O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Download 342.83 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma`ruza – 6. Jinoyat huquqi asoslari. Reja.
- 1. Jinoyat huquqi fanining vazifasi. J
- Tekshirish savollari.
8. Vasiylik va homiylik. Vasiylik va homiylik ota-onasining qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga ta`minot berish, ularni tarbiyalash va ularga ta`lim berish, shuningdek bunday bolalarning shaxsiy va mulkiy huquq, manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Vasiylik va homiylik tuman eki shahar hokimining qarorlari bilan belgilanadi.
Vasiylik o`n to`rt eshga to`lmagan bolalarga va sud tomonidan muomalaga ega emas deb topilgan shaxslarga nisbatan belgilanadi. Homiylik o`n turt eshdan o`n sakkiz eshgacha bo`lgan
PAGE 27 27 voyaga etmaganlarga, shuningdek sud tomonidan muomala laeqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan belgilanadi.
Vasiylar o`z qaromog`idagi shaxslarning qonuniy vakillari hosoblanadilar va ular nomidan barcha zaruriy bitimlarni tuzish huquqiga egalar.
Homiylar o`z qaramog`idagi shaxslarning qonuniy vakillari hisoblanadilar va ular nomidan barcha zaruriy bitimlarni tuzish huquqiga egalar.
Homiylar o`z qaramog`idagi shaxslarga ular o`z huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda ko`maklashadilar, shunikdek ularning huquqlari uchunchi shaxslar tomonidan suiste`mol tilishidan himoya qiladilar. Tekshirish savollari. 1. Oila huquqining maqsadi, vazifasi nimadan iborat. 2. Nikoh shartnomalari qanday asosda tuziladi. 3. Qon-qarindoshlar tizimini aytib bering. 4. Nikohlanuvchilar tibbiy ko`rikdan o`tish sabablarini izohlab bering. 5. Nikoh tugatilishining farzand tarbiyasidagi salbiy oqibatlari nimada. 6. O`zbekiston Respublikasining Oila to`g`risidagi qonunlarning maqsadini aniqlab bering. 7. Oilaning jamiyatdagi o`rnini ko`rsating. 8. Nikohning tugatilish sabablarini va ajrim oqibatlarini izohlab bering. 9. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish turlarini ko`rsating. Adabietlar. 1. I.A.karimov. «O`zbekiston buyuk kelajak sari»-T.»O`zbekiston», 1998. 2. I.A.Karimov. «O`zbekiston XXI asrga intilmoqda», T.»O`zbekiston», 1999. 3. «O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksi», T, «Adolat»,1998. 4.»O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.»T. «Adolat», 1998. 5. O.A.Karimova «Oila farzand va jamiyat».T. «O`qituvchi», 1991. 6. «Davlat va huquq asoslari». Darslik. T, «O`qituvchi», 1995.
PAGE 28 28
Reja. 1.Jinoyat huquqi fanining vazifasi, printsplar. 2. Jinoyat tushunchasi va belgilari. 3. Jinoyat tarkibi va turlari. 4. Voyaga etmaganlarning jinoyati va uning oldini olish.
1. Jinoyat huquqi fanining vazifasi. Jinoyat huquqining asosiy vazifalir shaxsi, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, inson xavsizligini jinoiy tajovuzlardan qo`riqlash yo`llarini o`rganish, jinoyatning oldini olish omillarini oniqlash, jahon mamlakatlarining jinoyat huquqi faniga doir tajribasini o`rganish va boshqa jinoyat, jazo masalalarini taqqoslash usuli asosida ijodiy endoshib aniqlashdan iboratdir.
Respublikamizda jinoyat qonunlari ham bir necha vazifalarni, o`z oldiga qo`ygan va ularning echimini O`zbekiston Konstitutsiyasi, Prezident farmonlari, Jinoyat Kodeksi va boshqa jinoyat va jazo bilan bog`lik hujjatlarida belgilangan.
Respublika Jinoyat qonunlarining asosiy printsiplariga qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgorlik, javobgorlikning muqarrarligi kiradi. 2.Jinoyat tushunchasi va belgilari.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunlarida taqiqlangan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat eki harakatsizlik) jazo qo`llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi. Demak, jinoyat, ijtimoiy xavfli, aybni qilmish bo`lib u harakat orqali eki harakatsizlik natijasida amalga oshiriladi. Harakat eki harakatsizlikning asosida qasddan u eki bu ijtimoiy xavfli oqibatni keltirish mumkin. Masalan, odam qidirish, ug`irlik qilish-harakat natijasida sodir tilsa, aliment to`lamaslik, xabar bermaslik, erdam bermaslik harakatsizlik tufayli, og`ir bo`lmagan, og`ir oqibatlar keltiradi.
Jinoyatlar o`z xusutiyati va ijtimoiy xavflik darajasiga ko`ra qo`ydagi turlarga bo`linadi, unga og`ir bo`lmagan, og`ir va og`ir. Ko`rsatilgan jinoyatlarga beriladigan jazo turlari ham o`ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, uncha og`ir bo`lmagan jinoyatlar uchun besh yildan ko`p bo`lmagan muddatga ododlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilsa, va og`ir jinoyatlariga un yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilishdan o`lim jazosigacha jazolash mumkin.
Jinoiy javobgorlikga faqat sud qarori asosida tortiladi. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo`lgan qilmishni sodir etish javobgorlikka tortish uchun asos bo`ladi. 3. Jinoyat tarkibi va turlari.
Jinoyat tarkibi-bu qonun tomonidan aniqlangan omatlar yig`indisi bo`lib, ularning mavjudligi jinoyat ulfatini tavsiflaydi. Jinoyat tarkibining alomatlarini faqat qonun aniqlaydi.
Jinoyat tarkibini hosil qiluvchi alomatlar zaruriy va fakul`tativ belgilarga bo`linadi. Zaruriy belgilar jinoyatning har qanday tarkibi uchun zarur, fakul`tativ belgilar esa ayrim tarkiblar, o`rin, usul, vaziyat, vaqt, sabab, maqsad, maxsus sub`ekt va hokazolarni tavsiflashda qonunlar tomonidan ko`zda tutilgan.
Jinoyatning asosiy tarkibi jinoyatning aybini birlashtiradigan holatlarga ega bo`lgan tarkibini, jinoyatni aybini o`ta og`irlashtiradigan holatlarga ega bo`lgan tarkibi jinoyatning aybini enggillashtiradigan holatlarda ega bo`lgan tarkibiga bo`linadi.
Jinoyat tarkibi jinoyatning ob`ekti va ob`ektiv jihatini, ob`ekti va sub`ektiv hijatini tavsiflaydigan alomatlar ort guruhini hosil qiladi.
Jinoyat ob`ekti bu jinoyatchini harakatlari qaratilgan ko`rsa, yangi jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlardir. Jinoyatning ob`ektiv tomoni bu ob`ektga
PAGE 29 29 etkazilgan zarar, ijtimoiy qilmishining tashqi ko`rinishi, shuningdek putur etkazishning joyi, vaqti, vaziyati, hamda usulidir.
Jinoyat sub`ekti-jinoiy shaxs. Jinoyat sodir etgan jismoniy shaxs. U qasddan odam o`ldirishda 13 eshdan, ayrim jinoyatchilar uchun 14 eshdan 16 eshgacha, hamma jinoyatchilar uchun 16 eshdan jinoyat sub`ekt bo`lib hisoblanadi.
Sub`ektiv tomon-bu aybning mavjudligi bo`lib, bunda shaxsning sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishiga va uning oqibatlariga ruhiy munosabati tushiniladi. 4. Voyaga elmaganlarning jinoyati va uning oldini olish.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 17 moddasiga binoan jinoyat sodir etgunga qadar 16 eshga to`lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgorlikka tortiladilaryu
Jinoyat sodir etgunga qadar 13 eshga to`lgan shaxslar javobgorlikni og`irlashtiradigan holatlarida qasddan odam o`ldirganliklari uchungina javobgorlikka tortiladilar.
Jinoyat sodir etgunga qadar 14 eshga to`lgan shaxslar qo`ydagi jinoyatlar uchun javobgorlikka tortiladilar. Ular.
1. qasddan odam o`ldirish. 2. kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o`ldirish. 3. qasddan badanga og`ir shikast etkazish. 4. qasddan badanga o`rtacha og`ir shikast etkazish. 5. kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og`ir eki o`rtacha og`ir shikast etkazish. 6. nomusga tegish. 7, jinsiy ehtiejni zo`rlik ishlatib g`ayri tabiiy usulda qondirishyu 8. odam o`ldirish. 9. bosqinchilik. 10. tovlamachilik. 11.talonchilik. 12. o`g`rilik. 13. mulkni qasddan nobud qilish eki unga zarar etkazish. 14. ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar. 15. ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qochish. 16. o`qotar qurol, o`q-dorilar, portlovchi moddalar eki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash. 17. radiaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash. 18. temir yo`l, denggiz. dare, havo transporti vositasi eki aloqa yo`llarini yaroqsiz keltirish. 19. transport vositasini olib qochish. 20. giehvandlik vositalari eki psixotrop moddalarini qonunga xilof ravishda egallash. 21. bezorilik. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining Maxsus qismida ko`rsatilgan 205 ta jinoyatlardan 23 tasi bo`yicha jinoiy shaxslar 14 eshdan 16 eshgacha jinoiy jazoga tortilar ekan.
Respublikamiz bo`yicha voyaga etmaganlar o`rtasida jinoyat sodir etilishini oldini olish ishoari olib boriladi. Lekin jinoyat soni biroz kamaygan bo`lsa ham, hali etarli darajada tashvishga solib turibdi. Masalan, 1995 yil 3283, 1996 yil 4445, 1997 yil 3025 ta voyaga etmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilgan. (Gender i razvitie v O`zbekistonne stat 1998, 71b).
Voyaga etmaganlarning jinoyatini oldini olish uchun eng avval oiladi ota-ona tarbiyasini yuksaltirish, ular o`z bolalariga yaxshi tarbiya berishlarga erdam berish lozim. Bu borada sezilarli o`rinni mahalla faollari, maktab atrofida muhit, bolaning bo`sh vaqtini tartib doirasiga solish kabi ko`p qirralik ishlari, vazifalar, majburiyatlar, burchlar dalillaydi. Bosqichma-bosqich, uzluksiz, muntazam bu ish bilan shug`ullanish har bir vijdonli O`zbekiston fuqarosining burchi Prezidentimiz so`zi bilan aytsam, har bir bola bizniki ularni evuzlarga bermaymiz. Jinoyat yo`oiga jalb buluvchilarning «himoyasidan» voyaga etmagan farzandlarni himoya qilish lozim.
PAGE 30 30
1. Jinoyat huquqining asosiy maqsadini ko`rsating. 2.O`zbekiston Respublikasida jinoyat qonunlarini, ularning vazifasini sharhlab bering. 3. Jinoyat tushunchasining tarkibi nima. 4, Jinoyatda ishtirokchilik nima. 5. Ishtirokchilik jinoyatining ijtimoiy xavfi nimadan iborat.
2. I.A.Karimov. «O`zbekiston XXI asrga intilmoqda», T, «O`zbekiston», 1999. 3. O`zbekiston Respublikasining yangi qonunlari. To`plam. 4. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi. Toshkent. «Adolat», 1998.
Download 342.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling