozoda da’vati bilan mo‘-

g‘ul larga qarshi kurashda faol qatna sha  dilar. Ilyos xo‘ja Samarqand-

da katta zarbaga uchrab Mo varoun  nahr dan chiqib ketishga majbur 

bo‘ladi. Samarqandda hokimi yat sarbadorlar qo‘liga o‘tadi. Ular xalq 

turmushini yaxshi lashga qara til gan tadbirlar ko‘ra dilar, mo‘g‘ullarga 

tarafdorlik qilgan larning yer va mulklari musodara etiladi.

Samarqand sarbadorlari g‘alabasidan xabar topgan Amir Husayn 

va Amir Temur 1366-yil bahorida Samarqandga keladilar. Amir 

Hu sa yn hiylasi bilan sarbadorlar boshliqlari qo‘lga olinib, o‘ldirila-

di. Amir Temurning sa’y-harakat lari tufayligina Mavlonozoda tirik 

qo la di. Amir Hu  sayn Movarounnahrda Amir Te mur ni qoldirib o‘zi 

Xurosonga ketadi.

31

 Bu yerda gap Chig‘atoy ulusining bo‘linishi natijasida tashkil topgan 



Mo‘g‘iliston nomi bilan atalgan xonlik hukmdori to‘g‘risida boryapti.

154

Amir Temurning keyingi jo‘shqin faoliyati davomida uning Amir 

Hu sa yn bilan ittifoqi mustahkam bo‘lolmadi. Tabiatan shuhratparast, 

hokimiyat parast shaxs bo‘lgan Amir Husayn qanday qilib bo‘lma-

sin Amir Temurga pand berish, unga xiyonat qilishdan qaytmay-

di. Shara fiddin Ali Yaz diy aytgan idek, «Ularning o‘rtalarida sadoqat 

va do‘st lik munosabati yaqin lik va qarin doshlik aloqasi bilan qat’iy 

qilingan edi. Ammo Amir Husayn ning ko‘n gli makr va g‘addorlik 

o‘y-xayoli dan bo‘shamasdi» (Sh. Yazdiy. «Zafar noma». 207-bet).

Xalqimizda «birovga choh qazisang, o‘zing yiqilasan» deyil gani-

dek, Amir Husayn ham o‘zi qazigan chohga o‘zi yiqildi. Vaziyat 

taqozosi bilan Amir Temur Amir Husayn o‘rnashib olgan Balxga 

1370-yilning bahorida qo‘shin tortib boradi va uni mahv etadi. Shun-

dan so‘ng Amir Temur Movarounnahrning yagona hukmdori bo‘lib 

qoldi. Samarqand mamlakat poytaxtiga aylandi. Yurtni boshqa-

rish jilovini qo‘lga kiritgan Amir Temur oldida hali g‘oyatda katta, 

murak kab vazifalar ko‘ndalang bo‘lib turardi. Eng asosiysi, mamla-

kat hudud larini birlashtirish, yagona markazlashgan davlat tuzishdan 

iborat bosh vazifani hal etish kerak edi. Busiz mamlakat taraqqiyoti-

ni olg‘a bostirish, uning dovrug‘ini jahon miqyosiga ko‘tarish mum-

kin emasdi. Shu boisdan, dastlab Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi 

hu dudlar diplomatik yo‘1 bilan birlashtirildi.

Amir Temur sharqiy hududlarni mo‘g‘ullar ta’siridan ozod etish 

uchun 1370-yil oxiri va 1371-yil boshida Sharqiy Turkiston tomon 

yurish qiladi. Mo‘g‘ul xoni Kepak Temurga qaqshatqich zarba be radi, 

Farg‘ona mulki va boshqa bir qator hududlar egal lanadi. Ko‘p o‘t-

may, Afg‘oniston shimolidagi Shibirg‘on viloyati ham uning tasar-

rufi ga olindi.

Tarixiy manbalarda Amir Temurning Mo‘g‘uliston tomon 7 marta 

harbiy yurishlar qilgani tilga olinadi. Uning qudratli mo‘g‘ul hukm -

dorlaridan sanalgan Amir Qamariddin bilan olib borgan ko‘p yillik 

urushlari mamlakatining sharqiy hududlarini mo‘g‘ullar asorati dan 

xalos qilish, yurt tinchligi, osoyishtaligini qaror toptirishga qara tilgan 

edi. O‘z tasarrufida Qoshg‘ar, Issiqko‘l va Yettisuv voha sini birlash-

tirgan hamda 1369-yili Ilyosxo‘jani taxtdan ag‘darib, Mo‘g‘u liston 

xoni bo‘lib ko‘tarilgan Qamariddin bilan 1370–1389-yillar davo mida 

Amir Temur hayot-mamot jang lari olib bordi. Bu jang-u ja dal lar 

oqibatida Movarounnahrga qarashli aso siy shar qiy hududlar uning 

tarkibiga qo‘shib olindiki, bu hol yurtimiz hududida markaz lashgan 

davlatning vujudga kelishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.



155

Amir Temur 

tomonidan

markazlashgan 

qudratli

davlatga asos 

solinishi

♦ 1361–1365-yillar Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temur-

ning o‘gli Ilyosxo‘jaga qarshi urushi

♦ 1370-yili Amir Husaynga qarshi Balxga yurish va uni 

bartaraf etishi.

♦ 1370–1371-yillarda Farg‘ona, O‘tror, Yassi, Tosh   kent, 

Hisor, Badaxshon, Qunduz bo‘ysun dirildi.

♦ 1381-yili Hirot, Seyiston, Mozandaron, Saraxs, Sabza-

vor bo‘ysundiriladi.

♦ 1371–1389-yillarda jami 7 marta Mo‘g‘uliston hukm-

dori Amir Qamariddinga qarshi jang-u jadallar olib bo ril-

di va sharqiy, shimoliy hududlar yurtga birlashtirildi.

♦ 1371-, 1373-, 1375-, 1379-, 1388-yillarda Xo razm  dagi 

so‘fiylar sulolasi hukmdorlari: Husayn, Yusuf va Sulay-

mon so‘fiylarga qarshi olib borilgan urushlar va Xorazm-

ning yurt tarkibiga qo‘shib olinishi.

Jadvaldan ko‘rinib turganidek, Amir Temur o‘z salta nati tar kibi-

ga Xorazm mulkini ham qo‘shib olish uchun ko‘p sa’y-hara katlarda 

bo‘ladi. Chingizxon tomonidan Jo‘ji ulusiga berilgan Xo ra zm yer-

lari Oltin O‘rdadan mustaqil bo‘lib, hokimiyat tepasida Qo‘ng‘irot 

so‘fiylari turardi. Keyinroq ikkiga bo‘linib, janubiy qismi Chi g‘a-

toy ulusiga bo‘ysundirilgan edi, ammo Qo‘ng‘i rot so‘fiylari ja nu biy 

qism ni ham fath etadi. Amir Temur esa butun Xorazmni o‘z ulusi-

ning tarkibiy qismi, deb hisoblar edi. Shu bois, Xorazmni o‘z tasar-

rufiga olish uchun bir necha marta yurish qiladi. 

1388-yilda bo‘lgan so‘nggi Xorazm yurishi natijasida Sulaymon 

so‘fiy hukmronligi ag‘darilib, bu o‘lka Amir Temur saltanati tarki-

biga uzil-ke sil qo‘shib olindi. Shunday qilib, Amir Temur bir necha 

yillar da vom etgan qonli ku rash lar, muhim tadbirlar, kezi kel gan da 

dip lo matik aloqalarni muvaf faqiyatli qo‘llash natijasida mam la katni 

mo‘ g‘ul lar zulmidan ozod etdi, siyosiy tarqoqlik, o‘zaro nizolarni 

bar taraf qildi. Movarounnahr va Xuroson hududlari bir lash tirilib, 

yagona mar kaz lashgan davlat barpo etishga muvaffaq bo‘lindi.

Amir Temur kuchli, markazlashgan davlat barpo etish barobarida 

o‘z qudratini jahonga mashhur qilish, hududlarini kengayti rish maq-

sadida XIV asrning 80-yillaridan e’tiboran xorijiy yurtlar tomon ko‘p-

lab harbiy yurishlar uyushtiradi. Uning 1386–1388-yillardagi «uch 

yillik», 1392–1396-yillardagi «besh yillik» va nihoyat 1399–1404-

yillardagi «yetti yillik» yurishlari xuddi shu maqsadlarga qaratil gandi. 

Bu harbiy yurishlar davomida Eron, Kavkazorti hudud lari, Shimoliy 



156

Hindiston, Suriya, Iroq yerlari, Kichik Osiyoning talay qismi egal-

lanadi. Shu tariqa qudratli saltanat vujudga kelib, uning dovrug‘i 

butun olamni tutdi. Biroq kezi kelganda shuni ta’kidlash joiz-

ki, So hibqironning ko‘plab jahongirlik yurishlariga faqat bir yoqla-

ma nuqtayi nazardan baho berib bo‘lmaydi. Negaki, bu yurishlar 

goho mamlakat hududlariga tajovuz qilgan ajnabiy kuchlarga zar-

ba be rish, goho muqaddas islom ta’limoti g‘oyalarini, ularni tahqir-

lovchilaridan himoya qilish yoxud Sohibqiron yurtiga mut tasil dush-

manlik qilib kelgan xorijiy davlatlarga nisbatan so‘nggi



 chora sifati-

da amalga oshirilgan. Jumladan, Amir Temurning Oltin O‘rda xoni 

To‘xta mish ga qarshi bir necha marta (1389-, 1391-, 1395-yy.) olib 

bor gan jang-u jadallari, eng avvalo, yurt osoy ishtaligi, uning hu dudiy 

yax litligini ta’minlash maqsadiga yo‘naltirilgan edi. Ayniqsa, To‘xta-

mishning Xorazm yerlariga da’vosi bunda muhim sabab   lardan biri 

bo‘lgan. Amir Temur tomonidan Oltin O‘rdaning mahv etilishi esa, 

tabiiy ki, uning tarkibiga kirgan hududlarning, chu nonchi, rus knyaz -

lik larining mustaqillikka erishuvida alohida aha miyatga ega bo‘l  gan-

ligi ham tarixiy faktdir.

Shuningdek, Sohibqiron qo‘shinining Turkiya sultoni Boyazid 

kuch lari bilan 1402-yilda Anqara yaqinida bo‘lib o‘tgan hayot-ma-

mot uru shi ham, avvalo, turk sultonining qaysarligi, manmanligi, 

muro sasizligi, adolat talabi ga qo‘l siltaganligi tufayli yuz bergan. Bu 

be omon jangni o‘z foydasiga hal etgan Amir Temur esa ayni paytda, 

o‘z qudratini nafaqat Sharqda, balki G‘arbda ham namoyish etishga 

musharraf bo‘ladi. Shu buyuk g‘alabadan so‘ng G‘arbiy Yevropaning 

Angliya, Fransiya, Ispaniya singari nufuzli davlatlari va ularning 

hukmdorlari Amir Temur bilan yaqindan aloqa bog‘lash, hamkor-

lik qilish, ayniqsa, savdo-sotiq munosabatlarini o‘rnatishga faol yo‘l 

tut gan   liklari buning yaqqol dalilidir. Darhaqiqat, Amir Temurning 

naqadar uzoqni ko‘ra bilish salohiyatini uning Yevropa hukmdorla-

ri – Fransiya qiroli Karl VI (1380–1422), Angliya qiroli Genrix IV 

(1399–1413), Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390–1407) bilan 

diplo matik aloqalari va yozishmalaridan ham bilsa bo‘ladi. Jumla-

dan Fransiya qiroli Karl VI ga yo‘llagan maktubida savdo aloqalarini 

yo‘lga qo‘yishni taklif qilib «Dunyo savdo ahli bilan obod bo‘lajak», 

degan fikrni bildirgan edi. Fransiya qiroli 1403-yil 15-iyunda yozgan 

javob xatida taklifni mamnuniyat bilan qabul qilganini bildiradi. Bu 

davrga kelib, Buyuk Ipak yo‘li shuhratining yanada ortishi davomida 

Movaroun nahr va Xuroson dunyoning turli mamlakatlari bilan har 


157

jihat dan yaqindan bog‘lanib, xalqaro karvon savdosining eng muhim 

markaziga aylandiki, bu esa Vatanimizning iqtisodiy, madaniy va 

ma’ naviy yuksalishiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Amir Temur qudratli saltanatni barpo etar ekan, uni odillik bilan 

idora qilish, boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishga ham alo-

hi da ahamiyat berdi. U o‘zbek davlatchiligining somoniylar, qora-

xoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, xorazmshohlar davrida tar 

kib 

topib, rivojlanib borgan tizimi, tartib-qoidalari, huquqiy asoslari-



ni yangi tarixiy davrning talab-ehtiyojlariga moslab yanada takomil-

lashtirdi, ularga yangicha ruh, mazmun va sayqal berdi.

Amir Temur o‘zigacha shakllangan o‘zbek davlatchiligining asos  -

lariga izchil amal qilish bilan birga ularni mazmunan boyitishga jid-

diy hissa qo‘shdi.

Amir Temur milliy davlatchilik asoslarini rivojlantirishda, ja mi-

yat rivoji da barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutish va 

ular ning manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor berdi. Shun-

dan ke lib chiqib, Amir Temur dunyo tarixida birinchi bo‘lib jamiyat 

ijtimoiy tarkibini 12 tabaqaga ajratib, ularning har birining alohida 

mav  qeyi, manfaat larini, shunga muvofiq keladigan davlat va jami-

yatning o‘zaro munosabatlarini belgilab bergan.

Uning davrida boshqaruv ikki idoradan, ya’ni dargoh va vazir lik -

lardan iborat bo‘lgan. Dargoh tepasida oliy hukmdorning o‘zi tur-

gan. Mamlakat va davlat ahamiyatiga molik masalalar uning ko‘rsat-

masi bilan hal etilgan.

Dargoh faoliyatini boshqarish, uning vazirliklari, mahalliy hoki-

miyat idoralari va umuman saltanatda kechayotgan jarayonlar bilan 

bog‘liq ishlar oliy devon zimmasida bo‘lgan. Oliy devonda har kuni 4 

vazir, ya’ni ijroiya idoralari nomidan bosh vazir, harbiy vazir, mulk-

chilik va so  liq ishlari vaziri, moliya vaziri hozir bo‘lib, o‘ziga xos 

ravishda hukm dorga hisob berib turgan.

Sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruviga xos eng mu him 

xu  su  si  yat laridan biri unda adolat me’zoniga alohida ahamiyat be ril-

gan ligidir. U har doim «Kuch – adolatda!» deb ta’kidlar va unga 

amal qilardi. Uning davlat boshqaruvi tizimi masalalariga bag‘ish-

langan mashhur tuzuklarida ham har bir ishda adolat me’zoniga 

amal qilishlik, nohaq lik, adolatsizlikka nisbatan murosasizlik g‘oya-

si chu qur ifodalan ganligi bejiz emas. Zero, xoh moliya-soliq tizi-

mida, xoh sav do-tijo rat sohasida yoxud mulkiy masalalarda bo‘lsin, 

hamma nar  sa da odi lona, qonunchilik qoida lari, talablariga asosla-


158

nib ish yuri tish Amir Te mur ning qat’iyat va izchillik bilan o‘tkazgan 

davlat chilik siyo  satining asosiy me’zoni bo‘lgan. O‘z amali, mansa-

bini suiiste’ mol qi lish, poraxo‘rlik, maishiy buzuqlik kabi og‘ir jino-

yat lar sana lib, ularni sodir etuvchilar qattiq jazolangan. Amir Temur 

tu zuk  lariga asos qilib olingan davlatchilik siyosati ning muhim jihati 

yana shundan iboratki, uning davrida har bir soha ga kadrlar tan-

lash, la  vo  zim larga tayinlashda ularning iqtidoru qobiliyatiga, bilimu 

iste’ dodiga, nasl-nasabiga alohida e’tibor beril gan. Davlatga sado-

qat bilan xiz mat qilgan xodimlar doimo rag‘batlantirilib, martabala-

ri oshirib borilgan.

Davlatning siyosiy boshqaruv tizimi

Mamlakatda diniy

hokimiyat tizimi

quyidagi tarzda

boshqarilgan



 Shayx ul-islom.

♦ A’lam.

♦ Qozi kalon.

♦ Sadri a’zam.

♦ Muhtasib.

♦ Qoziyi ahdos.

♦ Qozi askar.

♦ Mudarris.

♦ Mutavalli.



159

2. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson

Garchand Amir Temur qudratli saltanat barpo etib, uning 

hu dud  larini Sharq-u G‘arbga, Shimol-u Janubga kengaytirib, iqtiso-

diy, ma  daniy va ma’naviy jihatlardan yuksaltirib, dovrug‘ini olamga 

mash  hur qilgan bo‘lsa-da, biroq uning vafotidan keyin mamlakat 

ta naz  zulga uchrab bordi. Buning asosiy sababi avvalo shundaki, Amir 

Temur tasarrufiga kirgan ellar va yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq 

ma so  fa larga cho‘zilgan bo‘lib, ularni yagona bir markazdan turib 

uzoq vaqt boshqarish murakkab edi. Buning ustiga ulardagi mavjud 

turli-tuman muxolifatchi kuchlar ertami-kech o‘z hududiy mustaqil-

ligi uchun harakat qilishlari tabiiy edi.

Sohib qiron saltanatini zaiflashtirish va parchalanishga olib kel-

gan mu him omillardan yana biri – temuriy shahzodalar o‘rtasida toj-

taxt uchun boshlanib ketgan va bir necha yillarga cho‘zilgan o‘zaro 

be sa mar urush-u nizolar bo‘ldi. Amir Temur Xitoy yurishiga otlan-

gan bir paytda, O‘trorda 1405-yil 18-fev ral da kasallanib vafot etgan 

payt da, uning 4 o‘g‘lidan 2 nafari (Mironshoh va Shohrux Mirzo-

lar) va 19 ta nevara, 15 chevara, shu ningdek, qizlari – Og‘a begim, 

Sulton Baxt begim va Og‘a begim ning o‘g‘li Sulton Husayn Mirzolar 

qolgan edi. Amir Temur vasiya tiga ko‘ra, uning o‘rnini Qobul, Qan-

dahor va Shimoliy Hind yerlarini bosh  qarib turgan nabirasi Pirmu-

hammad (Jahongir Mirzo o‘g‘li) egal lashi kerak edi. Biroq shahzoda 

Xalil Sulton (Mironshoh o‘g‘li)ning o‘zboshim chalik bilan Samar-

qandni egallab, o‘zini hukmdor deb e’lon qilishi, tabiiyki, boshqa 

shahzoda larning ham qo‘zg‘alishiga, saltanatning darz ketishiga olib 

keldi. Buning oqibatida tez orada g‘arbiy hudud larning ancha qismi 

musta qil bo‘lib ajralib ketdi. Ozarbayjon tomon da turkmanlarning 

oq quyunli va qora quyunli sulolalarining Temur saltanatiga bo‘y sun-

maslik va unga nisbatan qarshilik harakati kuchay di. Amir Xudaydod 



va Shayx Nuriddinlar esa Movaroun nahrning turli hududlarida bosh 

ko‘tardilar. Faqat qat’iyatli, shijoatli Shohrux Mirzo bu qonli nizolar, 

urushlarga barham berib, Xuroson va Mova roun nahrda hokimiyat 

jilovini qo‘lga kiritadi. U 1409-yilda Mo varoun  nahrdagi vaziyatni 

o‘z foydasiga hal etib, uni katta o‘g‘li Ulug‘bek ka topshiradi, o‘zi esa 

Xuroson hukmdori bo‘lib qoladi (1396–1447).



Mirzo Ulug‘bekning asl ismi Muhammad Tarag‘ay bo‘lib, u 1394-

yilda Sultoniyada tavallud topgan. Bobosi Amir Temur unga kat-

ta mehr bilan qarab yoshligidan o‘z tarbiyasiga olgan. Ulkan tug‘ma 


160

iste’ dod, aql-zakovat sohibi bo‘lgan Ulug‘bek (Sohibqiron xonado-

nida uni shunday nom bilan erkalashgan) davlat boshqaruvini pux-

ta egallashdan tashqari, diniy va dunyo viy bilimlarni ham yetarli 

darajada o‘zlashtirgan. U Movarounnahr taxtini egallaganida endi 15 

yosh ga to‘lgan edi. Mirzo Ulug‘bek hukmronligi (1409–1449) temu-

riylar saltanatining an’anaviy rivoji va muhim ijtimoiy o‘zga rish lar 

yo‘lidan ilgarilab borishida alohida davrni tashkil etadi. Negaki, bun-

da donishmand hukmdorning sa’y-harakatlari, to‘g‘ri yo‘naltiril gan 

siyosati tufayli mamlakat daxlsizligi, tinchligi va osoyish taligi nisba-

tan ta’minlandi. Bu esa uning iqtisodiy, madaniy va ma’naviy ravna-

qiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘sha davr tarixchilarining yakdil 

fikricha, Ulug‘bek bobosi davridagi boshqaruv tizimini, barcha tar-

tib-qoidalarni to‘la saqlashga harakat qilgan. Soliq va moliya siyosa-

tida ham bunga amal qilgan. To‘g‘ri, Ulug‘bek Amir Temur singari 

jang-u jadallarga qiziqmadi. Bu sohaga uning ortiqcha rag‘bati ham 

bo‘lmagan. Faqat zaruriyat taqozo qilgandagina u harbiy yurishlarga 

otlangan. Masalan, 1414-yilda Farg‘ona hukmdori shah  zo da Ahmad



Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling