O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti sharq tillari fakulteti kurs ishi mavzu: yapon adabiyotida monogatri janri vujudga kelishi va uning o’rni bajardi xuramov og’abek ilmiy


Download 162.5 Kb.
bet1/6
Sana24.04.2023
Hajmi162.5 Kb.
#1395873
  1   2   3   4   5   6

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI
SHARQ TILLARI FAKULTETI


KURS ISHI


MAVZU: YAPON ADABIYOTIDA MONOGATRI JANRI VUJUDGA KELISHI VA UNING O’RNI


Bajardi XURAMOV OG’ABEK


Ilmiy rahbar: Kurbonova G

SAMARKAN -2023
ANNOTATSIYA: Mazkur tatdqiqotda yapon adabiyotining xalq og‘zaki ijodi namumalari asosida qayta ishlangan “Ochikubo monogatari”asarining yapon va jahon adabiyotida tutgan o‘rnini,uning ahamiyatini ochib berilgan. Shuningdek, kurs ishida Heyan davri monogatari janri badiiy jihatlari va turlari tahlil qilingan. “Ochikubo monogatari”asarining tahlili ishning ahamiyatini oshiradi.


MUNDARIJA

1.1. “Monogatari” janri haqida. 5
2.1. “Ochikubo monogatari” asarining mazmuni. 13





KIRISH
Badiiy adabiyot, ayni paytda, dunyoni o‘zgartirish quroli hamdir. U o‘quvchining hissiyoti, ongi-shuuriga kuchli ta’sir etib, kutobxonni o‘sha asar bilan hamnafas qiladi, asardagi ijobiy qahramonlardan o‘rnak olishga o‘rgatsa, salbiy qahramonlari orqali ogohlikka chaqiradi. Shu sabab ham «Adabiyot — hayot darsligi», dеgan gap faqat chiroyli ta'rifgina emas, uning zamirida katta haqiqat yotadi. Zero, badiiy adabiyot, badiiy asarlar mutoalaasi davomida o‘quvchi inson qalbining tub-tublariga kirib boradi, uning turfa fе'l-atvori bilan tanishadi, insonlar orasidagi murakkab munosabatlarni kuzatib, ularning ruhiyat olamidagi o‘zgarishlarni birdek his qiladi, o‘zga insonlar tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, buning natijasi o‘laroq u hayotga, insonlarga o‘zgacharoq yondasha boshlaydi, chuqurroq tafakkur qiladi, fikrlash doirasi kеngayadi.
Mavzumizga doir adabiyotlarni shartli ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin: o‘zbek, yapon va g’arb. O‘zbekiston olimlari ham mazkur masala yuzasidan muayyan tadqiqotlar olib borishgan. Adabiyotshunoslikning hozirgi taraqqiyot bosqichida tutgan o‘rni, tabiat va jamiyatda tarixiy, dinamik, dialektik munosabatlari bugungi davrga kelib, “Ochikubo monogatari” asari o‘ziga xos tadqiqot ob’yektiga ega. Biroq, mukammallikka erishilgan deb bo‘lmaydi. Zotan, bu xususda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar anchagina. Qolaversa, mamlakatimizning mustaqillik yillari mobaynida xorijiy mamlakatlar bilan bevosita iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy aloqalarining chuqurlashib borishi xorijiy tillarni, jumladan yapon tilini, adabiyotini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni tobora ortib borishiga olib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida, adabiyotshunoslar oldiga ham yuksak vazifalarni qo‘yishi tabiiy holdir. Bu, shubhasiz, yapon va o‘zbek adabiyotida mavjud bo‘lgan “Taketori monogatari” asariga doir ilmiy-nazariy ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojni qondrish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligidan dalolat beradi. Shuning bilan bir qatorda, bevosita mavzu doirasidagi masalalar ilk bor murojaat etilayotganligi ham bu fikrni yana bir bor dalillaydi.
Zero, Adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor – bu avvalo xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekanini, buyuk shoirimiz Cho‘lpon aytganidek, adabiyot, madaniyat yashasa, millat yashashi mumkinligini unutishga bizning aslo haqqimiz yo‘q1.

Download 162.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling