O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 92.61 Kb.
bet1/8
Sana06.06.2020
Hajmi92.61 Kb.
#115333
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ozbekiston tarixini organishda arxiv manbalaridan foydalanish-конвертирован

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


Qo’lyozma huquqida

UDK

ESIRGAPOV BUNYOD IBRAGIMOVICH


O’ZBEKISTON TARIXINI O’RGANISHDA ARXIV MANBALARIDAN FOYDALANISH”


5A 150204–Muzeyshunoslik, konservatsiya va badiiy yodgorliklarni saqlash mutaxassisligi bo’yicha

magistr akademik darajasini olish uchun taqdim etilgan

DISSERTATSIYA

Ilmiy rahbar: t.f.n.dots. Rajabova D. Rasmiy taqrizchilar: dots. Ergashev B. E.


dots. Toirov A. E.

Magistrlik dissertatsiyasi tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasining -maydagi majlisida muhokama qilingan va YADAKga himoya uchun tavsiya etilgan ( -son bayonnoma).

Kafedra mudiri: dots. Ergashev B. E.

Magistrlik dissertatsiyasi YADAKning 2016-yil -iyundagi majlisida himoya qilingan va ball bilan baholangan ( -son bayonnoma).



YADAK raisi:

A’zolari:




SAMARQAND – 2016

M U N D A R I J A

KIRISH 3-9

  1. BOB. O’ZBEKISTONDA ARXIV MUASSASALARINI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

    1. O’zbekistonda arxiv muassasalarining vujudga kelishi 10-19

    2. O’zbekistonda arxiv muassasalarini turlari, maqsad va vazifalari…20-30

  2. BOB. O’ZBEKISTONNING QADIMGI VA O’RTA ASRLAR TARIXINI O’RGANISHDA ARXIV HUJJATLARIDAN FOYDALANISH

    1. Tuproqqal’a va Sug’d arxivi tariximizni o’rganishda muhim manba 31-38

    2. Qo’qon xonlari arxivining O’zbekiston tarixini o’rganishdagi o’rni.39-49

    3. Xiva xonligi va Buxoro amirligi tarixini o’rganishda arxiv hujjatlarining o’rni 50-60

  1. BOB. MUSTAMLAKA VA MUSTABID TUZUM DAVRINI O’RGANISHDA ARXIV HUJJATLARINING O’RNI

    1. Mustamlaka va sovet davri tarixini o’rganishda О’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida

saqlanayotgan hujjatlarning ahamiyati 61-70

  1. 2. Mustamlaka davrida Turkiston tarixini o’rganishda arxiv fondlaridan foydalanish 71-75

XULOSA 76-78

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 79-81.

KIRISH


Tadqiqotning dolzarbligi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasida tarix fanini rivojlantirishga, tarixiy o‘tmishni ob’ektiv, xolisona o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Ma’naviyatni tiklashda, davlatimizni ma’naviy rivojlantirishda tarix fanining o‘rni beqiyosdir. Har bir xalq, har bir millat uzoq tarixiy taraqiyot bosqichlarini, murakkab etnik va madaniy jarayonlarni boshdan kechirib, asrlar osha bugungi daraja va maqomlarga erishgan. Biroq, milliy o‘zlikni anglash, sog‘lom etnik tuyg‘u, etnosga xos ma’naviy dunyoning mohiyatini bilish uchun muhim omillardan biri tarixni bilishdir. O‘z navbatida tarixni bilishning omillari, ayniqsa, manbaviy asoslaridan xabardorlik o‘zlikni bilishning poydevorini yanada mustahkamlaydi. Zero, haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o‘zlikni anglash mumkin emas1. SHu ma’noda ushbu dissertatsiya O‘zbekiston tarixini o‘rganishda arxiv hujjatlari, ularning o‘tmishimizni o‘rganishdagi ahamiyati haqida fikr yuritamiz.

Mustaqillik yillarida yurtimizda hujjatlarni jamlash va saqlash ishiga alohida ahamiyat berila boshlandi. Mulkchilikning turli shakllariga o‘tilishi bilan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qayta tashkil etilayotganda ularning arxiv hujjatlari tegishli davlat arxivlari bilan kelishilgan holda saqlashga e’tibor qaratildi. Bu borada 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Arxivlar to‘g‘risida”gi hamda 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi qabul qilingan Qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida arxiv ishini yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalar belgilab berilganligini alohida ta’kidlash o‘rinli. Mazkur qarorlarning qabul qilinishi, arxiv hujjatlariga bo‘lgan munosabatning shakllanganligi tadqiqotchilarimiz uchun ulkan imkoniyatlar manbaini ochib beradi. Zero, arxivlar hujjatlari tariximizning asosiy



1 Каримов И. Тарихий хотирасиз келажак йуқ. T. "Шарқ". 1998. -.29б.

mazmunini ochib baradigan bitmas-tuganmas manbadir. Davlatimiz tomonidan arxiv ishiga e’tibor, hujjatlarni saqlash va ularni avlodlarga etkazish ishiga katta e’tibor qaratilgan ekan, arxivlarda saqlanayotgan tarixiy hujjatlarni o‘rganish va ularni ilmiy muomalaga kiritish, tariximizning haqqoniy tarixini yoritishga xizmat qiladi.



Tadqiqotning o’rganilish darajasi. O‘rta Osiyo hududidan ajdodlarimizning o‘tmish tarixidan guvohlik beradigan ko‘plab arxiv hujjatlari topilgan. Masalan, Niso arxivi (Turkmaniston), Tuproqqala arxivi, Mug‘ tog’i sug‘d hujjatlari arxivi2 kabilar shular jumlasidandir. Arxiv hujjatlarida parfiyoniy, xorazmiy, yunon-boxtariy va boshqa yozuvlardan foydalanilganki, bu qadimiy yozuv madaniyatining yuksakligini ko‘rsatadi.

Qoraqalpog’istonning Ellikqala tumanidan Tuproqqala xarobalaridan topilgan III-IV asrlarga taalluqli hujjatlar kompleksi fanga 1930 yillar oxirida ma’lum bo‘ldi. Tuproqqalaning shoh saroyi joylashgan Markaziy massivning janubiy-sharqiy tomonidagi pastki qavatning to‘rtta xonasida xorazm hujjatlari topilgan. Bu hujjatlar afrig’iy Xorazmshohlar davriga oid bo‘lib, charm va yogochga – taxtacha hamda tayoqqa yozilgan. Tuproqqala arxiv hujjatlarida Xorazm davlatining ijtimoiy-xo‘jalik hayotini, mahalliy boshqaruv tizimini chuqur anglashga imkon beradigan ma’lumotlar mavjud3. Mazkur arxiv hujjatlari S. P. Tolstov tomonidan o’rganilgan. S. P. Tolstov “Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab”, “Древний Хорезм”4 kabi fundamental asarlarni yaratdi.

Zarafshon daryosining yuqori qismida sug‘d hujjatlarining ulkan arxivi topilgan. Tarix fanida bu arxiv “Mug‘ tog’i sug‘d hujjatlari” nomi bilan ataladi. Mug‘ tog’i sug‘d hujjatlarining topilishi tariximizning o‘rganilmagan sahifalarini to‘ldirishga katta imkoniyatlar eshigini ochib bergan. Ma’lumki, Sug‘d yozuvlari namunalari Markaziy Osiyo mintaqasidan, jumladan, Afrosiyob, Panjikent, Mug‘ tog’i, Erqo‘rg‘on, SHarqiy Turkiston,





2 Исхаков М. М. Центральная Азии в системе мировой письменной культуры (Древность и раннее средневековье). - Т. 2008. С.70

3 Тупроққальа. Дворец. Глава VI. Документы М. 1984. C.251

4 Tолстов С. П. Древний Хорезм.- M., 1948.

Turkmaniston, Pokiston, Mongoliyadan va boshqa joylardan topilgan. Bu esa, sug‘d yozuvining mintaqalar bo‘ylab keng tarqalganligidan guvohlik beradi. Sug‘d yozuvi namunalarining topilishi sug‘diylarning xalqaro savdoda faol ishtirok qilganlari, ularning boshqa yurtlarga borib o‘zlarining savdo ishlarini yo‘lga qo‘yganlaridan darak beradi. Qolaversa, sug‘d yozuvi yodgorliklari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlar tarixini, madaniy aloqalar, ma’naviy hayot tarzini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. SHu ma’noda Mug‘ tog’i sug‘d hujjatlari alohida o‘rin tutadi. Xatlar, xo‘jalik va yuridik hujjatlar turkumiga ajratilgan arxiv Sug‘ddagi ijtimoiy hayot, iqtisodiy taraqqiyot, viloyat hokimlari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni, Mug‘ tog’i qo‘rg‘onining buzib tashlanishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonni aniqlashga imkon beradi.

Mug’ tog’i Sug’d hujjatlari arxivi bilan XX asrning 30-50-yillari davomida V. A. Livshis5, O. I. Smirnova6 kabi olimlar shug’ullangan. Mustaqillik yillarida Sug’d hujjatlari bilan shug’ullangan eng yirik olim Mirsodiq Is’hoqovdir. M. Is’hoqov Sug’d hujjatlarini o’rganib, o’sha davr bo’yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bu soha bo’yicha 100 dan ortiq ilmiy ishlar nashr qildi.

“Unutilgan podsholikdan xatlar”, “Sug’diyona tarix chorrahasida” nomli yirik monografiyalar chop etgan7. Sug’d hujjatlari bo’yicha Goyipov B. S. ham shug’ullanib, “Sug’d konfederatsiyasida Panch mulki” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va bir qator ilmiy ishlar chop etgan8.

Sh. Shoyoqubov Sug’d hujjatlari asosida “Ilk o’rta asrlarda Sug’dning ijtimoiy va madaniy hayoti” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. A. Ataxodjayev Sug’d arxivi hujjatlari asosida ko’plab ilmiy ishlar





5 Лившиц В. А. Согдийский посол в Чаче (документы А-14 с горы Муг) // СЭ. М., 1960. № 2

6 Смирнова О. И. Очерки из истории Согда. М., Наука. 1970

7 Исхаков М. М. Центральная Азии в системе мировой письменной культуры (Древность и раннее средневековье). - Т., 2008; Исхоков М.М. Унутилган подшоликдан хатлар. - Т., Фан, 1992; Исхоков М.М. Суғдиёна тарих чорраҳасида. - T., Фан, 1990.

8 Ғойипов Б. Суғд конфедерацисида Панч мулки. - Т., Навруз. 2013; Ғойипов Б. Диваштич. - Т., 2013.

nashr qilgan9.

Asrlar osha O‘rta Osiyoda arxivlashtirish ishi rivojlanib, yanada takomillashib borgan. Ammo Rossiya bosqini oqibatida moddiy boyliklarimiz qatori ma’naviy boyliklarimiz, saroy hujjatlari ham talon-taroj qilingan, markazga tashib ketilgan. Jumladan, CHor Rossiyasi Xivani bosib olib xon saroyidagi moddiy va ma’naviy boyliklarni musodara qilgan. Xon saroyini hujjatlarni Osiyo muzeyiga ajratgan, qolgan materiallarni general Kaufman Peterburgdagi imperator jamoat kutubxonasiga sovg‘a qilgan. Ushbu kutubxona va arxivning keyingi taqdiri noma’lum edi, lekin 1936-yilda sharqshunos P.I.Ivanov Leningraddagi Saltikov-SHedrin nomidagi Davlat jamoat kutubxonasining qo‘lyozmalar bo‘limida Xiva xonligi arxivini qo‘lga kiritgan. P. I. Ivanov «Архив Хивинский ханов» nomli fundamental asarni nashrdan chiqardi. Xiva xonlari arxivi bo’yicha birinchi tadqiqot olib borgan olim P. I. Ivanovdir10. Undan keyin M. Y. Yo’ldoshev ham shug’ullanib, “XIX asr Xiva davlat hujjatlari” nomli yirik fundamental asarni yaratdi11. Xiva xonlari arxivi bo’yicha А. Abdurasulov ham yirik tadqiqot ishlarini olib bordi12.

Qo‘qon xoni arxivi hujjatlari ozroq bo‘lib, buning sababi Xudoyorxon saroyi talon-taroj qilingan vaqtida hujjatlarning aksariyati o‘g’irlangan, qolgan- lari Peterburg va Toshkent jamoat kutubxonasi o‘rtasida bo‘lingan. 1931-yilda Buxoro arkining yerto‘lasidan tartibsiz yotgan 77764 dona o‘ram topilgan, bu o‘ramlar arab grafikasida tojik tilida yozilgan. Bu materiallar keyinchalik O‘zbekiston Markaziy davlat tarixi arxiviga topshirilgan. Qo’qon xonligi hujjatlari bo’yicha A. L. Troitskaya “Каталог архива кокандских ханов ХIХ века” nomli asarni 1968- yilda nashrdan chiqardi.13

Buxoro Amirining Qushbegi arxivi hujjatlari XIX-XX asrning boshlariga
9 Отахўжаев А. Илк ўрта асрлср Марказий Осиё цивилизациясида турк-суғд муносабатлари. - Т., 2010.

10 Иванов. П.П. Архив хивинских ханов, «Записки». - М., 1939.

11 Йулдошев М.Й XIX аср Хива давлат хужжатлари. - Т., 1960.

12 Абдурасулов А. Социально-экономическая и культурная жизнь города Хивы в конце XIX – начале XX века: дисс. канд. ист. наук. - Т. ,1988.

tegishli bo‘lib, Rossiya siyosiy agentligi bilan ichki va tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha xat almashuvlari, amirlik mansabdor shaxslar ustidan shikoyatlar, yer solig’i hujjatlari, jinoyatlarni tergov qilish hujjatlari va boshqalardan iborat edi. Qushbegi arxivi hujjatlari bo’yicha G. Y. Ostonova,14 Q. Rajabov, F. Ochildiyev kabi tadqiqotchilar shug’ullangan va bu sohada ilmiy ishlar nashr etganlar. J. Rahimov “O’zbekiston tarixini o’rganishda arxiv hujjatlaridan foydalanish” nomli didaktik risolani 1995-yil nashrdan chiqardi.15 Lekin bu didaktik asarda Rossiya imperiyasi bosqini davri tarixi arxiv hujjatlari asosida 8-sinf o’quvchilari uchun didaktik qo’llanma sifatida nashr qilingan.

Mustaqillik yillarida arxiv hujjatlari asosida 200 dab ortiq ilmiy ishlar himoya qilindi. Lekin ushbu mavzu biron bir tadqiqotchi tomonidan to’liq tizimli ravishda hali o’rganilmagan. Ilk bor magistirlik dissertatsiyasi sifatida ushbu mavzuga qo’l urildi.


Download 92.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling