O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
FARG`ONA VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
FURQAT TUMANI XALQ TA’LIMI BO`LIMI
Furqat tumani 21-umumiy o’rta ta’lim maktabining I toifali ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi To`xtasinova Xurshidaxon Ergashaliyevnaning 9-sinflar uchun ona tili fanidan “Ergashgan qo`shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi ” mavzusida tayyorlagan bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Manzil:
|
Farg`ona viloyati Furqat tumani 21-umumiy o’rta ta’lim maktabi
|
Ishtirokchi:
|
To`xtasinova Xurshida Ergashalieyna
|
Lavozimi:
|
I (birinchi) toifali ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
|
Fan nomi:
|
Ona tili va adabiyot
|
Sinf:
|
9-sinf
|
Dars ishlanma nomi:
|
“Ergashgan qo`shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi ”
|
O`quvchilar soni:
|
32
|
Pochta manzili:
|
Xurshidaxon1983@umail.uz
|
2019 – 2020- o`quv yili
Dars ishlanma uchun annotatsiya
Har bir inson o`z ona tilisini mukammal bilishi, unga cheksiz hurmat bilan qarashi lozim bo’lganidek, nutqiy jarayonda tildagi har bir fonetik, leksik, grammatik va sintaktik birliklardan o`rinli va unumli foydalana olishi kabi jihatlar ham insonning ma’naviyatini, madaniyatini, tafakkur va dunyoqarashini ko`rsatuvchi omillardan hisoblanadi. O`quvchilarda bu jihatlarning shakllanishida va rivojlanishida aynan ona tili va adabiyot darslarida o`rganilayotgan ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega.
Mana shu vazifalarni chuqur anglagan holda har bir darsga puxta tayyorgarlik ko`rish, mavzu mazmunini yorituvchi, mustahkamlovchi usul va vositalarni to`g`ri tanlash eng asosiy vazifamiz hisoblanadi.
9-sinf ona tili darsligida ““Ergashgan qo`shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi ”” mavzusida o`rgatilishi lozim bo`lgan tushunchalar yetarlicha.
Taqdim etilayotgan ushbu dars ishlanmasi 9-sinf ona tili fanining bir soatlik dars namunasi bo’lib, o`quvchilarda “Ergashgan qo`shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi ” ga oid tasavvur hosil qiladi va nutq boyligini oshiradi. O`quvchilarda mavzuga oid matnlarda va og`zaki nutqda ergashgan qo`shma gaplarning ifodalanishi, ularda bog`lovchi vositalarning ishtiroki, shunday qo`shma gaplar tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlay olish va ularni sodda gapga aylantira olish usullarini shakllantirishga xizmat qiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |