O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


Download 5.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.13 Mb.
#99362
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26

 
3. 
Choy  va  kafeni,  chekish  hamda  spirtli  ichimliklarning  sog‘liq  uchun 
zararli bo‘lgan ta’siri. 
Qahva – foydasi va zarari haqida doimo ashaddiy bahs  ketadigan ichimliklardan 
biri. Kimdir “erta tongdagi bir chashka qahva organizm uchun foydali, uni tetiklantiradi” 
desa, boshqa birov ana shu arzimasdek ko‘ringan bir chashka qahva kelgusida surunkali 

215 
 
kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkinligini uqtiradi. Lekin odatdagidek, haqiqat mana shu 
da’volarning  oralig‘ida  yashiringan  bo‘ladi.  Sizni  qahva  borasidagi  qo‘rquv 
va  gumonlardan xalos etish maqsadida Xabardor.ru ushbu ichimlikning ijobiy va salbiy 
tomonlari haqida hikoya qiluvchi infografika tayyorlagan. 
 
 
Qahvaning ijobiy tomonlari 
Kofein iste’moli quyidagi kasalliklar rivojlanishining oldini oladi: 

  Parkinson kasalligi 

  Alsgeymer kasalligi 

  2-turdagi qand kasalligi 

  Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq saratoni 

  Ko‘ksov (astma) xuruji 

  Yurak maromining buzilishi 

  Insult 

  Jigar sirrozi 

  O‘t qopida toshlar paydo bo‘lishi. 
Qahva tarkibiga antioksidantlar, vitaminlar, minerallar va proteinlar kiradi. 
Qahva  sport  bilan  shug‘ullanganda  paydo  bo‘ladigan  mushak  og‘rig‘ini 
pasaytiradi,  shu  bois  murabbiylar  shiddatli  mashg‘ulotlardan  avval  ikki  chashka  qahva 
ichishni maslahat berishadi. 
Qahva ayrim og‘riq qoldiruvchilarning ta’sir kuchini oshiradi. 
Bog‘  uchun  foyda:  qahva  urug‘lari  o‘simliklar  uchun  erni  azot  bilan 
to‘yintiruvchi yaxshi o‘g‘it hisoblanadi. 
Kuniga  6  krujka  qahva  ichgan  erkaklarda  prostata  saratonining  eng  xatarli 
shakli   rivojlanishi xavfi 60 foizga kamayadi. Kuniga 1-3 krujka qahva ichganlarda esa 
bu ko‘rsatkich ikki barobar kam bo‘lgan (30 foiz). 
Kuniga  kamida  5  krujka  qahva  ichadigan  ayollarda  saratonga  chalinish  xavfi 
kuniga  1  krujkadan  kam  ichadiganlarga  nisbatan  57  foizga  kamaygan.  Ashaddiy 
qahvaxo‘r xonimlar, shuningdek, yoshini e’tiborga olgan holda, ko‘krak saratoniga ham 
kamroq chalinishar ekan (20 foiz). 
Ehtimoliy salbiy jihatlari: 

  Uyqu maromining buzilishi 

  Eshitish bilan bog‘liq gallyusinatsiyalar 

  Ayrim mineral va vitaminlarning yomon o‘zlashishi (jumladan, magniy, rux, temir) 

  Qon bosimining oshishi 

216 
 

  Zaif peshob haydovchi vosita sifatida organizmning suvsizlanishi va undan vitaminlar 
chiqib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin 

  Tish emali rangining o‘zgarishi 

  Jig‘ildon qaynashiga olib kelishi ehtimoli bor 

  Qahvaga haddan ortiq ruju qo‘yish organizmga ziyon keltirishi mumkin 

  Qahva urug‘larini qovurish jarayonida baland harorat ta’sirida kanserogenlar (krezot, 
piramidin, qatron, xushbo‘y uglevodorodlar ) paydo bo‘lishi mumkin. 
 
Tamaki  chekish  haqidagi  dastlabki  ma’lumotni  qadimgi  Gretsiyalik  tarixchi 
Gerodot asarlarida bayon etadi. U Skiflar o‘simlikni yoqib undan nafas olardilar deydi. 
Mashhur  sayyoh  Xrestofor  Kolumb  XV  asrda  Amerikaga  Guanaan  oroliga  kelganda, 
orolda  yashovchilar  Kolumbga  va  uning  dengiz  sayohatchilariga  sovg‘alar  qatorida 
quritilgan  o‘simlik  barglarini  ham  taqdim  qiladilar.  Ular  bu  o‘simlikni  “  Petum”  deb 
atashar  edilar.  Yerli  halqni  bu  o‘simlikni  tutatib  chekish,  chaynashini  shuningdek 
yutishlarini  ko‘radilar.  Tamaki  bargining  naycha  qilib  o‘ralganini  ular  “Tabako”  va 
“Sigaro” deb nomlar edilar. Quritilgan tamaki naycha qilib o‘rab chekilganda, dastlab uni 
shifobaxsh modda, tutini turli kasalliklarni daf etadi, kishini tetiklashtiradi, tinchlantiradi 
deb o‘ylagan edilar. 
Kolumbning dengiz sayohatchilari 1493 yilning 25 martida Ispaniyaga qaytganda 
tamakidan  olib  keladilar.  SHuning  natijasida  chekish  odati  asta  –  sekin  Ovropo 
mamlakatlariga  tarqala  boshladi.  Keyinchalik  Amerikada  bo‘lgan  chet  elliklarni 
Angliyaga  qaytishi  bilan  tamaki  o‘simligi  urug‘ini  ekish  va  uni  ko‘paytirish  oqibatida 
tamaki ko‘p mamlakatlarga tarqaladi. 
XV  asrning  o‘rtalarida  tamaki  Frantsiyaga  tarqaladi.  Bunga  Frantsiyaning 
Partugaliyadagi elchisi 1560 yilda sababchi bo‘lgan Jak Niko Frantsiya shoxi Yekatrina 
Mediga  va  uning  o‘g‘illaridan  bittasiga  bosh  o‘g‘rig‘ini  qoldirish  uchun  tamaki 
pilyulasini  tavfsiya  etgan.  Tamakidagi  nikotin  moddasi  Niko  nomi  bilan  atalgan. 
Frantsiyada  tamakini  hidlash  keng  ravishda  avj  olib  ketadi.  XV  asrning  oxirida  tamaki 
chekish  Ispaniya,  Angliya,  Gollandiya,  Portugaliya  va  boshqa  Ovropo  mamlakatlariga 
tarqaladi.  Rossiyaga  tamaki  1585  yilda  Ivan  Grozniy  davrida  savdogarlar  tomonidan 
keltirilgan.  Tamaki  chekish  yoki  uning  eritmasini  qabul  qilish  ko‘p  hollarda  qattiq 
zaharlanish yoki o‘lim bilan tugar edi.  
M.F. Romanov podshoxligida tamaki chekish man etilgan. XVI asrning oxirida 
Angliyada  tamaki  chekuvchilarning  boshi  olingan.  1697  yilda  Rossiyada  Pyotir  I 
chekishni man etadi. XIX asrning oxirlarida Rossiyaning 30 tadan ortiq guberniyalarida 
tamaki  o‘simligi  ekiladi.  Ulug‘  Vatan  urishi  davrida  tamaki  ishlab  chiqarish  ancha 
kamayadi.  Ulug‘  Vatan  urushidan  so‘ng  tamaki  ishlab  chiqarish  yildan  –  yilga  ortib 
boradi. 
Keyingi  yarim  asrda  dunyoning  barcha  mamlakatlarida  ishlab  chiqarish  va  uni 
iste’mol qilish ancha ortdi. Niderlandiyada jon boshiga tamaki ishlab chiqarish 2 marta, 
AQSH da 2,8 marta SHvetsiyada 5 marta ortgan. CHexoslavakiyada 1 yilda 27 milliard 
dona sigareta sotiladi. Bu har bir odamga 1800 taga to‘g‘ri keladi. 1976 yilda Frantsiyada 
81 milliard sigareta, 1977 yilda esa 84 milliard dona sigareta sotilgan. AQSH, Kanada va 
Angliyada,  Frantsiyaga  nisbatan  2  marta  ortiq  papiro‘z  chekiladi.  AQSH  da  50  million 
odam chekuvchilar bo‘lib bu aholining 37 foizni tashkil etadi, chekish tufayli 1 minutda 6 
ta odam o‘ladi. Dunyo bo‘yicha har yili chekish tufayli 3 million odam o‘ladi. Tamaki 
turli  mamlakatlarda  aholining  20  foizini  o‘limiga  sabab  bo‘lmoqda.  1995  yilda  43  foiz 
erkaklar, 7 foiz ayollar tamaki chekishdan o‘lgan. 

217 
 
Bizning davrimizda tamaki chekish butun dunyoda tarqalgan. Angliyada 75 foiz 
erkaklar, 27 foiz ayollar tamaki chekadilar. AQSH da 18 – 19 yoshdagi o‘spirinlarning 
yarmi,  maktab  o‘quvchilarining  to‘rtdan  bir  qismi  tamaki  chekadi.  Daniyada  81  foiz  , 
o‘quvchilar  o‘g‘il  bolalar,  56  foiz  qizlar  chekadi.  Italiyada  o‘spirin  yigitlar  55  foiz, 
qizlarning 55 foiz, SHvetsiyada 46 foiz o‘spirin yigitlar, 36 foiz qizlar sigareta chekadi. 
Ko‘pinch tamaki chekish 9 yoshdan boshlanadi. 
O‘zbekistonda  ham  tamaki,  nos  chekuvchilar  soni  ortib  bormoqda.  Hozirgi 
vaqtda bozor iqtisodiga o‘tish munosabati bilan mayda xususiy savdo nuqtalarida sigareta 
sotish  ortib  bormoqda.  Sigareta,  nosni  barcha  yoshdagi  o‘smir  va  o‘spirinlarga  hech 
chegaralanmasdan  sotilmoqda.  Statistik  ma’lumotlarga  qaraganda  planetadagi 
odamlarning 60 foiz erkaklari, 20 foiz ayollari chekadi. 
Osiyo  mamlakatlarida  nosvoy  chekish  keng  tarqalgan.  O‘zbekistonda  ham  nos 
chekishga  o‘rganib  qolish  13  –  14  yoshdan  boshlanmoqda.  SHuning  uchun  bir  o‘ylab 
ko‘rish  kerak.  Nima  uchun  odam  tamaki  yoki  nos  chekadi?  CHekishning  keng 
tarqalishiga sabab nima?  
Tadqiqotchilarning aniqlashicha chekishning sabablari turlicha: 
Birinchi sabab – qiziqish, tamaki ta’mini bir tatib ko‘rish bo‘lsa, ikkinchi sabab 
kattalarga  taqlid  qilishdir.  CHekishning  keng  tarqalishiga  klublar,  kechalardagi 
kompaniyalar turli uchrashuvlardir. Bir marta chekib ko‘rgan odam papiros tutinini hidini 
yana tatib ko‘rishni yoqtirib qoladi, yana chekkisi keladi, so‘ng chekish odatga aylanib 
qoladi.    
Tamaki tarkibi. 
Tamaki  tarkibida  turli  xil  kimyoviy  moddalar  bor.  1809  yilda  tamaki  bargidan 
nikotin  moddasi  ajratib  olingan.  Nikotin  odam  organzmiga  ta’sir  etuvchi  asosiy  modda 
hisoblanadi.  Tutab  turgan  sigaretaning  xarorati  300  gradusda  bo‘ladi.  Tutab  turgan 
sigaretada  ajoyib  kimyoviy  fabrika  bo‘lib,  o‘zidan  4  mingdan  ortiq  turli  kimyoviy 
birikmalarni  ajratadi,  shu  jumladan  40  xil  kontsergen  moddalar.  Tamaki  tutining 
komponentlariga  quyidagi  moddalar  kiradi:  dioksid  uglerod,  uglerod  oksid,  dodorod 
tsianid, ammoniy, izopren, atsetal’degid, akrolein, nitrobenzol, atseton, vodorod sul’fid, 
sinil kislota va boshqalar. Papiros tutunida shuningdek qattiq zarrachalar, nikotin, suv va 
smola moddalari bo‘ladi. Tamaki smolasi tarkibiga politsiklik aramat uglevodorodlar, shu 
jumladan  nitrozoaminlar,  aramatik  aminlar,  izoprenoid,  piren,  benzopiren,  xrizen, 
antratsen, flyuoratin. Bundan tashqari smola o‘zida odiy va murakkab fenolfenalar  kaliy, 
qo‘rg‘oshin, poloniyning radioaktiv birikmalarni saqlaydi. 
 
 

218 
 
Tamakini chekadilar, xidlaydilar, chaynaydilar. SHarq mamlakatlari O‘rta 
Osiyoda ko‘proq nosvoy chekadi. Nosvoy tarkibida tamaki, kul, kuydirilmagan oxak, 
moy va boshqa moddalar bor. 
Chekishning  dastlabki  davrida  organizmda  xar  xil  sezgilar  yo’qolib  boradi.  Bu 
davrda bir kunda 10 – 15 ta gacha papiros chekiladi. CHekuvchilarda asta – sekin nikotin 
sindromi  shakllanib  boradi,  boshqacha  aytganda  organizmni  nikotinni  qabul  qilishga 
bog‘lanib qolish vujudga keladi. Bu uchta stadiyada rivojlanadi: 
1.   Birinchi stadiya – bu psixik moslashish bunda odam chekkisi kelaveradi va 
borgan sari ko‘proq papiros chekadi. Bu stadiya 1 – 5 yil davom etadi. 
2.   Ikkinchi stadiya – somatik belgilar namoyon bo‘la boshlaydi, chekuvchida 
bronxit  kasalini  hosil  bo‘lishi,  oshqozon,  yurakda  va  boshqa  a’zolarda  og‘riq  noqulay 
xolatlar ro‘y beradi. Nerv sistemasida o‘zgarish sodir bo‘ladi. CHekuvchida ta’sirchanlik, 
bosh og‘rish xolatlari sodir bo‘ladi. Bu stadiya 5 – 15 yil davom etadi. 
3.   Uchinchi stadiya – chekish avtomatik bo‘lib qoladi. Doimiy bosh og‘rig‘i, 
xotirani susayishi, juda ta’sirchan bo‘lib qolishi, doimiy yo’tal paydo bo‘ladi.   
 Tamaki chekishni sog‘liqqa zarari. 
Tamaki chekish odam organizmiga ta’sir qiladimi? So‘z siz ta’sir qiladi. Odam 
papiros  chekkanda  tamaki  tutini  bilan  nafas  oladi,  o‘pkaga  kislorod  o‘rniga  CO
2
 
(karbonat  angidrid)  gazi  borib  qonga  o‘tadi,  organizmdagi  moddalar  almashinuvini 
buzadi,  bunday  xolat  o‘z  navbatida  organizmning  kislorod  tanqisligiga  sabab  bo‘ladi. 
Tamaki  tarkibidagi  amiak  namliq  ishtirokida  o‘pka  al’veolalari  (xujayralarida)  ishqor  – 
nashatir  spirtiga  aylanadi.  Bu  ishqor  o‘pkaning  shilliq  qavatini  ta’sirlab  chekuvchida 
branxit  kasalligini  keltirib  chiqaradi.  Buning  oqibatida  o‘pkaning  turli  yuqumli 
kasalliklarga  chidamligi  kamayadi.  Olimlar  ma’lumoticha  sil  kasalligiga  duchor 
bo‘lganlarning  90  foiz  chekuvchilardir.  Tamaki  tarkibidagi  kontsergen  moddalar 
chekuvchilarda  saraton  (rak)  kasalligini  keltirib  chiqaradi.  Tamaki  tarkibidagi  nikotin 
kuchli  zahar.  Nikotinning  0,1  grammi    odamni  o‘ldiradi.  Bu  doza  20  dona  papirosda 
saqlanadi. 
Nikotin  birinchi  navbatda  nerv  sistemasini  zaharlaydi.  Uzoq  muddat  papiros 
chekkan  odamlarning  qo‘llari  qaltiraydi,  nafas  olishi  qiyinlashadi,  o‘xtin  –  o‘xtin 
yo’taladilar, ko‘ngli ayniydi. Nikotin simpatik va parasimpatik nerv sistemalariga ta’sir 
etadi.  Bemorda  dastlab  yurak  tez  –  tez  qisqaradi,  qon  bosimi  ortadi,  pereferik  qon 
tomirlarida  spazma,  yurakning  toj  tomirlarida  kengayish  hollari  sodir  bo‘ladi.  Qonda 
nikotin  moddasini  ko‘payishi  tufayli  bemorda  infarkt  kasalligi  kelib  chiqadi.  Tamaki 
tutini bornxlarni keskin toraytirib yuboradi, so‘ng kengaytirib yuboradi. CHekish tufayli 
odamning  xotirasi  susayadi,  odam  ozib  ketadi.  YOsh  o‘smirlarni  chekishi  tufayli  bola 
o‘sish  va  rivojlanishdan  orqada  qoladi,  urug‘  hujayralarda  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ladi, 
jinsiy ojizlig kelib chiqadi.     
Spirtli  ichimliklarni  birinchi  marta  ichib,  bunga  bog‘lanib  qolish  13  –  14 
yoshdan,  ba’zi  hollarda  7  –  8  yoshdan  boshlanadi.  Bunday  bolalar  oilada, 
mehmondorchilikda  vinoni  ichib  mazasini  ta’tib  ko‘rishdan,  ichkilikka  o‘rgana 
boshlaydi.  Oilada  o‘smirga  ichishga  ruxsat  berildimi  alkogolizm  boshlanadi.  Ayollarni 
alkogolni ko‘p ichishi oilani buzilishiga, ajrashishga sabab bo‘ladi. erkakni alkogol bo‘lib 
qolishini ayol kishini asab tizimini buzilishiga psixik shkastlanishlar, nevroz, psixoz va 
boshqalar  sabab  bo‘ladi.  Ayollarda  erkaklarga  qaragan  tezroq  rivojlanadi  alkogolizm 
bilan  kasallangan  ayollarda,  kayfiyatni  tushishi,  hayotdan  qoniqmaslik,  psixopatiya, 
antisotsial xulq paydo bo‘ladi. Ayollar mastlik xolatida boshqa odamni o‘ldirishga o‘ziga 
shikast yetkazishga, turli yuqumli kasalliklarga chalinishga moil bo‘ladilar.                       

219 
 
Spirtli ichimliklar ichadigan ayollarda keyincha o‘lik, chala, jismoniy va psixik 
kamchiliklari bor bola tug‘iladi. 
Ba’zan kam aql, turli kamchiliklarga ega, ortiqcha barmoqlari bor, yuragi parog 
bolalar  ham  tug‘ilishi  mumkin.  SHuningdek,  psixoz,  nevroz,  tutqanoq  kasalliklari  ham 
alkogolizm  bilan  bog‘liq.  Spirtli  ichimliklarni  ko‘p  ichish  tufayli  nafas  kasalliklari, 
ko‘pincha sil kasalligi kelib chiqadi. 
  Qon  bosimi,  yurak  ishmiyasi,  miokard  infarkt  kasalliklarining  62  foizi 
alkogolizm tufayli kelib chiqadi. Alkogolni uzoq tizimli ichish tufayli jigar kasallanadi, 
jigar  tserfoza  kelib  chiqadi.  Bu  kasalliklarning  60  foizi  o‘lim  bilan  tugaydi. 
Alkogoliklarda ko‘pincha qizilo‘ngach, yoki og‘iz bo‘shlig‘i raki vujudga keladi. 
 
     Alkogoliklarning  90  foizi  oshqozon  gastiriti,  kasalliklarga  uchraydi. 
Alkogolni  ko‘p  ichish  turli  xuquqbuzarliklarga  sabab  bo‘ladi.  Har  5  ta  odamdan  biri 
xuquqni  buzadi,  jinoyat  sodir  qiladi.  Alkogolni  suyiste’mol  qilish  tufayli  barcha 
mamlakatlarda jinoyat, transport va ishlab chiqarish tramvatizmi, ish qobilyatini pasaishi 
sodir bo‘ladi. Alkogolliklarning o‘rtacha umri ichmaydigan kishilarga qaraganda 10 – 15 
yil  kam.  Butun  dunyo  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  (Voz)  ma’lumotiga  muvofiq 
ichkilikbozlikdan  har  yili  1,5  million  odam  o‘ladi.  Alkogolliklar  o‘z  kasbini  yo’qotadi, 
boshqa ish qidiradi. 
Voyaga yetmagan bolalarni ichkilikka o‘rgatgan odamga yirik miqdorda jarima 
yoki 5 yil ozodlikdan maxrum etish ko‘zda tutilgan.  
Avtomobil  xaydovchilar  uni  xaydayotganida  ichgan  bo‘lsa  katta  jarima  yoki  1 
yilda  3  yilgacha  xaydash  xuquqidan  mahrum  etiladi.  Mast  odamni  transport  xaydashga 
ruxsat bergan odamga 10 karra oylikdagi jarima solinadi. Agarda xaydovchi qayta mast 
xolda transportni boshqarsa bir yil ozodlikdan maxrum etiladi. 
 

220 
 
4. 
Sog‘lom  turmush  tarzini  shakllantirish,  zararli  odatlarga  qarshi 
kurash profilaktikasi. 
Giyoxvandlik  profilaktikasi.  Narkomaniyaga  qarshi  kurashning  eng  ishonchli 
yo‘li  bu  profilaktikadir. Maʻlumki, har qanday kasallikni davolashdan ko‘ra, uning 
oldini olish osonroq. Giyoxvandlik o‘ta makkor kasallik, u nafaqat inson salomatligiga 
putur etkazadi, balki u bemor oilasini buzadi, uning jamiyatdagi mavkeiga raxna soladi, 
moddiy  boyligini  kemiradi,  oxir  oqibatda  bunday  bemor  olamdan  ko‘z  yumadi. 
Ushbu  kasallikning  o‘ziga  xos  “aloxida  xususiyati”  va  “uni  davolashning  o‘ta 
og‘irligi”  giyoxvandlikning  oldini  olishning  keng  miqyosdagi  kompleks  chora-
tadbirlarini qoʻllashni talab etadi. 
Giyoxvandlik  profilaktikasiga  oid  kompleks  tadbirlar  mexanizmi  quyidagicha 
bo‘lishi ko‘zda tutilgan: 
 
 giyoxvandlik  profilaktikasi  asoslari  bo‘yicha  o‘quv  muassasalari 
o‘qituvchilari, mahallalar raxbarlari, uchastka vrachlari hamda militsionerlarni o‘qitish; 
 
 tayyorgarlikdan  o‘tgan  o‘qituvchilar  yordamida  o‘quv  muassasalaridagi 
turli  Yoshdagi  o‘quvchilar  orasida  giyoxvandlik  profilaktikasi  bo‘yicha  dasturiy  darslar 
o‘tkazish; 
 
 har  bir  sinfdan  1-2  nafar  g‘olib  o‘kuvchilarni  aniqlash  va  ulardan 
ko‘ngillilar trenerlar tayyorlash; 
 
 ko‘ngillilar  o‘zining  sinfida  10  nafar  o‘quvchidan  tuzilgan  guruxlarda 
darslar, treninglar olib boradi; 
 
 o‘quvchilar va o‘qituvchilar kuchi bilan davra suxbatlari, seminarlar, OITS 
va  giyoxvandlikka  qarshi  kurash  bo‘yicha  referatlar,  rasmlar,  badiiy  xavaskorlik 
tanlovlari o‘tkaziladi; 
 
 vrach-narkologlar, militsiya va prokuratura xodimlari ishtirokida xar oyda 
o‘quv  muassasalari  va  maxallalarda  giyoxvandlikka  qarshi  kurash  yo‘nalishida 
seminarlar, uchrashuvlar o‘tkazish; 
 
 bolalar va o‘smirlar o‘rtasida giyoxvandlik profilaktikasi ishlari ko‘p qirrali 
bo‘lishi  lozim.  Bu  ishda,  giyoxvandlikning  tarqalishiga  qarshi  taʻsir  mexanizmini 
yaratishda,  jamiyatning  barcha  qatlamlari  ishtirok  etishi  kerak,  aniqrog‘i,  giyoxvandlik 
profilaktikasi multisektoral xarakterga ega bo‘lishi darkor. 
Respublikamizda  SPID  kasalligini  oldini  olish  va  kurashish  chora-tadbirlari 
quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi lozim. 
 
aholining barcha qatlamlari orasida SPID kasalligidan saqlanishning asosiy 
yo‘llarini keng ko‘lamda targ‘ibot qilish va tushuntirish; 
 
har bir kishi, ayniqsa, Yoshlar o‘zlari uchun sog‘lom turmush tarzini tashkil 
qilishlari,  hulqli,  odobli  va  yuksak  maʻnaviyat  sohibi  kabi  oliy  fazilatlarni  o‘zlarida 
mujassamlashtirishlari, salbiy illatlarga yondoshmas-liklari; 
 
davolash-profilaktika  muassasalarida  xizmat  qiluvchi  barcha  vrachlar 
VICH/SPID kasalligi bo‘yicha o‘z malakalarini muntazam ravishda oshirib borishlari va 
amaliyotiga tadbiq qilishlari; 
 
tibbiyot  davolash-profilaktika  muassasalarida  xizmat  qilayotgan  barcha 
tibbiy xodimlar SPID kasalligini oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni 
saqlash  vazirligi  tomonidan  chiqarilgan  barcha  buyruq  va  ko‘rsatmalarga  to‘liq  amal 
qilishlari; 

221 
 
 
xalqimiz  tomonidan  aytilgan  naql-sog‘lom  tanda  sog‘lom  aqlning  barq 
urishi  har  bir  Yoshning  kelajak  hayotining  maroqli  va  baxtli  bo‘lishi  garovi  ekanligini 
unutmaslik; 
 
orttirilgan  immunitet  tanqislik  virusini  paraenteral  yo‘l  bilan  tarqalishini 
oldini olish, qon va qon mahsulotlarini sog‘lom odamlarga quyishdan oldin albatta SPID 
virusini tekshirish; 
 
donorlar  qonini  quyishni  iloji  boricha  cheklash,  ularni  imkoniyati  boricha 
qon o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan almashtirish; 
 
bemorlarga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  qon  quyishni,  xattoki  hayotiy  ko‘rsatma 
bo‘lganda ham qatiyan man qilish
 
ayrim davlatlarda orttirilgan immunitet tanqislik virusini paraenteral yuqish 
yo‘li  ayniqsa  giyohvandlar  orasida  ko‘pdir,  chunki  ular  giyoxvand  moddalarni  badanga 
yuborishda bitta umumiy shprits va ignadan foydalanadilar. 
 
Giyoxvandlikni oldini olish va giyoxvandlik dardiga uchraganlar o‘rtasida 
SPID kasalligi virusining tarqalishini oldini olish uchun maxsus tushuntirish ishlari, yaʻni 
sterilllangan  shaxsiy  shprits,  igna  va  boshqa  asboblardan  foydalanish,  xavfsiz    jinsiy 
aloqa qilish yo‘llarini bilishlari ustida ish olib borish;  
 
orttirilgan  immunitet  tanqisligi  virusini  yuqtirmaslik  uchun  odam  ahloqan 
va maʻnaviy pok bo‘lishi lozim. Oila sog‘lom bo‘lsa, er-xotin bir-biriga sodiq bo‘lsa, ana 
shunda har bir odam o‘zini bu daxshatli  kasallikdan himoya qila oladi.  
   
 
Organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish 
Organizmga  kasallik  tug'diruvchi  mikroorganizmlarning  kirish  u  yoki  bu 
kasallikni  keltirib  chiqaradi.  Ba'zi  odamlar  ko'plab  kasalliklarga  beriluvchan,  ba'zilari 
beriluvchan bo'lmaydi. Masalan , qizilcha (skorlatika) 40-50% bolalardagi-na kuzatiladi. 
Demak, odam organizmida kasalliklarga qarshi himoya omillari, mexanizmi mavjud, deb 
xulosa chiqarish mumkin.  
Nospesifik omillarga teri va shilliq qavat kirib, ular yot zarrachalarning organizm 
ichak muhitiga o'tish yo'lidagi to'siq bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqari qon tarkibidagi 
fagosit hujayralar ham kiritiladi, ular qondan tashqari limfa tugunlari, so'lak bezlar, suyak 
iligida bo'ladi. 
Ular  umumiy  himoya  omillari  bo'lib,  u  yoki  bu  kasallikni  tug'diruvchi 
mikroorganizmlarni  aynan  yo'qotish  xususiyatiga  ega  bo'lmay,  barchasigabir  xil  ta’sir 
ko'rsatadi va mikroorganizmlar kam sonda bo'lganda samarali xizmat qiladi. 

222 
 
Infeksiyalarda  asosiy  vazifani  spesifik  (  maxsus)  omillar  bajarib,  organizmda  u 
yoki  bu  kasallikka  qarshi  ishlab  chiqarilgan  tanachalar  yordamida  biror-bir  kasallikni 
to'ldiruvchi  mikroorganizmlarga  qarshi  kurashadi.  Bunday  xususiyat  immunitet  deb 
ataladi.  Immunitetda  organizm  yot  zarrachalardan  himoyalanish  uchun  kompleks 
reaksiya  hosil  qiladi.  Immunitetda  biro-bir  kasallikka  qarshi  himoya  hosil  qilinib, 
ikkinchisiga  ta’sir  qilmaydi.  Masalan,  chechakka  nisbatan  hosil  bo'lgan  immunitet 
qizilchaga ta’sir qilmaydi. 
Organizmning  immun  jarayoni  organizmga  kirgan  yot  zarracha  (bakteriya 
moddalar)-  antigen  deyiladi,  ular  organizmga  xos  bo'lmay,  turli  himoya  to'siqlarini 
chetlab, yorib o'tib organizm ichki muhitiga kirib oladi. 
Organizm ularga qarshi ko'rsatuvchi tanachalar- antitelalar ishlab chiqaradi.  
Ba'zan  o'z  organizmdagi  oqsillar  ham  antigen  xususiyatga  ega  bo'lib  qoldi.  Bu 
zararlangan molekulalarning organizmga xos bo'lmagan tizimida qayta transformasiyasi 
natijasida  bo'lishi  mumkin.  Bunday  zarrchalar  autoantigen,  unga  qarshi  tanachalar 
autoantitela deyiladi. 
Autoantitelalar  kuyganda,  ba'zi  qon  kasalliklarda,  revmatizmda  hosil  bo'lishi 
mumkin. 
Barcha oqsil, polisaxaridlar (ayrimlari) antigen xususiyatga ega. Antigenlar soni 
yuz minglab hisoblanadi. Organizm ularga qarshi qonda maxsus tanacha, oqsil tuzilishga 
ega bo'lgan-antitela ishlab chiqaradi, ular antigenlarni zararlantiradi .   
Hozir antiyelalarning ximyaviy tuzulishi aniqlangan bo'lib,ular gamma-globulin 
oqsilining shakilari hisoblanadi. Ular limfatik tugunlar,sulak bezlari,suyak ko'migida va 
boshqa joylarda hosil bo'ladi va qonga tushadi, organizmda aylanib yuradi. 
Limfositlar va monositlar ayniqsa faol ravishda antitelarni ko'p ishlab chiqaradi. 
Antitelalar  yot  zarrachalarga  turli  xilda  ta’sir  ko'rsatadi.  Ba'zilari 
mikroorganizimlarni  o'rab  oladi,  uchinchi  xilari  ularni  buzib,eritib  yuboradi.  Bunday 
antitelalar  presipitin  lar  deyiladi.  Bakteriyalar  erituvchilar  bakteriolizin,  toksin,ya'ni 
zaharni  (ilon,  hashorat,o'simlik  )  neytrallashtiruvchi  antitlalar  antitoksin  deb  ataladi. 
Immunitet gumoral va hujayra darajasida bo'ladi.  
Hujayraviy  immunitetda  asosiy  vazifani  2ta  oq  qon  tanachalari-monositlar 
(makrofaglar) va T-lifositlar. Ular yot zarrachalarni,yot ho'jayralarni parchalaydi.  
Gumoral  immunitetda  antitela  ishlab  chiqaradigan  V-limfositlar  asosiy  vazifani 
amalga oshiradi. 
Hozirgi  immunolgiya  tekshuruvlariga  ko'ra  «immun    javob»  mexanizmi  ko'p 
bosqichlar  bo'lib,  asosan  limfond  to'qimalarda  amalga  oshiriladi.  Organizimga  tushgan 
antigen o'zi tushgan joy yaqinidagi limfa tugunchalarida tutilib qoladi va bu makrofaglar 
hosil bo'lishiga signal bo'lib xizmat qiladi. Limfa tugunning ko'rinishidir. ikkinchi  usul-
antitela (ziddi-zahar)hosil bo'lib, yot zarralarni zararsizlantirishda birmuncha mukammal 
usul hisoblanadi. 
Immunitet.  Odam  organizmining  antitila  va  antitoksinlar  ishlab  chiqarish  ular 
orqali  yuqumli  kasalliklarni  qoʻzgʻatuvchi  mikroblarga  qarshi  kurashish,  oʻzini  himoya 
qilish  xususiyati  immunitet  dеb  ataladi.  Immunitet  2  xil,  ya'ni  tugʻma  va  ortirilgan 
boʻladi. Tugʻma immunitet onadan bolaga oʻtadi. Lеkin u doimiy boʻlmaydi va bolaning 
birinchi  yoshidayoq  oʻz  kuchini  yoʻqotadi.  Odamning  hayoti  davomida  ortirilgan,  ya'ni 
uning  oʻz  organizmida  ishlab  chiqarilgan  immunitet  (antitеla  va  antitoksinlar)  oʻz 
navbatida 2 xil boʻladi: tabiiy vas uniy immunitet. Tabiiy immunitet odam biror yuqumli 
kasallik  bilan  kasallanib  tuzalishi  natijasida  hosil  boʻladi  va  bir  umr  saqlanadi.  qizmiq, 
chechak,  tenki,  bug'ma,  ko'p  yo'tal  va  oshqalarda  shunday  bo'ladi.sun'iy  immunitet  esa 

223 
 
emlash  natijasida  hosil  qilinadi.  Palimiyelit,  bug'ma,ko'k  yo'tal,  qoqmol,vabo,  qora 
chechak va boshqalarda emlanadi. Sun'iy immunitetning faol turida bir umr kasal bo'lishi 
mumkin. 
3-ilova 
 
4-ilova 
“Muammoli vaziyat” usulini qo‘llash texnologiyasi 
 
Muammo 
Muammo sababi 
Muammo echimi 
 
 
Giyohvandlikning inson 
organizmiga salbiy ta’siri 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5-ilova 
Mavzu bo‘yicha tayanch  so‘zlar. 
Antitela, antitoksin, immunitet, psixoaktiv moddalar (PAM), alkogol, giyoxvand va 
toksik moddalar, chekish, nos, OITS, profilaktika. 
6-ilova 
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari. 
1.  Yoshlar o‘rtasida avj olayotgan zararli odatlar va ularning oqibatlari. 
2.  Giyoxvand moddalarning organizmga taʻsiri va ularga qarshi kurash profilaktikasi. 
3.  OITS (SPID) kasalligi va uni inson organizmiga keltiradigan ziyoni. 
4.  OITS (SPID) kasalligi virusi sog‘lom odamga qanday yo‘llar bilan yuqadi. 
5.   Respublikamizda    OITS  (SPID)  kasalligini  oldini  olish  va  kurashish  chora-
tadbirlari. 
6.  Yuqumli kasalliklarning turlarini sanab bering.  
7.  Tamaki chekish va uning inson organlariga ta’sirini izohlang. 
8.  Tamakining tarkibinu uzohlang. 
9.  Kofe (qahva)ning ijobiy va salbiy jihatlarini tushuntiring. 
10. Chekish oqibati qanday xavfli kasalliklarga sabab bo’ladi? 

224 
 
11.  Alkogolning inson uchun salbiy ta’siri. 
12.  Immunitet niva? 
 
7-ilova 
Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar. 
1. Klemesheva L.S. “Vozrastnaya fiziologiya i gigiena”. Ucheb. posobie. Toshkent. 
“O‘qituvchi”. 1991 g.  
2.  Klemesheva  L.S.,  Ergashev  M.S.  “Yoshga  oid  fiziologiya”.  O‘quv  qoʻllanma. 
Toshkent. “O‘qituvchi”. 1991 y. 
5.  Maxmudov E. “O‘smirlar fiziologiyasi”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. 1985 y. 
6.  Sodiqov  Q.,  Aripov  S.X.,  Shaxmurova  G.A.  “Yosh  fiziologiyasi  va  gigienasi”. 
Darslik. Toshkent. “Yangi asr avlodi”. 2009 y. 
7.  Sodiqov Q.S. “O‘quvchilar fiziologiyasi va gigienasi”. Toshkent. “O‘qituvchi”. 
1992 y. 
8.  Xripkova A.G., Antropova M.V., Farber D.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”.  
M. Prosveshenie. 1990 g. 
9.  Aminov  B.,  Tilovov  T.  “Odam  va  uning  salomatligi”.  O‘quv  qoʻllanma. 
Toshkent. 1995 y. 
10.  Antropova M.V. “Bolalar va o‘smirlar gigienasi”. M.Meditsina, 2002 y. 
11. Internet sayti: www.ziyo.net.uz 
12. Internet sayti: www.FIZIOLOGIYA.ru  

Download 5.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling