O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 84.74 Kb.
bet1/8
Sana30.04.2023
Hajmi84.74 Kb.
#1403029
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI

Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi


Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
182-guruh talabasi
Egamberdiyeva Maftunaning
Bolalar nutqini o‘stirish” fanidan


KURS ISHI

Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalari va oilada nutq o‘stirish


Bajardi: Egamberdiyeva Maftuna
Ilmiy raxbar: Madraximova M
URGANCH – 2020


MUNDARIJA:



  1. KIRISH…………………………………………………………………...




  1. ASOSIY QISM



I BOB. Maktabgacha ta’lim muassasalari va oilada nutq o‘stirish bo‘yicha metodik ishlar

    1. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari, metodlari va vositalari……………………………………………………………………...

    2. Bolalar nutqini rivojlantirishda qo‘llaniladigan vositalar………………………



II BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada bolalarni bog‘lanishli nutqqa o‘rgatish metodikasi
2.1 Maktabgacha ta’lim muassasasining ota-onalar bilan hamkorlikdagi ishlar mazmuni……………………………………………………………………………..
2.2 Maktabgacha ta’lim muassasalari va oilada metodik ishlarning olib borilishi………………………………………………………………………………
III.XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………………...


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………….

KIRISH


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda maktabgacha ta’lim to‘g‘risida shunday deyiladi: “Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”. Bu o‘quv-metodik tadqiqotlarni yaratishda nafaqat bolalar bog‘chasi, balki oila sharoitini ham hisobga olish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida maktabgacha ta’limning asosiy yo‘na-lishlari quyidagicha belgilanadi: “Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomon-lama kamol topib shakllanishi ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi”.


Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantirish masalalarini nutqiy faoliyat nazariyasi asosida tadqiq etish maktabgacha ta’limning nazariyasi hamda amaliyoti uchun dolzarb va ahamiyatli hisoblanadi.
Bola nutqi – bola o‘zida ifoda etadigan o‘ziga xos submadaniyatning ahamiyatga molik ovozidir. Nutqni o‘stirish va rivojlantirish nafaqat bolani atrofdagi olam bilan tanishtirish, balki umumiy psixik rivojlanishning asosi bo‘lib ham hisoblanadi. Bola nutqini rivojlantirish umuman shaxsni shakllantirish va butun psixik jarayonlar bilan bog‘liqdir (A.V.Zaporojets, L.A.Venger, L.S.Vigotskiy, A.R.Luriya, A.A.Lyublinskaya, N.N.Poddyakov, S.L.Rubinshteyn, F.A.Soxin, V.S.Muxina va boshq.).
Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi. SHundan kelib chiqqan holda, hozirgi paytda nutqni rivojlantirishdagi ayrim bosqichlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Olimlar nutqgacha bo‘lgan bosqich muhim rol o‘ynashini tushunib yetib, uni batafsil tahlil qilmoqdalar.


Download 84.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling