O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


  Muskullar  faoliyati  va  turli  foydali  mashqlar  bajarish.  Charchash  holatini


Download 5.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.13 Mb.
#99362
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26

3.  Muskullar  faoliyati  va  turli  foydali  mashqlar  bajarish.  Charchash  holatini 
bartaraf etish yo’llari. 
Muskul  harakatlarning  tezligi  va  chidamlilik  xususiyatlari.  Harakat  tezligida 
muskullar qisqarishining yashirin davri katta ahamiyatga ega. 7-8 yashar bolalarda oddiy 
harakat refleksining yashirin davri 11-12 yashar bolalardagiga nisbatan yuqori.Bola jinsiy 
balog'atga,  ya'ni  14-15yoshga  yetganda  muskullar  chidamliligi  kamayadi,  harakat 
aktivligi  esa  35%  ortadi.  Qizlar  bir  kecha-kunduzda  o'g'il  bolalarga  qaraganda  kam 
harakatqiladi. 
Bahor,kuz  oylariga  qaraganda  qishda  aktivlik  30-45%  kamayadi.  Bola  maktabga 
borganda  harakat  aktivligi  ikki  marta  kamayadi.  Shuning  uchun  ham  tashkiliy  ravishda 
bolalarni albatta jismoniy mshiqlar bilan shug'ullantirish zarur. Jismoniy tarbiya darslari 
bir  kunlik  harakat  aktivligini  11%  qondiradi,  xolos.Fizkultura  minutlari  1-2  sinf 
o'quvchilarida  darsning  15-17  minutida,  III-IX  sinflarda  20  minutida  o'tkazilsa  yaxshi 
bo'ladi.  Uyda  dars  tayyorlaganda  har  30-40  minutda  fizkultura  qilish  kerak.  1-2  sinfda 
uchinchi darsdan keyin harakatli o'yinlar o'ynagan ma'qul. 
Qo'l  panjasi  muskullari  oyoq  muskullariga  qaraganda  vaqtliroq  rivojlanadi.  8 
yoshda  qo'l  panjasi  muskullari  juda  tez  harakatlarni  bajara  boshlaydi.  Bo'g'imlarda 
muskul  harakatlari  tezligi  12-13  yoshdan  ortadi.  Muskul  harakatlari  tezligining  ortib 
borishi  nerv  sistemasining  labilligiga,  qo'zg'alish  va  tormozlanish  jarayonlari 
almashinishning o'zaro aloqadorligiga va nerv jarayonlari harakatchanligiga bog'liq. 7-8 

162 
 
yashar  bolalarda  muskullar  qisqa  muddat  ichida  nozik  harakatlarni  chaqon  bajara 
olmaydi.  Chaqqonlik  bolada  asta  sekin  hosil  bo'ladi  va  yosh  kattalashishi  bilan  ortib 
boradi.  Aniq  uyg'unlashgan  nozik  harakatlar  qilish  ko'nikma  hosil  bo`lishiga  bog'liq. 
Jismoniy mashqlar harakat tezligi va chaqqonlikni orttiruvchi omillardan hisoblanadi. 20-
30 yoshlarda muskullar qisqarishining yashirin davri qisqaradi. 30 yoshdan so'ng uzayadi 
va  harakat  tezligi  kamayadi.  Bolalarda  chaqqonlik  rivojlanishining  3  bosqichi 
kuzatiladi.Birinchi bosqichi harakatlarning  fazoda aniq bo'lishi, ikkinchisi turli vaqtlarda 
bajarilgan harakatlarning aniqligi va uchinchisi harakat davomida tasodifiy harakatlarga 
javob tezligi bilan ifodalanadi. 
Yosh ulg'aygan sayin chidamlilik ortib boradi, lekin u bir tekisda bo'lmaydi. 8-10 
yashar  qiz  va  o'g'il  bolalarning  chidamliligi  bir  xil  bo'ladi.  12-15  yoshda  ayniqsa  o'g'il 
bolalarda ortadi.14 yashar bolalarning chidamliligi katta odamnikiga nisbatan 70%ni,16 
yoshda 80%ni tashkil etadi. 
Shunday  qilib,  bolalarda  8  yoshdan  11-12  yoshgacha  yurish,  yugurish,  sakrash, 
uloqtirish va harakat sifatlari (tezkorlik,chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik) rivojlanishda 
davom  etadi.  12  yoshdan  16  yoshgacha  tik    turish  va  yurishni  ta'minlovchi  skelet 
muskullari  ancha  tez  rivojlanadi.  14-16  yoshda  muskullar  bilan  birga  bo'g'im,  bog'lam 
apparati rivojlanib boradi. 
Bola  qad-qomati  normal  shakllanishi  uchun  quyidagi  gigiyena  qoidalariga    amal 
qilish kerak. 
Bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to'shakda uxlatish kerak. 
Bolani 6 oylik bo'lgunicha o'tqazmaslik, 10 oylik bo'lguncha oyog`'ida uzoq vaqt 
tik  turg'azmaslik  kerak,  chunki  bu  yoshdagi  bolalarning  umurtqa  pog'onasi,  oyoq 
suyaklari  egiluvchan  bo'lganligi  sababli,  tana  massasini  ko'tara  olmasdan,  egrilanib 
qolishi mumkin. 
4-5  yoshgacha  bo'lgan  bolalarni  katta  odamlar  uzoq  vaqt  qo'lidan  yetaklab 
yurmasligi  kerak,  chunki  bolaning  bir  tomoni  yuqoriga  ko'tarilishi  tufayli  umurtqa 
pog'onasi egrilanib qolishi mumkin. 
Kichik  yoshdagi  bolalar,  boshlang'ich  sinf  o'quvchilari  uzoq  vaqt  bir  joyda 
o'tirmasligi,  tik  turmasligi,uzoq  masofaga  yurmasligi,  og'ir  byumlarni  ko'tarmasligi, 
ayniqsa  doim  faqat  birqo'lida  ish  bajarmasligi  kerak.  Bularning  barchasi  bolaning 
umurtqa  pog'onasi  va  oyoq  suyaklari  egrilanib  qolishiga,  qad-qomati  buzilishiga  sabab 
bo'ladi. 
Bolalar va o'quvchilar bo'ylariga mos parta, stol-stulda o'tirishi kerak. 
O'quvchilar parta, stol-stulda o'tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul 
suyanchig'iga suyanib tursin, oyoqlari tizza bo'g'imida to'g'ri burchak hosil qilib bukilsin, 
oyoq  kaftining  hamma  yuzasi  polga  baravar  tegib  tursin,  ko'krak  bilan  parta  qirrasi 
orasidagi  masofa  10  smga  yaqin  bo'lsin.  Suyanchiq  oralig'i  oshib  ketsa,  o'quvchi 
ishlayotganda kursi suyanchig'iga tayana olmaydi va bukilib o'tiradi. Suyanchiq oralig'i 
kamayib ketsa, siqilib qoladi. Partaning oldingi cheti o'tirg'ichdan 3-5sm o'tishi maqsadga 
muvofiqdir.  Partaning  yozuv  stoli  15-250  qiyaroq  qilib  tayyorlanadi.Bu  ko'rinishni 
yengillashtiradi, kitob bir oz qiyaroq qilib qo'yilganda pastki qator bilan yuqori qatorda 
ko'z bilan kitob orasidagi masofa bir hil bo'ladi. Kitob garizontal qo'yilsa, o'qilganda ko'z 
moslashishi bir necha marta o'zgaradi. 
O'quvchilarni partaga o'tqazishda bo'yni parta raqamiga moslash zarur. Bo'yi eng 
past  bola  110sm,  novchasi  129-180sm  bo'ladi.  Barcha  o'quvchilar  7  ta  bo'y  guruhiga 
bo'linadi. Parta  raqamlari ham 6 dan 12 gacha bo'ladi. 

163 
 
Shunday  qilib,  o'quvchi  partada  to'g'ri  o'tirganda  qorin  va  ko'krak  bo'shlig'idagi 
organlari  qisilmaydi,  u  bemalol  nafas  oladi,  suyak-muskul  apparatiga  yuk  kam  tushadi, 
ko'ziga  zo'r  kelmaydi.  Bolalarda  sinf  taxtasiga    qaraganda  boshni  faqat  bir  toionga 
engashtirish  odati  borligi  tufayli  har  bir  o'quv  choragida  o'quvchilarni  partalarning  bir 
qatoridan ikkinchisiga ko'chirish tavsiya qilinadi. 
O'quvchilarning jismoniy mehnati tashkil etishga doir muayyan gigiyena talablari 
mavjud.  Bular  texnik  jihozlar,  xonani  shamollatish  va  mikroiqlimga  taaluqlidir. 
Dastgohlar  va  verstaklar  o'quvchilarning  bo'yiga  mos  kelish,  ish  vaqtida  nafas  olish  va 
qon aylanishini qiyinlashtirmaydigan to'g'ri tana vaziyatini tanlay bilish kerak. Asboblar 
ham  o'quvchilarning  qo'liga  va  kuchiga  mos  qilib  tanlanishi  lozim.  Agar  ular  katta 
yoshdagi  odamlar  tutadigan  asboblardan  foydalansa,  bu  avvalo  qo'l  muskullarini  tez 
toliqtirib qo'yadi va suyak to'qimasini mustahkamlashi o'rniga uning jadal suyaklanishiga 
olib keladi. Bolalar og'ir narsalarni ko'tarishiga yo'l qo'ymaslik darkor. 2ta o'quvchining 
zambilda  ko'taradigan  yuki  7-8  yashar  bolalar  uchun  4  kgdan,  9-10  yoshdagi  bolalar 
uchun 6kg, 10-12 yashar bolalar uchun 10 kg, 13-15 yashar va 14-16-17 yashar bolalar 
uchun  24  kgdan  oshmasligi  kerak.  Bitta  o'quvchi  shundan  ikki  baravar  kam  yukni 
ko'tarishi mumkin. 
 
4. Qad-qomatning shakllanishi
Har bir odam tanasini o'zi odatlangan holatda erkin tutishi qad-qomat deb ataladi. 
Odamning  qad  qomati  uning  skeleti,  muskullari  va  nerv  sistemasining  rivojlanishiga 
bog'liq.  Qad  qomatning  shakillanishida,  ayniqsa  umurtqa  pog'onasining  normal 
rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Normal holatda umurtqa pog'onasi bemalol egiladi. 
Bo'yin va bel qismida umurtqa pog'onasi bir oz oldinga, ko'krak va dumg'aza qismida bir 
oz orqaga egilgan bo'ladi. Shuning uchun oldinga egilishi, orqaga egilish deb ataladi. Bu 
tabiiy egilishlar bir Yoshgacha bo'lgan bolalarda bo'lmaydi. Bolaning tik turish, yurish, 
boshni  tik tutish  natijasida  asta-sekin bu  egilishlar  hosil  bo'ladi.  Ularning  normal  holda 
bo'lishi yoki normal ortiqcha egilish qad qomatning shakillanishiga ta’sir etadi. Bundan 
tashqari qad-qomatning shakillanishida ko'krak qafasi, qoʻl va oyoq suyaklari hamda tana 
muskullarining normal rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega. 
Qad-qomati to'g'ri odam tik turganida  boshini,bo'ynini tanasiga nisbatan to'g'ri va  
tik  tutadi,  ikkala  yelkasi  va  ikkala  kuragi  bir  tekislikda  bo'ladi.  Oyoqlari  tik  va  to'g'ri 
holatda  bo'lib,  ularni  juftlashtirganda  tovonlar,  oshiqlar,  tizzalar  bir-biriga  tegib  turadi, 
qorin bir oz ichga tortilgan, ko'krak qafasi bir oz oldinga chiqqan bo'ladi. 
Qad-qomatning  noto'g'ri  shakillanishi  bir  necha  xil  bo'ladi:  egilgan, kifotik, 
lordotik, va skoliotik. 

164 
 
 
Egilgan  qad-qomatli  odamlar  tik  turganda,  boshi  bir  oz  oldinga  engashgan, 
yelkalari oldinga osilgan, ko'krak qafasi botiqroq, qorin oldinga chiqqan bo'ladi. Bunday 
holat  skelet  muskullari,  ayniqsa,  gavdaning  orqa  qismidagi  muskullar  yaxshi 
rivojlanmaganligi va kuchsiz bo'lishi tufayli yuzaga keladi. 
Kifotik  qad-qomatli    odamlarda  kuraklar  qanotga  o'xshab  ko'tarilib  turadi. 
Orqaning yelka qismi do'mbayib, bukir holat yuzaga keladi. 
Lordotik qad-qomatli odamlarda gavdasining orqa qismi tekis yoki bir oz botiqroq 
bo'ladi.  Ko'krak  qafasi  yassi,  qorin  oldinga  chiqqan  bo'ladi.  Bunday  holat  umurtqa 
pog'onasining bel qismi normadan ko'proq oldinga bukilishi, bo'yin qismida esa lodinga 
kamroq  bukilishi  hamda  qorin  devori  muskullarining  kuchsiz  rivojlanganligi  tufayli 
yuzaga keladi. 
Skoliotik  qad-qomatli  odamlar  tik  turganida  yelkalarining  biri  past,  ikkinchisi 
baland bo'ladi, ko'kraklari ham past baland bo'lib, ko'krak qafasining bir tomoni botiqroq, 
bir tomoni bo'rtganroq holatda bo'ladi. Bunday odam tanasini  tik va to'g'ri tuta olmaydi, 
ya'ni tik turganida gavdasi bir tomoni qiyshaygan holatda bo'ladi. 

165 
 
 
Bola  qad-qomati  normal  shakllanishi  uchun  quyidagi  gigiyena  qoidalariga  
amal qilish kerak. 
Bolani Yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to'shakda uxlatish kerak. 
Bolani 6 oylik bo'lgunicha o'tqazmaslik, 10 oylik bo'lguncha oyogʻ'ida uzoq vaqt 
tik  turg'azmaslik  kerak,  chunki  bu  Yoshdagi  bolalarning  umurtqa  pog'onasi,  oyoq 
suyaklari  egiluvchan  bo'lganligi  sababli,  tana  massasini  ko'tara  olmasdan,  egrilanib 
qolishi mumkin. 
4-5  Yoshgacha  bo'lgan  bolalarni  katta  odamlar  uzoq  vaqt  qoʻlidan  yetaklab 
yurmasligi  kerak,  chunki  bolaning  bir  tomoni  yuqoriga  ko'tarilishi  tufayli  umurtqa 
pog'onasi egrilanib qolishi mumkin. 
Kichik  Yoshdagi  bolalar,  boshlang'ich  sinf  o'quvchilari  uzoq  vaqt  bir  joyda 
o'tirmasligi,  tik  turmasligi,uzoq  masofaga  yurmasligi,  og'ir  byumlarni  ko'tarmasligi, 
ayniqsa  doim  faqat  birqoʻlida  ish  bajarmasligi  kerak.  Bularning  barchasi  bolaning 
umurtqa  pog'onasi  va  oyoq  suyaklari  egrilanib  qolishiga,  qad-qomati  buzilishiga  sabab 
bo'ladi. 
Yassioyoqlik.  Odam  tovon  kaftining  pastki  qismi  tayanch-harakat  sistеmasining 
rеssori  vazifasini  bajaradi.  Bolalar  uzoq  vaqt  tik  turganda,  Ogʻir  yuk  koʻtarganda,  tor 
poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kеlib chiqadi. 
Yassioyoqlik  natijasida  oyogʻʻining  tovon-  panja  va  boldir  muskullarida  ogʻriq  boʻladi. 
Yassioyoqlik tugʻma va hayotda orttirilgan boʻladi.  
 

166 
 
 
 
Yassioyoqlikning  tugʻilgandan  kеyin  yuzaga  kеlishi  sabablari  quyidagilardan 
iborat:  bolani  juda  yoshligidan  (8-10  oyligidan)  boshlab  yurgʻizish,  uzoq  vaqt  tik 
turgʻizish, yosh bolaga poshnasi yumshoq poyabzal kiygizish, oʻquvchilarning kun boʻyi 
poshnasiz sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, ogʻir 
yuk  kutarish.  Ana  shularni  hisobga  olib,  yassioyoqlikni  oldini  olishga  e'tibor  bеrish 
kеrak.  
 
(3-ilova) 
Sinkvеyn” (5 qator ) tеxnikasi 
Suyakni –tavsiflash 
Sinkvеyn  sxеmasi 
1.   Suyak  
2.  Suyakni tavsiflovchi sifati 
3.  Suyakning mohiyati to`g`risida  
4.  Suyakning mohiyati to`g`risida 4 so`zdan iborat so`z birikmasi 
5.  Suyakning sinonimi  
 
Sinkvеyn” (5 qator ) tеxnikasi 
Muskulni –tavsiflash 
Sinkvеyn  sxеmasi 
1.   Muskul 
2.  Muskulni tavsiflovchi sifati 
3.  Muskulning mohiyati to`g`risida  
4.  Muskulning mohiyati to`g`risida 4 so`zdan iborat so`z birikmasi 
5.  Muskulning sinonimi  
 
 

167 
 
Хulоsа 
Tаyanch-hаrаkаt  аppаrаti  tizimigа  skеlеt  vа  skеlеt  muskullаri  kirаdi.  Skеlеtdаgi 
suyaklаr  vа  bоylаm-bo’g’imlаr  pаssiv  hаrаkаt  оrgаnlаri  bo’lаdi,  muskullаr  esа  аktiv 
hаrаkаt оrgаnlаri hisоblаnаdi. 
Skеlеt 206 dаn оrtiq аlоhidа suyaklаrdаn tаshkil tоpgаn bo’lib, bulаrning 85 tаsi 
juft, 36 tаsi tоq suyaklаrdаn ibоrаt. Skеlеt uchtа аsоsiy funktsiyani: tаyanch, hаrаkаt vа 
himоya  vаzifаlаrini  bаjаrаdi.  Tayanch-harakat  sistemasining  gigiеnasida  quyidgilarga 
e'tibori  bеrish  zarur:  -    ta'lim  jarayoni  jumladan  jismoniy  tarbiya  va  mеhnat  darslari 
yuqorida  kеltirilgan  ma'lumotlar  asosida  tashkil  etilishi;  -    bolalarda  to`g`ri  qomatni 
shakllantirish;  -    sinf  jihozlari,  ustaxona  jixozlari  bolalaning  bo`yiga  mos  bo`lishi;  -  
jismoniy yuklamalarni nazorat qilish; 
-  ovqatlanish tartibiga rioya qilish kеrak. 
 
 
(4-ilova) 
Mavzu bo‘yicha tayanch  so‘zlar. 
Muskul,  suyak,  statik,  dinamik,  motoneyron,  charchash,  ATF,  KTF,  jismoniy 
tarbiya,  mehnat,  kifotik  qad-qomat,  lordotik  qad-qomat,  skoliotik  qad-qomat, 
yassioyoqlik. 
(5-ilova) 
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari. 
1. 
Muskullar va ularning funksiyasi. 
2. 
Muskullar necha xil ish bajaradi? 
3. Muskullarning charchashi haqida maʻlumot bering. 
4. 
Muskullarning o’ta charchash holatini izohlang. 
5. 
Suyaklarning asosiy vazifasi va tarkibi. 
6. 
Muskullar rivojlanishida jismoniy tarbiya va mehnatning roli. 
7. 
Muskul harakatlarining tezligi va chidamlilik xususiyatlari. 
8. 
Qad-qomatning noto’g’ri shakllanishining qanday turlari mavjud? 
9. 
Yassioyoqlik va uning inson salomatligiga ta’siri. 
10. 
O’quvchi bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun qanday qoidalarga amal 
qilish kerak? 
 
(6-ilova) 
Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar. 
10. Klemesheva  L.S.  “Vozrastnaya  fiziologiya  i  gigiena”.  Ucheb.    posobie. 
Toshkent. “O‘qituvchi”. 1991g. 
11. Klemesheva  L.S.,  Ergashev  M.S.  “Yoshga  oid  fiziologiya”.  O‘quv  qoʻllanma. 
Toshkent. “O‘qituvchi”. 1991 y. 
12. Maxmudov E. “O‘smirlar fiziologiyasi”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. 1985 y. 
13. Sodiqov Q., Aripov S.X., SHaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. 
Darslik. Toshkent. “YAngi asr avlodi”. 2009 y. 
14. Sodiqov  Q.S.  “O‘quvchilar  fiziologiyasi  va  gigienasi”  Toshkent.  “O‘qituvchi”. 
1992 y. 
15. Xripkova A.G., Antropova M.V., Farber D.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”.  
M. Prosveshenie. 1990 g. 
16. Aminov  B.,  Tilovov  T.  “Odam  va  uning  salomatligi”.  O‘quv  qoʻllanma. 
Toshkent. 1995. 

168 
 
17. Antropova M.V. “Bolalar va o‘smirlar gigienasi”. M.Meditsina. 2002 y. 
18. Internet sayti: www.ziyo.net.uz 
19. Internet sayti: www.FIZIOLOGIYA.ru  
 
 
 
 
 
 
1.1. Ma’ruza olib borish texnologiyasi 
 
O’quv soati: 2 soat 
Talabalar soni: 26 ta 
O’quv mashg‘ulot shakli 
Axborotli, vizual ma’ruza 
Ma’ruza rejasi 
1.  Sezish  organlari.  Sezish  organlarining 
fiziologiyasi. 
2.  Sezish  organlari  faoliyatida  miya 
funksiyasi: ko’z, teri, quloq, til, burun. 
3.  Sezish  organlarida  hosil  bo’luvchi 
reaksiyaga ta’sir etuvchi omillar. 
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Sezish organlari bilan tanishtirish. Sezish organlarida hosil bo’luvchi 
reaksiyaga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish va tahlil etish.
 
Pedagogik vazifalar 
O‘quv faoliyati natijalari 

  Interfaol 
metodlarni 
qo‘llagan holda o‘quv jarayonini 
tashkil etish; 

  Sezish 
organlari. 
Sezish 
organlarining 
fiziologiyasi haqida gapirib 
berish; 

  Sezish 
organlari 
faoliyatida 
miya 
funksiyasi: 
ko’z, 
teri, 
quloq,  til,  burunning  roli 
haqida ma’lumot berish; 

  Sezish 
organlarida 
hosil  bo’luvchi  reaksiyaga 
ta’sir 
etuvchi 
omillarni 
ochib berish. 

  Sezish  organlari.  Sezish  organlarining 
fiziologiyasi haqida aytib bera oladi; 

  Sezish  organlari  faoliyatida  miya 
funksiyasi:  ko’z,  teri,  quloq,  til,  burunning 
roli haqida ma’lumotga ega bo’ladi; 

  Sezish  organlarida  hosil  bo’luvchi 
reaksiyaga ta’sir etuvchi omillarni o’rganadi.
O‘qitish usullari 
Axborotli  ma’ruza, “Savol-javob”, “Sinkveyn” va 
“BBB” usuli 
O‘qitish vositalari 
Darslik, ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska 
O‘qitish shakllari 
Jamoada ishlash 
O‘qitish shart-sharoiti 
Texnik vositalar bilan ta’minlangan o‘quv xonasi 
 
15 – MAVZU: 
 
 
SEZISH ORGANLARINING FIZIOLOGIYASI VA 
GIGIYENASI 

169 
 
Monitoring va baholash Og‘zaki 
nazorat, savol-javob  
 
1.2. Sezish organlarining fiziologiyasi va gigiyenasi mavzusining texnologik xaritasi  
 
 
Ish bosqichlari 
 
O’qituvchi faoliyatining mazmuni 
Tinglovchi 
faoliyatining 
mazmuni 
I-bosqich. 
Mavzuga 
kirish. 
(10 minut) 
 
1.1. Talabalarni  mavzuning nomlanishi, 
maqsadi va kutiladigan natijalar  
bilan tanishtiradi  
1.2. BBB metodidan foydalanadi. Uch ustun 
keltirilgan jadval tarqatiladi (3-ilova) 
Talabalardan mavzu bo’yicha qanday 
ma’lumotga egaliklari 1-Bilaman ustuniga 
yozishlari so’raladi.  
Tinglaydilar 
 
 
 
 
 
 
Vazifani bajaradilar 
 
II-bosqich. 
Asosiy qism 
(55 minut) 
 
2.1.  Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi   
(1-ilova) 
2.2.  Mavzu  bo’yicha  tayanch  tushunchalar 
keltiriladi (5-ilova) 
2.3.  Talabalarni mavzuga oid egallamoqchi 
bo’lgan  bilimlarini  Bilishni  xohlayman 
ustuniga yozishlari so’raladi. 
2.4.  Mavzuning  mazmun-mohiyatini  reja 
asosida  tartib  bilan  tegishli  rasmlar  orqali 
ochib  beradi.  Talabalarni  xohishlarini 
e’tiborga  olish  maqsadida  jadvalning  2-
ustunini tezda o’rganib chiqadi (2-ilova) 
2.5. 
Talabalardan 
mavzu 
bo’yicha 
o’zlashtirilgan 
yangi 
bilimlar 
va 
tushunchalarni 
jadvalning 
3-ustuniga 
yozishlari so’raladi. 
Ma’ruza yakunida yagona loyiha yaratiladi.  
2.6. 
Guruhdagi 
talabalar 
bilimini 
mustahkamlash  maqsadida  ko’z,  teri, 
quloq, 
til, 
burun 
tushunchalariga 
“Sinkveyn” tuzishlari so’raladi (4-ilova) 
 
Tinglaydilar,  reja va 
tayanch tushunchalarni 
yozib oladilar 
 
Vazifani bajaradilar 
 
 
Tinglaydilar va asosiy 
ma’lumotlarni 
konspekt daftarlariga  
yozib oladilar 
 
 
 
Vazifani bajaradilar 
 

170 
 
III-bosqich. 
Yakuniy qism 
(15 minut) 
3.1. 
Mavzu 
bo’yicha 
bilimlarni 
mustahkamlash  uchun  savollar  beradi  (6-
ilova) 
3.2.    Mustaqil  tayyorlanish  hamda,  uy 
vazifasi etib, amaliy mashg’ulot mavzusi va 
topshiriqlarini beradi.  
3.3. 
Mavzu 
bo‘yicha 
foydalanilgan 
adabiyotlar  ro’yxati  bilan  tanishtiradi    (7-
ilova) 
Savollarga javob 
beradilar 
 
Uyga berilgan vazifani 
yozib oladilar 
Adabiyotlar ro’yxatini 
yozib oladilar 
 
 
(1-ilova) 
REJA:  
1. Sezish organlari. Sezish organlarining fiziologiyasi. 
2.  Sezish  organlari  faoliyatida  miya  funksiyasi:  ko’z,  teri,  quloq,  til, 
burun. 
3. Sezish organlarida hosil bo’luvchi reaksiyaga ta’sir etuvchi omillar. 
  
(2-ilova) 
1. Sezish organlari. Sezish organlarining fiziologiyasi. 
Axborotni  qabul  qilish  va  qayta  ishlash  analizatorlar,  yaʻni  sezgi  organlari  orqali 
amalga  oshiriladi.  Inson  atrof  muhitdagi  xodisalarni  va  shu  muhit  taʻsirlarini  sezgi 
organlari yordamida idrok etadi.  
Inson  oladigan  va  muayyan  darajaga  etadigan  hamma  taʻsirotlar  atrofdagi  muhit, 
atrofdagi  dunyo  to‘g‘risida,  bizdan  tashqarida  va  ongimizga  aloqador  bo‘lmagan 
narsalarning mavjudligi to‘g‘risida tushuncha beradigan manbaadir. 
Tananing tashqi muhitdan oladigan o‘rni, harakatlari asosan oliy sezgi organlariga 
aloqador bo‘ladi. 
Har  bir  analizator  uch  qismidan  tashkil  topgan:  periferik  qism  -  tashqi  taʻsirot 
energiyasini nerv jarayniga aylantirib beradigan (transformatsiya-laydigan) apparat, yaʻni 
retseptor,  o‘tkazuvchi  qism  -  markazga  intiluvchi  nerv  tolalaridan  tuzilgan  va 
qo‘zg‘alishni  markazga  etkazib  beradigan  qism  yaʻni  bosh  miya  po‘stlog‘ining  maxsus 
hujayralardan tashkil topgan markaziy qism yoki yarim sharlarning po‘stloq qismi. 
Analizatorning  periferik  qismi  taʻsirotlarning  juda  aniq  turlarini  idrok  etadi. 
Masalan, ko‘ruv organlari yorug‘likni, eshituv organlari tovushni idrok etadi va hokazo. 
Mana shu xossa sezgi organlarining taʻsirotlarga adekvatligi deb ataladi. 
Analizatorning  xossalari.  Har  bir  analizator  goho  bir  muncha  kuchli,  goho  bir 
muncha  kuchsiz  taʻsirotlarni  idrok  etishga  moslanish  (adaptatsiyalanish)  xususiyatiga 
ega. Juda Yoshligidan boshlab musiqa o‘rganadigan bolalarda eshitishning rivojlanishi va 
o‘tkirlashishi ana shunga misol bo‘ladi. 
Analizatorlarning  o‘zaro  taʻsiri.  Analizatorlar  bir-biriga  taʻsir  ko‘rsatib  turadi.  Bu 
sezgining kuchayishiga, baʻzida esa susayishiga ham olib keladi. Chunonchi, quyosh nuri 
teri,  hid  bilish,  eshitish  retseptorlarining  qo‘zg‘aluvchanligini  o‘zgartiradi.  Haddan 
tashkari issiq ovqatning mazasi yaxshi bilinmaydi, chunki kuchli temperatura taʻsiri taʻm 
bilish analizatori funksiyasini susaytirib qo‘yadi. Eshituv taʻsirotlari (tonlar, shovqinlar) 
qorong‘iga  adaptatsiyalangan  ko‘zning  yashil-ko‘k  nurlarga  qo‘zg‘aluvchanligini 
oshiradi  va  zarg‘aldoq-qizil  nurlarga  qo‘zg‘aluvchanligini  susaytiradi.  Modomiki 

171 
 
shunday ekan, odatdagi amaliy faoliyatda analizatorlar funksiyalarining bir-biriga qanday 
taʻsir  qilib  turishini  bilish  juda  katta  ahamiyatga  ega.  Analizator  ishining  buzilishi 
(masalan, ko‘zning ko‘r, quloqning kar bo‘lib qolishi) odamni nogiron qilib qo‘yadi. 
Analizatorlar  bir-biriga  mahkam  bog‘langan  holda  ishlash  bilan  bir  qatorda  bir-
birining  o‘rnini  qisman  to‘ldirib  ham  turadi.  Ayni  vaqtda,  ularning  po‘stloqdagi 
markazlari  o‘rtasida  yo‘qolgan  analizatorning  o‘rnini  qisman  to‘ldirishga  imkon 
beradigan vaqtincha (shartli reflektor) bog‘lanishlar yuzaga keladi. Chunonchi, ko‘zi ko‘r 
kishilarda  eshitish  va  harakat-tuyg‘u  analizatori  hamisha  birgalikda  ishlab  turadigan 
bo‘lgani  uchun  atrofdagi  dunyoni  tuyg‘u  va  eshitish  yordamida  bilish  qobiliyati  paydo 
bo‘ladi. 
Download 5.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling