O’zbekistonning eng yangi tarixi


Download 377.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi377.42 Kb.
#230671
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ (4)(1)



“O’zbekistonning eng yangi 

tarixi” fanidan sessiya oraliq 

savollariga javob. ( 4-variant) 

 

TA’LIM SHAKLI: SIRTQI 



 

YO’NALISH: MATEMATIKA VA  

INFORMATIKA 

 

GURUH: 103 



 

 

Mamatkarimov Shaxzod 




1-topshiriq:O’zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning mazmun-

mohiyatini yoriting. 

Mustaqillik  deklaratsiyasi  (1990-  yil  20-  iyun)  ---  O’zbekiston  SSR  Oliy 

Sovetining  2-sessiyasida  qabul  qilingan.  U  O’zbekistonning  mustaqillikka 

erishishida  muhim  qadam  bo’ldi. 

M.D.da  "Oʻzbekiston  Sovet  Sotsialistik 

Respublikasi  Oliy  Kengashi  oʻzbek  xalqining  davlat  qurilishidagi  tarixiy 

tajribasi va tarkib topgan boy anʼanalari, har bir millatning oʻz taqdirini oʻzi 

belgilash huquqini taʼminlashdan iborat oliy maqsad haqi, Oʻzbekistonning 

kelajagi  uchun  tarixiy  masʼuliyatni  chuqur  his  etgan  holda  xalqaro  huquq 

qoidalariga,  umumbashariy  qadriyatlarga  va  demokratiya  prinsiplariga 

asoslanib,  Oʻzbekiston  Sovet  Sotsialistik  Respublikasining  davlat 

mustaqilligini  eʼlon  qiladi",  deb  yozib  qoʻyilgandi.  Ana  shu  hujjat  asosida 

Oʻzbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda 

hal  qilina  bordi  va  1991-  yil  31-  avgustida  "Oʻzbekiston  Respublikasining 

Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida" qonun qabul qilindi .

 O‘zbekiston Sovet  

Sotsialistik  Respublikasi  Oliy  Soveti:  o‘zbek  xalqining  davlat  qurilishidagi  tarixiy 

tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash 

huquqini  ta’minlashdan  iborat  oliy  maqsad  haqi,  har  bir  kishining  farovon  hayot 

kechirishini  ta’minlashni  oliy  maqsad  deb  bilgan  holda,  O‘zbekiston  xalqlarining 

kelajagi  uchun  tarixiy  mas’uliyatni  chuqur  his  etgan  holda,  xalqaro  huquq 

qoidalariga,  umumbashariy  qadriyatlarga  va  demokratiya  prinsiplariga  asoslanib, 

O‘zbekiston  Sovet  Sotsialistik  Respublikasining  Davlat  mustaqilligini  e’lon  qiladi. 

O‘zbekiston  SSRning  demokratik  davlat  mustaqilligi  respublikaning  o‘z  hududida 

barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir. 

O‘zbekiston  SSRning  davlat  hududi  chegarasi  daxlsiz  va  bu  hudud  xalqning 

muhokamasiga  qo‘yilmay  turib  o‘zgartirilishi  mumkin  emas.  O‘zbekiston  SSRda 

davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan  barcha tarkibiy va bo‘linmas qismlari 

ustidan  amalga  oshiriladi  va  shu  hududda  yashaydigan  aholiga  taalluqlidir.  SSSR 

Oliy  Soveti  qabul  qiladigan  qarorlar  O‘zbekiston  SSR  Konstitutsiyasiga  muvofiq 

O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlanganidan keyingina O‘zbekiston SSR 

hududida  kuchga  ega  bo‘ladi.  O‘zbekiston  SSR  davlat  hokimiyati  vakolatiga 

O‘zbekiston  SSR  ichki  va  tashqi  siyosatiga  tegishli  barcha  masalalar  kiradi. 

O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi. 

O‘zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o‘zining siyosiy, 

iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va 

amalga oshiradi. O‘zbekiston SSR o‘zining taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilaydi 

va  davlat  belgilarini  (gerb,  bayroq,  madhiya)  o‘zi  ta’sis  etadi.

  Oʻzbekiston 



Respublikasi  Jahon  intellektual  mulk  tashkilotiga  aʼzo  boʻldi.  29-dekabr — 

Respublikaning  davlat  mustaqilligi  toʻgʻrisida  umumxalq  referendumi  va 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  boʻlib  oʻtdi.  Oʻzbekiston  xalqi 

respublika  Oliy  Kengashi  eʼlon  qilgan  Oʻzbekiston  Respublikasining  davlat 

mustaqilligini  maʼqulladi.  Birinchi  marta  yashirin  ovoz  berish  yoʻli  bilan 

oʻtkazilgan  toʻgʻridan-toʻgʻri  umumiy  va  alternativ  asosdagi  saylovda 

I.A.Karimov  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  etib  saylandi. 

Bugun 


O’zbekiston xalqaro hamjamyatning teng va to’la huquqli a’zosidor. Hozirda 

O’zbekiston BMT, ShHT, MDH, EHXT va IHT kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar 

faoliyatida  faol  ishtirok  etib  kelmoqda.

O’zbekistonning  tashqi  siyosiy 

faoliyatidagi  eng  asosiy  vazifasi-  davlatimiz  suvereniteti  va  mustaqilligini 

mustahkamlashdir

.  Bu  borada  O’zbekiston  izchil  tinchlikparvar  siyosatini 

yuritib kelmoqda. Bunday 

siyosat o’zaro ochiq va konstruktiv muloqot, amaliy 

hamkorlik va yaxshi 

qo’shnichilik tamoyillarini hamda mamlakatimiz atrofida 

“farovonlik  kamari”ni  yaratish  va  mustahkamlashni  o’zida  aks  ettiradi. 

So’nggi  yillarda  O’zbekistonning  Markaziy  osiyo  davlatlari  va  Afg’oniston 

bilan keng va faol hamkorligi 

bunga misol bo’la oladi. Tarixan mamlakatimiz 

jahon  sivilizatsiyasining  strategik  muhim  nuqtasida  joylashgan.  Bunday 

joylashuv  asrlar 

davomida  mamlakatimiz  xalqida  bag’rikenglik,  yuksak 

ma’naviy  qadriyatlar,  turli  millat  va  elatlar  taqdiriga  befarq    bo’lmaslik, 

aksincha  o’zaro  hamkorlikda  rivojlanish  modelini  shakllantirgan.  Shuni 

alohida 

ta’kidlash  lozimki,  mamlakatimiz  ijtimoiy-siyosiy  va  iqtisodiy 

sohalarda mustaqillikka erishdi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng 

miqyosdagi  islohotlar,  yangilanishlar 

va  o’zgarishlarning  tub  mazmun-

mohiyati  mamlakat  mustaqilligini  mustahkamlashga  qaratilgan.  Xususan, 

siyosiy  sohada  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  jamiyat  hayotini 

demokratlashtirish  jarayonini  yanada  chuqurlashtirish  uning  izchilligi  va 

samaradorligini  oshirishga  qaratilgan.  Iqtisodiy  sohada  zamonaviy 

rivojlanish  tendentsiyalariga  mos  raqobatbardosh  mahsulotlarni  ishlab 

choqarish, jahon iqtoso

diyoti kon’yunkturasiga moslashish, xo’jalik yurituvchi 

sub’ektlarning  mustaqilligini  yanada  mustahkamlash  va  tadbirkorlik 

faoliyatini rivojlantirish kabi ustuvor 

yo’nalishlarni ko’rsatish mumkin. Ijtimoiy 

sohada  aholini 

har  tomonlama  himoya  qilish,  xususan,  kam  ta’minlangan 

oilalarni muhofaza qilish, bepul tibbiy 

xizmatdan foydalanish va ta’lim olish 

masalalarini  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  kuchli  ijtimoiy  siyosatning 

muhim  yo’nalishlari  sifatida  e’tirof  etish  mumkin.  Xulosa  o’rnida  ta’kidlash 

lozimki, mustaqillik 

deklaratsiyasining tarixiy ahamiyatini yana bir bor e’tirof 

etgan holda, uning zamirida mamlakatimizda 

yashayotgan har bir fuqoro o’z 

taqdiriga 

va  mamlakat  kelajagiga  nisbatan  yuksak  mas’uliyatni  his  qilgan 

holda yondoshishi lozimliigi g’oyasi yotadi.

 




Download 377.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling