O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


Download 5.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.13 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26

So‘lak  bezi  –  og‘iz  bo‘shlig‘ida  3  juft:  til  osti,  jag‘  osti,  quloq  oldi  so‘lak 
bezlarining kanalchalariga yo‘l ochiladi. So‘lakda ptealin fermenti bo‘ladi. 
Tomoq (halqum) – og‘izning davomi, u shilliq va muskul qavatidan iborat. Katta  
odamda  15  sm  uzunlikda  bo‘ladi.  U  3  qismdan:  burun,  og‘iz  va  hiqildoq  qismlardan 
iborat. 
Qizilo‘ngach – o‘rtacha 23-25 sm bo‘lib, shilliq va muskul qavatdan iborat. 
Oshqozon – 4 qismdan: kirish, tubi, tanasi va chiqish qismlardan iborat bo‘lib, katta 
odamlarda uning hajmi 2,5 litr atrofida bo‘ladi. Oshqozonning ichki shilliq pardasi ostida 
14 mln. ga yaqin bezlar bo‘lib, ular pepsin, lipaza, xlorid kislota ajratadi. 
Pepsin  oqsillarni,  lipaza  yog‘larni  parchalaydi,  xlorid  kislotasi  esa,  pepsin 
fermentini  aktivligini  oshiradi.  Bu  bezlardan  1  sutkada  3  litrga  yaqin  oshqozon  shirasi 
ajraladi. Fizik va kimyoviy o‘zgarishlar bo‘lib, oshqozondan           12 barmoqli ichakka 
o‘tadi. Aralash ovqatlar oshqozonda 3-4 soat, yog‘li ovqatlar   5-6 soat saqlanadi. Suv, 
sut, non, shirinliklar 2-3 soat saqlanib qonga so‘riladi. Fermentlar va xlorid kislota kam 
ajralganligi  tufayli  ovqatning  parchalanishi  qiyinlashib,  u  oshqozonda  uzoq  vaqt  (6-8 
soat) turib qoladi. Natijada odamning ishtahasi pasayadi, ko‘ngli ozadi, quvvatsizlanadi.  
12 barmoqli ichak. Bu ichakning bosh qismi uzunligi 12 barmoq eniga teng (25-30 
sm)  bo‘ladi.  Oshqozon  osti  bezi  suyuqligining  tarkibida  oqsilni  parchalaydigan  trepsin, 
yog‘larni  parchalaydigan  lipaza  va  uglevodlarni  parchalaydigan  amilaza  mavjud.  12 
barmoqli  ichak  jigardan  quyiladigan  o‘t  suyuqligi  ovqat  tarkibidagi  yog‘larni  emulsiya 
holatiga  keltiradi  va  lipaza  fermentining  aktivligini  oshiradi.  Katta  odamda  sutkada  12 
barmoqli  ichakka  500-800  ml  oshqozon  osti  bezi  suyuqligi,  700-1200  ml  o‘t  suyuqligi 
quyiladi. 
Ingichka  ichak  –  uzunligi  katta  odamda  6-7  m,  kengligi  2,5-3  sm  bo‘ladi. 
Ichakning  ichki  qismi  shilliq  qavatdan  va  mayda  bezchalardan  iboratdir.  Ulardan 
ajraladigan  suyuqlik  tarkibida  oqsillarni  parchalovchi  enterokinaza,  yog‘larni 
parchalaydigan lipaza va uglevodlarni parchalaydigan amilaza fermenti bo‘ladi.  

64 
 
Ingichka ichak shilliq qavatining 1 mm sathida 30-40 ta vorsinka, yuzasida 4 mln. 
ga  yaqin  vorsinka  bo‘ladi.  Ingichka  ichakda  ovqatning  hazm  bo‘lishi  6-8  soat  davom 
etadi.  
Yo‘g‘on  ichak  –  uzunligi  katta  odamda  1,5  m  bo‘ladi  va  ingichka  ichak  atrofida 
joylashib  to‘rt  qismdan  iboratdir:  ko‘richak  va  uning  chuvalchangsimon  o‘simtasi 
(appendiks),  sigmasimon  ichak,  to‘g‘ri  ichak.  Yo‘g‘on  ichak  devoridagi  muskul 
qavatining  harakati  ingichka  ichakka  nisbatan  sekin  bo‘ladi,  shu  sababli  ovqat    18-20 
soatgacha  saqlanib  qoladi.  Yo‘g‘on  ichakda  asosan  suv,  mineral  tuzlar  so‘riladi, 
oqsillarning faqat 3 % i, uglevodlarning 2% i so‘riladi. 
Jigar  –  organizmning  eng  katta  bezi  bo‘lib,  massasi  1500  gr.  ga  teng.  Qorin 
bo‘shlig‘ida o‘ng qovurg‘alar yoyi ostida joylashgan. 
 
Jigar  o‘t  suyuqligi  ishlab  chiqaradi,  bu  o‘t 
pufagida  to‘planib,  12  barmoqli  ichakka  quyilib 
ovqatdagi  yog‘larni  hazm  qildiradi.  Jigar 
quyidagi  vazifalarni  bajaradi:  darvoza  venasini 
hosil  qilgan  vena  qon  tomiri  ovqatdagi  va 
qondagi  zaxarli  moddalarni  zaxarsizlantiradi  va 
qon deposi hisoblanadi. 
 
 
 
 
 
 
Bu erda 10% qon zapasi saqlanadi, o‘lgan eritrotsitlar jigarda to‘planadi, bolalarda 
esa  eritrotsitlar  hosil  bo‘ladi,  Kuper  hujayralarida  700-1200  ml.  o‘t  suyuqligi  ishlab 
chiqariladi,  jigar  ortiqcha  glyukozani  glikogen  sifatida  zapas  saqlab  turadi,  jigar  tana 
temperaturasini  turg‘un  saqlashda  ishtirok  etadi.  Jigardan  doimiy  ravishda 
ovqatlangandan          20-30  minutdan  so‘ng  o‘t  ajralib  chiqadi  va  12  barmoqli  ichakka 
quyiladi.  O‘t  yog‘larni  emulsiyalaydi,  suvda  yaxshi  erishini  tezlashtiradi,  ovqat  hazm 
qilish  kanalini  harakatini  yaxshilaydi,  ichakdagi  mikroblarni  o‘ldiradi.  Bolaning  yoshi 
ortishi bilan jigarning hajmi, og‘irligi, tuzilishi o‘zgarib boradi. 
Yangi tug‘ilgan bolada jigarning og‘irligi 130 g, 2-3 yoshda 460 g, 6-7 yoshda 675 
g,  8-9  yoshda  720  g,  12  yoshda  1130  g,  16  yoshda  1260  g.  ni  tashkil  etib,  bolalar  o‘t 
kislotasining konsentratsiyasi va miqdori kam bo‘ladi. 
Jigar 
vazifalari 

65 
 
 
 
Jigar va me’da osti bezining  joylashish 
sxemasi: 
1- jigar;  
2- me’da osti bezi. 
 
(4-ilova) 
3. Oshqozon osti bezi 
Oshqozon  osti  bezi  –  kattaligi  jihatidan  jigardan  keyin  ikkinchi  o‘rinda  turadi. 
Uning og‘irligi 70-80 g., kattaligi 3-4 sm., bo‘yi 17 sm. U 3 qismdan: bosh, tana, dumdan 
iborat. Oshqozon osti bezi aralash bezdir. Uning Langergans orolchalari deb ataladigan 
qism  hujayralaridan  insulin  garmoni  ishlab  chiqariladi.  Bu  qonga  quyilib,  qand 
almashinuvini boshqaradi. Hamda insulinni kam ishlab chiqarsa,  qandli diabet kasalligi 
paydo bo‘ladi. 
So’lаk bеzlаrigа til оsti, jаg’ оsti, qulоk оsti bеzlаri kirаdi. So’lаk bеzlаridаn so’lаk 
tinimsiz  yashlаb  chiqаrilаdi.  So’lаk  shаrtsiz,  shаrtli  rеflеkslаr  аsоsidа  аjrаlаdi.  I.P. 
Pavlovning  ovqat  hazm  qilish  a'zolari  funksiyasini  o'rganishning  ahamiyati  I.P. 
Pavlovdan  ilgari  ovqat  hazm  qilish  funksiyasini  o'rganishda  o'tkir  usul  qo'llanilgan. 
Bunda tekshiriladigan hayvon operatsiya qilinib, shu operatsiya vaqtida me'da, ichak kabi 
a'zolari funksiyasi o'rganilgan. Lekin operatsiyaning o'zi sag'lom hayvonda ham og'riq va 
kasallikni yuzaga keltirganligi sababli olingan natijalar aniq bo'lmagan. 
1842-yilda moskvalik jarroh V.A. Basov birinchi bo'lib, me'daning shira ajratishini 
o'rganish  uchun  itlarda  operatsiya  yo'li  bilan  me'daga  fistula,  ya'ni  zanglamaydigan 
metalldan  yasalgan  naychao'rnatish  usulini  qo'lladi.  It  operatsiyadan  tuzalgandan  keyin 
ham uzoq vaqt davomida uning me'dasi shira ajratishni o'rganishga imkon berdi. Lekin 
Basov usulining kamchiligi shundaki, me'da shirasiga ovqat aralashib qolishi tufayli shira 
tarkibidagi  fermentlarni  toza  holda  ajratib,  ularning  fiziologik  xossalarini  to'liq 
o'rganishning iloji bo'lmadi. 
Pavlov me'daning shira ajratishini o'rganish usulini yuqori darajada takomillashtirdi. 
U me'da shirasini toza holda olish maqsadida soxta ovqatlantirish operatsiyasini yaratdi. 
Buning  uchun  u  operatsiya  yo'li  bilan  me'daga  fistula  o'rnatdi  va  unga  ovqat  tushib 
shiraga  aralashmasligi  uchun  qizilo'ngachni  kesib,  uning  ikkala  uchini  itning  bo'ynidan 
tashqariga  chiqarib,  terisiga  tikib  qo'ydi.  Natijada  it  ovqatlanganda  uning  og'iz 
bo'shIig'idagi  ta'm  biluvchi  retseptorlar  rqali  miyaning  ovqatIanish  nerv  markazlari 
qo'zg'alib, refleks yo'li bilan me'dadan ajralgan shira fistula orqali idishga yig'ib olinadi. 
Uning  tarkibi,  miqdori  o'rganiladi.  Ovqat  qizilo'ngach orqali  tashqariga  chiqadi,  ya'ni  u 
me'daga tushmaydi. 
I.  P.  Pavlov  bu  usulni  yana  ham  takomillashtirib,  operatsiya  yo'li  bilan  itning 
me'dasida "kichik me'da" hosil qilish usulini yaratdi. Shuningdek, u operatsiya yo'li bilan 
jag' osti, quloq oldi bezlariga ham fistula o'rnatib, ulardan ajraladigan so'lakning miqdori 
va tarkibini o'rganish usullarini ishlabchiqdi). 
Ovqat  itning  og'ziga  tushgach,  u  ta'm  bilish  retseptorlariga  ta'sir  qilib,  me'dadan 
shira  ajralishi  shartsiz  refleksni  yuzaga  keltiradi.  It  ovqatni  yemasdan  turib,  uni 
ko'rganida  yoki  hidini  sezganida  ham  ko'rish  va  hid  sezish  retseptorlari  orqali  uning 
miyasidagi ovqatlanish markazi qo'zg'aladi va me'da shirasi ajraladi. Bu ovqatlanishning 
shartli refleksi deb ataladi. Pavlovning xizmati shundaki, u ovqat hazm qilish organlari 

66 
 
vazifasini  faqat  shartsiz  reflekslar  hosil  qilish  yo'li  bilan  emas,  balki  shartli  reflekslar 
hosil qilish yo'li bilan ham o'rgandi. 
V.A.  Basovning  medaga  fistula 
qoʻyish usuli;  
 I.P. Pavlovlling soxta ovqatlantirish 
operatsiyasi  yordamida  oshqozon 
shirasini oʻrganish 
 
Odam  bir  marta  ta’mini  tatib  koʻrgan  ovqatni  ko’rsa,  hidini  sezsa,  hatto  nomini 
eshitsa yoki eslasa ham, uning ogʻzida soʻlak ajrala boshlaydi. Ayniqsa, mazali va nordon 
ovqatlar hidini sezganda va eslaganda bu jarayon kuchli boʻladi. Bu ana shu ovqatlarning 
mazasiga nisbatan shartli reflex hosil boʻlganini ko'rsatadi. Pavlovning ovqat hazm qilish 
a’zolari fiziologiyasini o’rganishdagi ilmiy ishlari yuqori darajada baholanib, 1904-yilda 
unga Nobel mukofoti berilgan. 
 
I.P. Pavlovning kichik me’da hosil qilish 
usuli 
 
I.P. Pavlomiug soʻlak bellariga fistula 
qoʻyish usuli. 
 
Yutish. Yutish murаkkаb fiziоlоgik prоtsеss bo’lib, nеrv mаrkаzi uzunchоq miyadа 
jоylаshgаn.  Yutish  nаfаs  оlish  bilаn  bоgʻliq.  Оvqаt  luqmаsi  chаynаlib,  soʻlаk  bilаn 
аrаlаshgаndаn soʻng, silliqlаnib til yordаmidа yutqumgа oʻtkаzilаdi. 
Yutish vаqtidа mаrkаzgа intiluvchi til tоmоq nеrv impul’slаr nаfаs оlish mаrkаzigа 
bоrib,  nаfаs  оlishni  tоrmоzlаydi  so’ng  yutqum  muskullаrigа  impul’slаr  kеlib,  оvqаt 
luqmаsi yutilаdi. Оvqаt yutilgаndаn so’ng qizil oʻngаch оrqаli оshqоzоngа oʻtаdi. 
 
(5-ilova) 
4. Ovqat qabul qilish to’g’risidagi gigienik mulohazalar. 
Ovqatlanish  haqidagi  dastlabki  tushunchalarning  shakllanishi  qadim  zamonlarga 
borib  taqaladi.  To‘g‘ri  ovqatlanish  haqidagi  ilk  ma’lumotlar  qadimgi  Xitoy,  Hindiston, 
Rim,  Yunon,  Arab  olimlarining  ishlarida  mavjud.  Masalan,  Hindistondagi  Ayuverda 
ta’limoti  bo‘yicha  turli  kasalliklarning  olidini  olish  va  davolashda  mijozga  muvofiq 
ovqatlanish  zarur.  Vavilon  va  Assuriyada  yozilgan  tibbiyotga  oid  asarlarda  qorindagi 
og‘riq, qayt qilish, gepatit, meteorizm, ich ketishi, ishtahaning o‘zgarishi va boshqa hazm 
organlarining  kasalliklari  haqida  ma’lumotlar  berilgan.  Eramizdan  avvalgi  III  asrlarda 
Erazistrat  hayvonlarda  hazm  a’zolarining  funksiyalarini  o‘rganib,  me’da  peristaltikasini 
kuzatgan. Uning fikricha, jarayoni me’dada ovqatning mexanik maydalanishi tufayli ro‘y 

67 
 
beradi.  U  murdalarning  jigar  va  o‘t  yo‘llarini  tekshirib,  kasalliklar  kelib  chiqishining 
asosiy  sababi  ovqatni  me’yoridan  ko‘p  iste’mol  qilish  deb  ko‘rsatgan.  Erazistrat  ovqat 
ko‘p iste’mol qilinganda hazm bo‘lmay, me’da va tomirlarni ifloslantiradi, hamda qator 
kasalliklarni  keltirib  chiqaradi,  degan  fikrni  ilgani  surgan.  Eramizning  I  asrlarda 
yashagan Klavdiy Galen o‘z ishlarida me’da yarasini umumiy tasvirlab, uni parxez bilan 
davolash kerakligini aytib o‘tgan. 
Abu  Ali  ibn  Sinoning  jahonga  mashhur  “Tib  qonunlari”da  ovqatlanish 
fiziologiyasining ilmiy asoslari ilk bor bayon etilgan. Asarda ovqatlanish me’yori haqida 
ovqatni  ishtaha  bilan  emoq  va  ishtahani  qaytarmaslik  lozim,  deb  qayt  qilinadi.Ibn 
Sinoning fikriga ko‘ra, ovqatlanish organizmning mijoziga, yoshiga, iqlimga va boshqa 
sharoitlarga  bog‘liq.  Me’yoriy  ovqatlanish  uning  salomatlik  falsafasida  asosiy  o‘rinni 
egallaydi.  Buyuk  mutaffakkir:  “Juda  to‘yib  va  to‘yib  ovqat  eyish,  ichish  hamma  holda 
ham  o‘ldiruvchidir.  Ovqatlanganda  ortiq  eyishga  va  to‘yib  emaslik,  balki  ovqatga  yana 
ishtaha  bo‘lsa,  turib  undan  tortinmoq  lozim”  –  deb  ta’kidlaydi.  Asarda  qachon 
ovqatlanish  kerakligi  borasida  shunday  deyiladi:  “Gavdaga  eng  zararli  narsa  me’dada 
ovqat  etilmasdan  va  hazm  bo‘lmasdan  turib  yana  ovqat  kiritishdir”.  Ovqat  eb  turganda 
suyuqlik  aralashtirmaslik  haqida  esa:  “Ovqat  ustiga  sharob  ichish  eng  zararli 
narsalardandir.  CHunki  sharob  tez  hazm  bo‘luvchi  va  tez  o‘luvchidir.  U  ovqatni  ham 
hazm  bo‘lmagan  holda  o‘tkazib  yuboradi”  –  deb  aytilgan  o‘gitlar  hozirgi  kunda  ham 
ratsional  ovqatlanishning  asosiy  tamoyillariga  kiradi.  Olimning  asarlarida  homilador  va 
emizikli ayollarning ovqatlanishiga ham alohida e’tibor berilgan. 
Buyuk  rus  olimi  M.V.  Lomonosov  Kamchatkaga  qilingan  ekspeditsiyada  shaxsan 
qatnashib, safar qatnashchilari ovqatida singaga qarshi tabiiy ozuqaning bo‘lishi shartligi 
haqida taklif kiritgan.  
Ya.  Bartista  van  Gelmant  o‘zining  “Ortus  Medicinae”  kitobida  ovqat  hazm  qilish 
jarayoni  bo‘lib,  “ferment”  deb  nom  olgan  moddalar  tomonidan  amalga  oshirilishini 
ko‘rsatib o‘tdi. 
Issiq  iqlim  sharoitida  hazm  va  ozuqlanish  jarayonlarining  o‘ziga  xosligi  bo‘yicha 
O‘zbekistonlik olimlar A.Yu. Yunusov, K.R. Raximov, qozog‘istonlik T.Sh.Sharmanov 
va  boshqalarning  amaliy  tadqiqotlari  o‘lkamizda  ovqatlanish  fiziologiyasining 
rivojlanishiga munosib hissa qo‘shdi. 
 
Xulosa 
Odam  hayot  faoliyatini  saqlashi,  mehnat  qilishi,  o‘sib,  rivojlanishi  uchun  tashqi 
muhitdan  ovqat  moddalarini  qabul  qiladi.  Ovqat  hazm  qilish  kanalida  mexanik 
maydalanadi,  ximik  parchalanadi,  so’riladi.  Ovqatlanish  –  energiya  sarfini  qoplash, 
hujayralar  va  to‘qimalarni  tuzish  va  yangilash,  organizm  funksiyalarini  idora  qilish  
uchun organizmga  zarur  oziq-ovqat moddalarining kirishi, hazm bo‘lishi, so‘rilishi va 
singishi  jarayonlarining  yig‘indisidir.  Ovqat  hazm  qilish  sistemasining  hayot 
faoliyati  uchun  o’ta  muhimligini  inobatga  olib,  ovqatlanish  tartibi  va 
gigienasiga rioya qilish shartdir. 
 
Mavzu bo‘yicha tayanch  so‘zlar. 
Energiya,  mеxanik  jarayonlar,  kimyoviy  jarayonlar,  fizik  jarayonlar,  og‘iz 
bo‘shlig‘i,  tishlar,  til  va  so‘lak  bezi,  tomoq,  qizilo‘ngach,  12  barmoqli,  yo‘g‘on  va 
ingichka  ichak,  oshqozon,  fermentlar,  proteazalar,  lipaza,  karbogidrazalar,  jigar, 
oshqozon  osti  bezi,  I.P.  Pavlov,  yutish,  Abu  Ali  ibn  Sino,  M.V.  Lomonosov,  A.Yu. 
Yunusov. 

68 
 
(6-ilova) 
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari. 
1.  Ovqatlanish qanday jarayon? 
2.  Ovqat xazm qilish tizimiga qanday organlar kiradi? 
3.  Ovqat  hazm  qilish  tizimini  tashkil  etuvchi  organlar  qanday  vazifalarni 
bajaradi? 
4.  Oshqozon qanday qismlardan tashkil topgan? 
5.  Ovqat xazm qilish jarayoni qanday kechadi? 
6.  Oshqozon osti bezi funksiyasi. 
7.  I.P.  Pavlovning  ovqat  hazm  qilish  a’zolari  fiziologiyasini  o’rganishdagi  ilmiy 
ishlari haqida so’zlab bering.   
8.  Abu Ali ibn Sinoning  “Tib qonunlari”da bayon etilgan ovqatlanish fiziologiyasi 
haqidagi fikrlarini izohlang. 
 
(7-ilova) 
Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar. 
1.  Theodore  hough  and  William  T.  Sedgwick  -  The  human  mechanism  its 
physiology  and  hygiene  and  the  sanitation  of  its  surroundings-  Ginn  and  company 
proprietors Boston U.S.A.-2010, 612 p 
2.  Maxmudov E. “O‘smirlar fiziologiyasi”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. 1985 y. 
3.  Sodiqov Q., Aripov S.X., SHaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. 
Darslik. Toshkent, “YAngi asr avlodi”, 2009 y. 
4.  Sodiqov  K.S.  “O‘quvchilar  fiziologiyasi  va  gigienasi”.  Toshkent.  “O‘qituvchi”. 
1992 y. 
5.  Xripkova A.G., Antropova M.V., Farber D.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”.  
M. Prosveshenie. 1990 g. 
6.  Xripkova A.G. “Vozrastnaya fiziologiya”. M. Prosveshenie. 2001 g. 
7.  Aminov  B.,  Tilovov  T.  “Odam  va  uning  salomatligi”.  O‘quv  qoʻllanma. 
Toshkent. 1995 y. 
8.  Internet sayti: www.ziyo.net.uz 
9.  Internet sayti: www. anatomus.ru 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

69 
 
1.1. Ma’ruza olib borish texnologiyasi 
O’quv soati: 2 soat 
Talabalar soni: 26 ta 
O’quv mashg‘ulot shakli 
Axborotli, vizual ma’ruza 
Ma’ruza rejasi 
1.  Hazm  qilish  sistemasining  yoshga  bog’liq 
xususiyatlari. 
2.  Ovqat  tayyorlash  va  uning  sifati, 
ishtahaga ta’siri. 
3.  Ovqatdan zaharlanish va uning belgilari.  
4. Ovqatlanish tartibi va gigiyenasi. 
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Hazm  qilish  sistemasining  yoshga  bog’liq  xususiyatlari  haqida  bilim 
berish.  Ovqatdan  zaharlanish,  ovqatlanish  tartibi  va  gigiyenasi  haqida 
ma’lumot  berish.  Ovqat  tayyorlashda  ozuqa  moddalarining  ahamiyatini 
yoritib berish.
 
Pedagogik vazifalar 
O‘quv faoliyati natijalari 

  Interfaol  metodlarni  qo‘llagan  holda 
o‘quv jarayonini tashkil etish; 

  Hazm 
qilish 
sistema-sining 
yoshga  bog’liq  xususiyatlarini  ochib 
berish; 

  Ovqat  tayyorlash  va  uning 
sifati,  ishtahaga  ta’sirini  yoritib 
berish; 

  Ovqatdan  zaharlanish  va  uning 
belgilarini bayon etadi; 

  Ovqatlanish 
tartibi 
va 
gigiyenasihaqida byon etadi. 

  Hazm  qilish  sistemasining 
yoshga 
bog’liq 
xususiyatlarini 
daftariga qayd etadi; 

  Ovqat  tayyorlash  va  uning 
sifati,  ishtahaga  ta’sirini  bilib 
olad; 

  Ovqatdan 
zaharlanish 
va 
uning  belgilari  haqida  ma’lumotga 
ega bo’ladi; 

  Ovqatlanish 
tartibi 
va 
gigiyenasihaqida bilib oladi. 
O‘qitish usullari 
Axborotli  ma’ruza, “Aqliy hujum” va 
“FSMU” usuli 
O‘qitish vositalari 
Darslik,  ma’ruza matni, kompyuter 
slaydlari, doska 
O‘qitish shakllari 
Jamoada ishlash 
O‘qitish shart-sharoiti 
Texnik  vositalar bilan ta’minlangan 
o‘quv xonasi 
Monitoring va baholash Og‘zaki 
nazorat, savol-javob  
1.2. Oziqa moddalarining hazm qilinishi mavzusining texnologik xaritasi 
 
Ish bosqichlari 
 
O’qituvchi faoliyatining mazmuni 
Tinglovchi 
faoliyatining 
mazmuni 
I-bosqich. 
Mavzuga 
kirish. 
(10 minut) 
1.1. Talabalarni  mavzuning nomlanishi, 
maqsadi va kutiladigan natijalar  
bilan tanishtiradi 
Tinglaydilar 
 
 
7 – MAVZU: 
 
OZIQA MODDALARINING HAZM QILINISHI 

70 
 
II-bosqich. 
Asosiy qism 
(55 minut) 
 
2.1.  Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi   
(1-ilova) 
2.2. Tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi 
(4-ilova) 
2.2.  Talabalarni  faollashtirish  maqsadida 
“Blis-savol” 
metodidan 
foydalanadi. 
so’ngra, mavzu rejalari  mazmun-mohiyatini 
batavsil ochib beradi (2-ilova) 
2.6. “FSMU” metodi asosida  
“Inson organizmida ozuqa moddalari  
muhim rol o’ynaydi” deb nomlangan fikrni 
yoritish so’raladi (3-ilova) 
Tinglaydilar va rejani 
yozib oladilar 
Tayanch 
tushunchalarni yozib 
oladilar 
Savolga javob beradilar
Tinglaydilar va 
tushunib oladilar 
Asosiy ma’lumotlarni 
konspekt daftarlariga  
yozib oladilar 
Topshiriqni bajaradilar 
III-bosqich. 
Yakuniy qism 
(15 minut) 
3.1.    O’tilgan  mavzu  bo’yicha  guruhdagi 
talabalar  bilimini  sinash  va  mustahkamlash  
maqsadida  nazorat  savollarini  beradi  (5-
ilova) 
3.2.  Mustaqil  tayyorlanish  hamda,  uy 
vazifasi sifatida amaliy mashg’ulot mavzusi 
va topshiriqlarini beradi. 
3.3 
Mavzu 
bo‘yicha 
foydalanilgan 
adabiyotlar  ro’yxati  bilan  tanishtiradi    (6-
ilova) 
Savollarga javob 
beradilar 
 
 
 
Uyga berilgan 
topshiriqni va 
adabiyotlar ro’yxatini 
yozib oladilar 
 
(1-ilova) 
REJA: 
1. Hazm qilish sistemasining yoshga bog’liq xususiyatlari. 
2. Ovqat tayyorlash va uning sifati, ishtahaga ta’siri. 
3.  Ovqatdan zaharlanish va uning belgilari.  
4. Ovqatlanish tartibi va gigiyenasi. 
 
(2-ilova) 
1. Hazm qilish sistemasining yoshga bog’liq xususiyatlari. 
1. Ovqat hazm  qilish kanali hajmi va o`lchami jixatidan kichik. 
2. Og`iz bo`shlig`ida hazm jarayonlari kuchsiz namoyon  bo`ladi. 
3. Sut tishlari faoliyat ko`rsatadi. 
4. Sut tishlari 6-7 yoshda doimiy tishlar bilan almashinadi. 
5. Oshqozon va 12 barmoqli ichakdagi shira ta'siri past. 
6. Oshqozon shirasining  akteriotsid xususiyati past. 
7. Ozuqa maxsulotlarining parchalanishi va surilishi past darajada. 
8. Ichak bakteriyalarining soni kam.   
9. Jigar faoliyati va osti bezining fermentlarining ajralishi past darajada namoyon 
bo`ladi. 
Bolaning 6-8 oyligidan boshlab, sut tishlari chiqa boshlaydi. Ular  20 ta bo‘ladi: 2ta 
kurak, 1ta qoziq, 2 ta kichik oziq tishlari. Sut tishlari 6-7 yoshdan boshlab doimiy tishlar 
bilan  o‘rin  almashinadi.  Bolaning  7  yoshida  birinchi  katta  ozik  tishi,  8  yoshida  1nchi 
kesuvchi tishi, 9 yoshida 2 chi kesuvchi, 10 yoshda 1 chi kichik oziq tishi, 13-16 yoshida 
katta og‘iz tishi, 11-15 yoshida 2 - oziq tishlar; 18-30 yoshida 3 - oziq tishlar chiqadi 
Uxlashdan avval tishlarni chutka va poroshok bilan tozalash, ovqatlangandan so‘ng 
og‘izni iliq sovuq suv bilan chayqash zarur. Bolalar juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni 

71 
 
iste’mol qilishi, tishi bilan qattiq narsalarni maydalashi mumkin emas. Bolalarning 11-12 
yoshida ovqat moddalariga bir sutkada 200 sm
3
 ovqatdan tashqari vaqtida 400-600 sm
3
 
so‘lak ajraladi 
 
2. Ovqat tayyorlash va uning sifati, ishtahaga ta’siri. 
Inson organizmida kechadigan barcha xayotiy jarayonlar uni tug‘ilishidan boshlab 
ovqatlanishi  tarkibiga  va  ovqatlanish  rejimiga  bog‘likdir.  Xar  bir  tirik  organizm  o‘z 
xayotiy faoliyati jarayonida doimo turli xil moddalarni sarflaydi, bu moddalarning asosiy 
qismi organizmda oqsidlanib, uning natijasida  ma’lum miqdorda energiya hosil bo‘ladi. 
Bu  energiyani  organizm  tana  xaroratini  saqlash,  ichki  organlarni  normal  faoliyatini 
ta’minlash (yurak, o‘pka, oshqozon va h.q.) hamda jismoniy ish  bajarganda sarflanadi. 
Bundan  tashqari    yangi  hujayra  va  to‘qimalarni  shakllanishi  bilan  bog‘lik  plastik 
jarayonlar    amalga    oshiriladi.  Inson  hayotini  saqlab  qolish  uchun,  organizmning 
sarflagan  energiyasini  to‘liq  tiklanishi  zarur.  Tiklanishni    asosiy  manbalari  bu 
ovqatlanishdir. 
Ovqat  o‘z  tarkibida  oqsil,  yog‘lar,  uglevodlar,  vitaminlar,  mineral  moddalar  va 
suvdan tashqil topgan bo‘lishi kerak. Bolalarda umumiy ovqat hajmiga va alohida ovqat 
moddalarga  bo‘lgan  ehtiyoji  asosan  yoshga  bog‘lik,  kattalarda  esa  xayot  sharoiti  va  
mehnat  turiga  bog‘likdir.  Bu  ehtiyojni  qondirish  uchun  bir  sutkada  sarf  qilingan 
energiyasini  jamini  bilishimiz  kerak.  Ma’lumki  organizmda  hosil  bo‘lgan  energiya 
issiklik bilan organizmdan chiqib ketadi. 
Xar bir aqliy va jismoniy  faoliyat uchun tegishli vaqt oraligida qancha energiya 
sarflanishi  ma’lum  bo‘lganligi  bois,  shuncha  miqdordagi  energiyaga  ega  oziq-ovqat 
miqdorini  hisoblash  oson.  Energiyani  sarflanishi  katta  kaloriyalarda  ya’ni  kkaloriyada 
o‘lchalinadi (katta kaloriya 1 kg suvni 1ºS istilishi uchun sarf qilinadigan issiklik. 
Kattalar  uchun  ovqatlanish  normalari  organizm  sarflagan  energiyasini  koplash 
uchun bolalarda esa bundan tashqari o‘sish va rivojlanish normalarini ta’minlash zarur. 
Organizmning  oziqlanish  me’yorlarini  aniqlash  uchun  dastavval  iste’mol 
qilinadigan  taomlardagi  asosiy  oziq  moddalari  oqsil,  yog‘  va  uglevodlarni,  energetik 
qiymati  hisoblanaladi.  Bu  ko‘rsatkich  1  gramm  oqsil  uchun  4.1.  kkal,  shuncha  yog‘ 
uchun 9,3 kkal va shuncha uglevod uchun 4.1 kkalga teng. 
Oqsillar.  Oqsillar  quyidagi  oziq-ovqat  moddalarida  uchraydi:  yong‘oq, 
dukkakliklar, tuxum, qo‘zi qorin, go‘sht mahsulotlari, baliq, pishlok, baklajon, tvorog, sut 
va boshqalarda. 
Bolalar  organizmi  kattalarnikidan  tez  o‘sishi  bilan  ajratib  turadi.  O‘sish  esa 
asosan  oksillar  hisobidan  bo‘ladi,  shuning      uchun  ularning  oksilga  bo‘lgan  talabi 
kattalarnikidan ancha yuqori. Agar katta odam 1 kg tana massasiga nisbatan 1 gr. oqsil 
talab qilsa, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bu kursatkich 4-5 gr.; 1-3 yosh – 4-4,5 gr.; 6-
10 yoshdan – 2,5-3 gr. 
Shuni  qayd  qilish  joizki,  oksillar  organizmda  zaxirada  saqlanmaydi,  ovqatda 
qancha oqsil ko‘p bo‘lsa, u shunchalik intensiv holda parchalanib foydasiz xolda chiqib 
ketaveradi. 
Yog‘lar.  YOg‘lar  zaytun,  pista,  juxori,  zig‘ir,  sarig  yog‘  hamda  yong‘oqda, 
yog‘larda, go‘shtda, qaymokda va boshqalarda bo‘ladi. 
Yog‘lar  energnetik  jixatdan  eng  boy  mahsulot  hisoblanadi.  Ularning 
parchalanishidan  hosil  bo‘lgan  energiya  oksil  va  uglevodga  qaraganda  ikki  barobarida 
ham  ziyod  bo‘ladi.  Yog‘  bilan  tanada  yog‘da  eriydigan  vitaminlar  ham  (A,  D,  E,  K) 
kiradi. 

72 
 
6-oylikdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar xar bir  kg. tana massasi hisobiga sutka 
davomida  3,5-4  yog‘  iste’mol  qilishi  zarur.  Agar  bola  ovqatida  yog‘  etarli  bo‘lmasa 
spetsifik  va    nospetsifik    immunitetlarning  hosil    bo‘lishi  kamayib  ketadi,  bu  narsa  o‘z 
navbatida turli kasalliklarga beriluvchanlikni kuchaytiradi. 
Uglevodlar.  Uglevodlar  organizm  uchun  eng  oson  va  tez  energiya  beruvchi 
modda  bo‘lib,  ular  kartoshka,  donlar,  meva-cheva  va  poliz  mahsulotlari  tarkibida  ko‘p 
bo‘ladi.  Tanaga  polisaxarid  ko‘rinishida  qabul  qilingan  uglevodlar  oshqozon  ichak 
yo‘lida  monosaxaridlargacha  (masalan  glyukozagacha)  parchalanib,  qonga  suriladi    va 
to‘qima xo‘jayralarining faoliyati uchun energiya beradi. 
Glyukoza  faqat  energiya  manbai  bo‘libgina  qolmasdan  nuklein  kislotalar  va 
xo‘jayra sitoplazmasi tarkibiga ham qiradi. Shuning uchun o‘sish  jarayonida uning etarli 
bo‘lishi  muhim  plastik    ahamiyatga  ega.  Sut  emadigan  bolalar  sutkasida  1  kg.  tana 
massasi hisobiga 10-12 gr. uglevod qabul qilishi lozim. Qabul qilingan me’yorlrga ko‘ra 
1-3  yoshli  bolalar  sutkasiga  –  193  gr.,  4-7  yoshlar  –  287  gr.,  9-13  yoshlar  –  370  gr. 
uglevodlarni ovqat bilan  iste’mol qilish  belgilangan. 
Vitaminlar. Vitaminlar bu organizmning normal faoliyati uchun kerakli organik 
moddalardir.  Ular  modda  almashinuvida  muhim  rol  o‘ynadi  va  ularni  ko‘pchiligi 
fermentlar  tarkibiga  kiradi,  gormonlar  ta’sirini  muvofiqlashtiradi,  noqulay  tashqi  muhit 
omillariga chidamlilikni oshiradi, o‘sish va rivojlanishini ta’minlaydi va h.q. 
Vitaminlarni  asosiy  manbai  o‘simlik  mahsulotlaridir  (mevalar,  poliz 
mahsulotlari, ko‘katlar va boshqalarda) ya’ni ular  go‘sht, tuxum,  baliq, sut kabi hayvon 
mahsulotlarida ham anchagina bo‘ladi. 
Vitaminlar  juda  qam  miqdorda  kerak  bo‘lsada,  etishmasligi  (avitaminoz)  qator 
kasalliklarga olib keladi. 
Organizmning normal hayotiy faoliyati uchun qo‘yidagi vitaminlar zarurdir: B1 
(tiamin,  anavrin),  B2  (riboflavin),  PP  (nikotinomid),  B12  (siankobolamin),  C 
(askorbinovaya kislota), A (retinol, akseroftol), D (ergokalsiferon). 
Vitamin  B1  –  nerv  tizimi  ishi  va  uglevodlar  almashinuvini  yaxshilaydi,  uning 
iste’mol  qiladigan  taomlarda  bo‘lmasligi  beri-beri  yoki    polinevrit  kasalligini  keltirib 
chiqaradi.  Uni  etishmasligidan  tez  charchashlik,  lanjlik  xollari  kelib  chiqadi.  Uning 
manbai tuxum sarig‘i, mol jigari, achitqi, dukkaklilar, bug‘doy va boshqalar. 
Vitamin  B2  -  non,  pomidor,  sut  va  sut  mahsulotlarida,  tuxum,  jigar,  go‘shtda 
ko‘p  uchraydi.  U  etishmaganida  lab  terisi  zararlanadi,  yorilib  usti  koramtir  po‘st  bilan 
qoplanadi.  Keyinchalik  ko‘z  va  tana    terisining  boshqa  qisimlari  ham  zararlanadi,  teri 
po‘st tashlay boshlaydi, kam qonlilik, nerv tizimi faoliyati buzilib, xushdan ketish xollari 
ham uchraydi, qon bosim pasayib ketadi. 
Vitamin PP – ko‘katlarda, sabzi, kartoshka, no‘xat, bo‘g‘doy, pishlok, sut, go‘sht 
va  jigarda  uchraydi.  Bu  vitaminning  etishmasligida  bolalarda  og‘zidan  ko‘prok  so‘lak 
ajralish  va  ich  ketish  xollari  uchraydi,  teri  dag‘g‘allashib  qoladi  va  uning  uzaq  vaqt 
davomida etishmasligi bolalarda ruhiy kasalliklarga olib keladi. 
Vitamin  B12  -    hayvonlar  va  baliqlarning  jigarida  bo‘ladi,  uni  etishmasligi 
kamqonlik kassaligiga olib keladi. 
Vitamin  C  –  meva,  poliz  mahsulotlarida  ayniqsa  kora  smorodina,  ismoloq, 
karam,  apelsin,  limon,    mandarin  takibiga  kiradi.  Bu  vitaminning  etishmasligi  tufayli 
singa  kasalligi  kuzatilib,  tish  milki  yallig‘lanib,  tishlar  tushib  ketadi,  tanada  oqsillar 
almashinuvi buziladi, organizm turli kasalliklarga beriluvchanligi kuchayadi. 
Vitamin  A  –  sabzi,  pomidor,  salat,  abrikoslar,  tuxum  sarig‘ida,  jigarda,  baliq 
moyida, buyrakda ko‘p uchraydi. Bu vitamin etishmasligida ko‘p uchraydi. Biz vitamin 

73 
 
etishmasligida  shapko‘rlik  kasalligi  kelib  chikadi,  bolani  bo‘yi  o‘sishi  susayadi,  bu 
vitamin qon yaratilishini tezlashtiradi va oksidlanish jarayonlarida qatnashadi. 
Vitamin D -  organizmda  kalsiy va fosfor almashinuvida faol katnashadi. Uning 
etishmasligida  bolalarda  suyaklanish  jarayoni  buziladi  va  raxit  kasalligi  kelib  chiqadi. 
Bunda  oyog  suyaklari  qiyshaib  boradi,  tanadagi  boshqa  suyaklarning  rivojlanishi  ham  
susayadi,  bola  yuqumli  kasalliklarga  tez  beriluvchan,  yomon  uxlaydigan  injiq  bo‘lib 
qoladi. Bu vitamin ko‘prok xayvon mahsulotlarida (baliq yog‘i, sariyog‘, tuhum sarig‘i, 
dengiz mahsulotlarida)  serop bo‘ladi. Hamda u teriga kuyosh nuri ta’sirida sintezlanadi, 
shu sababli bolani quyosh nuri tegadigan joylarga olib chiqish turish lozim. 
Suv va mineral tuzlar 
Suv  va  mineral  moddalar  tiriklik  uchun  juda  zarur,  chunki  tanada  amalga 
oshiriladigan jarayonlarda asosan suv va mineral moddalarning  ishtiroqida bo‘ladi, yana 
u  tana  haroratini  bir  xil  saqlashda  ham  qatnashadi.  Katta  odam  tanasining  60-65%, 
bolalarda esa 75-80% suv tashkil qiladi va suvsiz odam bir necha kun chidaydi xolos. 
Insonning suvga bo‘lgan extiyoji bir sutkada 2-2,5 litrni tashkil etadi, bolalarda 
qancha yosh bo‘lsa ularning suvga bo‘lgan talabi yuqorirok bo‘ladi. 
Xar bir organizm doimiy ravishda ovqat va suv bilan turli – tuman mineral 
moddalarni olib turish shart. Ular hazm shiralari, qon va limfa, fermentlar, gormonlar, 
hujayra sitoplazmasi va boshqalarning tarkibiy qismiga kiradi. Mineral moddalar 
qo‘zgalish jarayonida yurak va tana muskullarning barcha faoliyatlarida qatnashib, 
tanadagi biologik suyuqliklarning osmotik bosimini hamda ishqor-kislotalik muhitini 
tegishli holda saqlanishini ta’minlaydi. 
Bola organizmi uchun eng kerakli mineral moddalardan kalsiy va fosfor 
hisoblanadi. Bu elementlar suyaklar tarkibida asosiy modda hisoblanib, ularning  
o‘sishini ta’minlaydi, tog‘aylarning suyaklanishida ham ularning etarli bo‘lishi muhim. 
Kalsiy nerv tizimi qo‘zg‘aluvganligida, muskul qisqarishida, qon ivishida, oqsil va 
yog‘lar almashinuvida faol qatnashadi. 
Fosfor ham suyak tukmasi taraqqiyotidan tashqari nerv tizimi, ko‘pgina bezlar 
faoliyatida ishtirok etadi. Aytilgan elementlarga ehtiyoj bolaning 1 yoshligida eng yuqori 
bo‘ladi. Sut va sut mahsulotlari qayd qilingan elementlarga boy, shuning uchun bolaning 
kundalik ratsionida sut qatiqqa etarlicha o‘rin berilishi lozim.8 
7
 
 
                                                            
8
 Theodore hough and William T. Sedgwick ‐ The human mechanism its physiology and hygiene and the 
sanitation of its surroundings‐ Ginn and company proprietors Boston U.S.A.‐2010, 612 p 
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling