Portlandsement
Download 0.86 Mb.
|
Лаборатория -4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-ISH. SEMENTNING MAYDALIK DARAJASINI ANIQLASH
Laboratoriya ishi -4 Gidravlik bog‘lovchi materiallar PORTLANDSEMENT Vazifa. Portlandsement xossalarini aniqlash. Portlandsement haqida umumiy tushuncha. Tarkibida ko‘p miqdorda (70-80%) silikat kalsiy bo‘lgan bog‘lovchi material portlandsement deyiladi. Oxaktoshni, tuproqni olib kelinadi pishirib klinker olinadi va tayѐr bo‘lgan klinkerga gips qo‘shib tuyiladi. Kuydirish harorati 700 -1100 0S. Sement narhining 26% ѐqilg‘i uchun sarflanadi. Portlandsementga qo‘yiladigan talablar (jadvalni to‘ldiring). 1-ISH. SEMENTNING MAYDALIK DARAJASINI ANIQLASH Umumiy tushunchalar. Sement sifatini baholashda uning maydalik darajasi katta ahamiyatga ega. Sement klinkeri zavodda qanchalik mayda tuyilsa uning mustahkamligi shuncha yuqori bo‘ladi. Asbob va uskunalar. 0,08 nomerli elak, elektron tarozi. Ishlash tartibi. Sement kukunining maydalanganlik darajasi 008 nomerli to‘r tutilgan elakda elab ko‘rib aniqlanadi. Quritish javonida 105-110°S haroratda 2 soat quritilgan sementdan 50 g tortib olinadida, elakga solinadi, elakning qopqog‘i ѐpiladi va tagligi o‘rnatiladi, uni 5-7 minut davomida elab bo‘lgach elash to‘xtatiladi. Elakning qopqog‘i ochiladi, tekshirib ko‘rish maqsadida bir varaq yaltiroq qoroz ustiga sement qo‘lda elanadi (tekshirish uchun elash). Bir minut davomida elakdan 0,05 dan ko‘proq sement o‘tsa, elab sinash tugallangan xisoblanadi. Shundan keyin elakdagi sement qoldig‘i tarozida 0,01 g aniqlikda tortiladi. Sement kukunining maydalanganlik darajasi 008 nomerli, to‘r tutilgan elakdagi qoldiq kabi, namuna dastlabki massasining protsentlarida xisoblab chiqariladi. O‘zgartirishlar kiritilgan GOST 10178-76 dagi talablarga muvofiq sement kukunining mayinlik darajasi shunday bo‘lishi kerakki, 008 nomerli to‘r tutilgan elakdan namunaning kamida 85% o‘tib ketishi, elakdagi qoldiq esa namunaning 15% idan oshmasligi lozim. Agar laboratoriyada sement elaydigan maxsus asbob bo‘lmasa, namunani shunday elakda qo‘lda elashga to‘g‘ri keladi. Sement massasi-……… Sementning maydalik darajasi - ……….% Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling